2026-yil 14-aprel kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Kitobsevar millat” shiori ostida o‘tkazilayotgan VI Respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida Oxbridge International School o‘qituvchi va o‘quvchilari ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida maktab faoliyati, ta’lim imkoniyatlari va innovatsion yondashuvlarni aks ettiruvchi videorolik namoyish etildi. Yakunda o‘quvchilar tomonidan musiqiy chiqishlar taqdim etildi.
BATAFSIL
Tadbirda maktabning xalqaro standartlarga mos ta’lim tizimi, bolalar bog‘chasidan yuqori sinflargacha bo‘lgan uzluksiz dasturi hamda turli mamlakatlardan kelgan o‘quvchilar uchun yaratilgan bag‘rikeng va zamonaviy muhit haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, 20 dan ortiq davlatlardan kelgan malakali o‘qituvchilar jamoasi alohida ta’kidlandi.
Tadbir davomida maktab faoliyati, ta’lim imkoniyatlari va innovatsion yondashuvlarni aks ettiruvchi videorolik namoyish etildi. Yakunda o‘quvchilar tomonidan musiqiy chiqishlar taqdim etildi.
BATAFSIL
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l Instagram l YouTube l Facebook l Twitter l Website
❤6👍2👏2🔥1
#Kitobsevar_millat
2026-yil 14-aprel kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida VI Respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida Abdulla Qodiriyning nabirasi Sherkon Qodiriy hamda Qatag‘on qurbonlari xotira muzeyi xodimlari ishtirokida “Ilm-ma’rifat va erkinlik – jadidlar orzusi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda adib ijodini targ‘ib qilish, uning hayoti, qatag‘on davri taqdiri va o‘zbek adabiyotidagi o‘rni haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, Milliy kutubxona fondidagi noyob nashrlar va qo‘lyozmalar raqamli formatda namoyish etilib, jadid adiblari merosiga bag‘ishlangan ko‘rgazma tashkil etildi.
Ishtirokchilar Abdulla Qodiriyning “O‘tgan kunlar” va “Mehrobdan chayon” asarlarining ahamiyati hamda adib merosini o‘rganish borasidagi tadqiqotlar haqida fikr almashdilar.

👍5🔥3❤1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Kitobsevar millat” shiori ostida o‘tkazilayotgan VI Respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi hamda Diplomat universiteti o'rtasida hamkorlik memorandumini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l Instagram l YouTube l Facebook l Twitter l Website
❤4🔥4
✅ 2026-yil 14-aprel kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida VI Respublika kitobxonlik haftaligi doirasida shoir Faxriddin Hayitning “Cho‘g‘” kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
📌 Tadbirda adabiyot ahli va she’riyat ixlosmandlari ishtirok etdi.
🎤 So‘zga chiqqanlar shoir ijodining samimiyligi, o‘ziga xos uslubi va hayotiyligi haqida fikr bildirdilar.
📕 To‘plamda Vatan, istiqlol va insoniy tuyg‘ular aks etgan she’rlar jamlangan. BATAFSIL

🔥6👍3😍2