#Kitobsevar_millat
✅ 2026-yil 13-aprel kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Kitobsevar millat” shiori ostida o‘tkazilayotgan VI Respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida “Ko‘mak” loyihasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
🏆 Chet tillar bo‘yicha C1 sertifikatiga ega yoshlarga o‘z o‘quv markazlarini ochish uchun 130 million so‘mgacha foizsiz ssuda berish imkoniyatlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Yoshlar ishlari agentligining “Ko‘mak” loyihasi yo‘lga qo‘yildi.
Tadbir davomida tashkilotchilar “Ko’mak” loyihasi haqida ma'lumotlar taqdim etdilar. Ular loyihaning maqsadi, imkoniyatlari, ssuda olish, arizalarni topshirish talablari va loyihaning hozirgi xolati haqida ma’lumotlar berdilar.
🎥 Taqdimot avvalida “Ko’mak” loyihasi tomonidan jadid bobolarimiz haqida tayyorlagan videorolik namoyish etildi.
🥇 Suhbat chog‘ida tashkilotchilar yig‘ilganlar bilan turli interfaol o‘yinlar o‘ynadilar. G‘oliblar “Ko’mak”loyihasining esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.

👍12👏5🤩3🔥2😍1💯1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
2026-yil 13-aprel kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Kitobsevar millat” shiori ostida VI Respublika “Kitobxonlik haftaligi”ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l Instagram l YouTube l Facebook l Twitter l Website
👍9🔥5❤2👏2
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Kitobsevar millat” shiori ostida o‘tkazilayotgan VI Respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida “Bobolar izidan” jurnali taqdimoti bo‘lib o‘tdi
Tadbirda jurnal ijodkorlari bobokalonlarimiz hayoti, Turk xoqonligining ma'naviy-ma'rifiy hayotini o‘rganishga bag‘ishlangan Oltoy va Ozarbayjonga qilgan ekspedisiyalari davomida to‘plangan ilmiy kuzatuvlar, tahlillar, safar taassurotlari, maqolalar, she'rlar va fotomateriallar haqida o‘z taasurotlari bilan o‘rtoqlashdilar. BATAFSIL
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori Umida Teshabayeva “Bobolar izidan” jurnalining ushbu loyihasi xalqimizning tarixi, ilm-fani va adabiyotini keng qamrovli o‘rganishi barchamizga manfaatli bo‘lishiga ishonch bildirar ekan, kutubxona jamoasi ham bu xayrli yo‘lda jurnal ijodkorlariga yaqindan ko‘mak berishiga va ushbu jurnallarning xalqaro elektron resurslar bazalariga kirishini va bu orqali shubhasiz jahon olimlari e'tiboriga tushishiga ishonch bildirdi.
Tadbirda jurnal ijodkorlari bobokalonlarimiz hayoti, Turk xoqonligining ma'naviy-ma'rifiy hayotini o‘rganishga bag‘ishlangan Oltoy va Ozarbayjonga qilgan ekspedisiyalari davomida to‘plangan ilmiy kuzatuvlar, tahlillar, safar taassurotlari, maqolalar, she'rlar va fotomateriallar haqida o‘z taasurotlari bilan o‘rtoqlashdilar. BATAFSIL
👍12❤4👏2😍2🔥1
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Kitobsevar millat” shiori ostida o‘tkazilayotgan VI Respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi hamda Diplomat universiteti o'rtasida hamkorlik memorandumini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Ilg‘or ta’lim texnologiyalari hamda xalqaro standartlar asosida faoliyat yuritib, 12 ta bakalavriat va 4 ta magstratura yo‘nalishiga ega bo‘lgan Diplomat universiteti yurtimiz uchun yuqori malakali, raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlashni maqsad qilgan.
Ushbu hamkorlik kelgusida ta’lim, ilm-fan va axborot-kutubxona sohasida samarali natijalarga xizmat qilishi kutilmoqda.

Mazkur Memorandumning asosiy maqsadi – ikki tomon o‘rtasidagi hamkorlikning aniq shartlari hamda ustuvor yo‘nalishlarini belgilashdan iborat. Ushbu hujjat doirasida ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish, axborot-resurslar almashinuvini kengaytirish hamda zamonaviy kutubxona xizmatlarini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shma loyihalar amalga oshiriladi.

👏10🔥6🥰2❤1👍1