Forwarded from Javlon Jovliyev
O'n bir o'zbek keldi, ichida migranti yo'q...
Oltoyga safar taassurotlarini so‘zlash uchun olti soat, yozish uchun esa oltmish bet aslida kamlik qiladi. Necha asrlar oldin bo‘laklarga bo‘lingan ildizi bir xalq, ajratilgan inilar, ayrilgan yaqinlar haqida shunchaki gapirib ham, shunchaki yozib ham bo‘lmaydi. Bu armon-u orzularga to‘la dilnomaning oxiri bo‘lmasligi, hasratlar tugamasligi turgan gap. Lekin bu o‘rinda jurnal uchun umumiy xulosalarimizni qisqa qilishga harakat qilamiz.
Oltoy shahridagi muzey xodimi aytgan bir gap bilan boshlasam: “Shu paytgacha bizga faqat O‘zbekistondan to‘p-to‘p ishchilar kelardi, nahot orangizda bitta ham migrant bo‘lmasa... ”
Ha, biz ularning tasavvuridagi “o‘zbeklar” emasdik...
Safarimiz yurakni tiladigan kechinmalar bilangina o‘tmadi, qalbga surur beradigan, farahbaxsh onlari ko‘p va xo‘p bo‘ldi. Unutilmas xotiralar, ko‘zdan o‘chmas hayrat onlari hamon qalbimizni hapriqtiradi. Bu tabiat mo‘jizalari ancha vaqt qadrdon bolalikning unutilmas onlari kabi mo‘tabar film kartinalaridek ko‘z oldimizda gavdalanaversa kerak.
Oltoy – sehrli o‘lka. Tog‘lar, daraxtlar, daryolar, daralar sizni maftun qilib qo‘yadi. Lekin nafaqat bu yerda tabiat o‘zgacha, balki uzoq yillik tarixni o‘zgarishsiz saqlab kelayotgan xalq ham boshqacha. Lekin ularning dardi ham Oltoy tog‘lari kabi katta, daraxtlari kabi uzun, hasratlari ham daryo bo‘lib oqmoqda...
Avvalo, qariyb to‘rt ming kilometr yo‘lni turli ulovlarda bosib o‘tish oson bo‘lmadi, jamoa katta (migrant bo‘lmagan 11 kishi) – har bir odamning o‘z fe’li, yo‘lga bo‘lgan iroda-kuchi bor, buni hisobga olish kerak, albatta. Oldindan aytadigan bo‘lsam, bu borada bizda jiddiy kelishmovchiliklar bo‘lmadi hisob.
Quyosh olov purkayotgan qadim O‘tror qal’asi xarobalaridan Krasnoyar o‘lkasini ikki bo‘lib oqib o‘tuvchi Enasoy bo‘ylarigacha yo‘lni qatordan kam bo‘lmay ahillikda bosib o‘tdik.
O‘trorda boshda o‘tgan issiqni Enasoyning muzoqar suvlariga bosish nasib etdi. Bu kengliklar, na boshi, na oxiri ko‘rinadigan ulkan daryolar, yashillik va bu yerlarda bobolarimiz bir zamonlar ot surganini o‘ylash ham odamga cheksiz baxt berardi. Bularni ko‘rib bir paytlar Chingiz Aytmatovning “Shoxdor ona bug‘u rivoyati” asaridagi mana shu qo‘shiq so‘zlari yodimga tushadi:
“Sendan ulkan daryo bormi, Enasoy,
Sendan aziz tuproq bormi, Enasoy.
Sendan chuqur dard ham bormi, Enasoy,
Sendan ozod quchoq bormi, Enasoy.
Sendan ulkan daryo yo‘qdir, Enasoy,
Sendan aziz tuproq yo‘qdir, Enasoy.
Sendan chuqur dard ham yo‘qdir, Enasoy,
Sendan ozod quchoq yo‘qdir, Enasoy!”
(Batafsil "Bobolar izidan" jurnalida o'qiysiz)
Loyiha taqdimoti 13-aprel kuni soat 17:00 da Milliy kutubxonada bo'lib o'tadi, keling!
@javlonjovliyev

❤9🔥2👏2
✅ 2026-yil 12-aprel kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Butunjahon aviasiya va kosmonavtika kuniga bag‘ishlangan “Koinotning sirli dunyosi” nomli kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi
📚 Ko‘rgazmada ilmiy-texnik kitoblar, kosmos, aviator olimlar, uchish apparatlari haqida hikoya qiluvchi kitoblar namoyish etilmoqda.
📚 Mazkur ko‘rgazmadan foydalanuvchilarni kosmonavtika tarixi, fazo, koinot, komonavtika taraqqiyoti bilan tanishtiruvchi “Ochiq kosmosda”, “Kosmonavtika” kabi hujjatli va ilmiy nashrlar o‘rin olgan. Shuningdek, kosmonavtlar hayoti, ularning kundalik mehnati va jasorati, kosmos texnikasi taraqqiyoti haqida hikoya qiluvchi turkum kitoblar ham havola etildi.
BATAFSIL

👍12🔥2❤1
Bugun 13-aprel “Kitobsevar millat” shiori ostidagi VI Respublika “Kitobxonlik haftaligi”ning ochilish marosimi bo'lib o'tadi
Barchangizni "Kitobxonlik haftaligi"ning ochilish marosimida kutib qolamiz!
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l Instagram l YouTube l Facebook l Twitter l Website

👍13❤5🔥2
#Kitobsevar_millat
Hurmatli kitobxonlar!
Sizlarni 2026-yil 13-aprel kuni soat 17:00 da O‘zbekiston Milliy kutubxonasida "Kitobsevar millat" shiori ostida o‘tkazilayotgan VI Respublika kitobxonlik haftaligi doirasida bo‘lib o‘tadigan Turkiy dunyo bo‘ylab bir guruh ijodkorlar ekspeditsiyasining safar taassurotlari, ilmiy kashfiyotlarini o‘z ichiga olgan "Bobolar izidan: Oltoyga" hamda "Bobolar izidan: Ozarbayjonga" jurnallarining taqdimotiga taklif etamiz.

👍11🔥6❤1👌1
2026-yil 13-aprel kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Kitobsevar millat” shiori ostida VI Respublika “Kitobxonlik haftaligi”ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.Mazkur haftalikka bir vaqtning o‘zida Qoraqalpoqiston Respublikasi va barcha viloyat axborot-kutubxona markazlarida ham start berildi.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori Umida Teshabayeva yig'ilganlarni qutlar ekan, Haftalikni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad, yurtimizda axborot-kutubxona sohasini yanada rivojlantirish, aholiga axborot xizmatlarini ko‘rsatish, joylarda axborot-kutubxona muassasalariga qaratilayotgan e'tibor haqida ma'lumot berdi. “Haftalik davomida yurtimiz kitobxonlarini hamda kutubxonachilik va nashriyot sohasi mutaxassislarini respublikamizda chop etilgan yangi kitoblar bilan tanishtirish, turli mahorat darslari, mutolaa tadbirlari, yozuvchi va adiblar bilan ijodiy uchrashuvlar, davra suhbatlari va boshqa qator ma’naviy, ma’rifiy, madaniy dasturlar tashkil etishni rejalashtirganmiz”, dedi U.Teshabayeva.
Haftalikning ochilish marosimida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari G‘ayrat Majid, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Dilnoza Azizova, “O‘zbekiston” nashriyoti bosh muharriri Muhiddin Omonov, Yoshlar ishlari agentligi Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish jamg‘armasi rahbari Xurliman Jumamurotova va O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori Umida Teshabayevalar so‘zga chiqib haftalikning dolzarbligini e'tirof etdilar, uning mohiyati, yosh avlodning ma'naviy kamolotida tutgan o‘rnini ta'kidladilar.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori Umida Teshabayeva yig'ilganlarni qutlar ekan, Haftalikni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad, yurtimizda axborot-kutubxona sohasini yanada rivojlantirish, aholiga axborot xizmatlarini ko‘rsatish, joylarda axborot-kutubxona muassasalariga qaratilayotgan e'tibor haqida ma'lumot berdi. “Haftalik davomida yurtimiz kitobxonlarini hamda kutubxonachilik va nashriyot sohasi mutaxassislarini respublikamizda chop etilgan yangi kitoblar bilan tanishtirish, turli mahorat darslari, mutolaa tadbirlari, yozuvchi va adiblar bilan ijodiy uchrashuvlar, davra suhbatlari va boshqa qator ma’naviy, ma’rifiy, madaniy dasturlar tashkil etishni rejalashtirganmiz”, dedi U.Teshabayeva.
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l Instagram l YouTube l Facebook l Twitter l Website
👏12🔥4❤3👍2🤩2😍2🥰1
#Kitobsevar_millat
Hurmatli kitobxonlar!
Sizlarni 2026-yil 14-aprel kuni soat 11:00 da O‘zbekiston Milliy kutubxonasida "Kitobsevar millat" shiori ostida o‘tkazilayotgan VI Respublika kitobxonlik haftaligi doirasida bo‘lib o‘tadigan, “Dunyo nashr” nashriyoti tomonidan chop etilgan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, taniqli shoir Faxriddin Hayit “Cho‘g‘” kitobi taqdimotiga taklif qilmiz.

❤6👏3🔥2🎉1
#Kitobsevar_millat
Hurmatli kitobxonlar!
Sizlarni 2026-yil 15-aprel kuni soat 15:00 da O‘zbekiston Milliy kutubxonasida "Kitobsevar millat" shiori ostida o‘tkazilayotgan VI Respublika kitobxonlik haftaligi doirasida bo‘lib o‘tadigan siyosiy fanlar doktori Qodir Jo‘rayevning “Esimni tanigan kun” kitobi taqdimotiga taklif qilamiz.

👍9🔥2👏2🎉2
#Kitobsevar_millat
Hurmatli kitobxonlar!
Sizlarni 2026-yil 17-aprel kuni soat 11:00 da O‘zbekiston Milliy kutubxonasida "Kitobsevar millat" shiori ostida o‘tkazilayotgan VI Respublika kitobxonlik haftaligi doirasida dietolog, nutritsiolog Osiyo Ismailova bilan bo‘lib o‘tadigan “Sog‘lom hayot sari” mavzusidagi davra suhbatiga taklif qilamiz.

👍10🔥3👏3❤2