✅ Joriy yilning 9 aprel kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasin direktori U. Teshabayeva rahbarligida ishchi guruh, Navoiy viloyati axborot-kutubxona markazlarini kompleks o‘rganishga qaratilgan xizmat safari tashkil etildi.
🗓 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 15-yanvardagi “Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholi o‘rtasida kitob o‘qishga qiziqishni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-9-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.
🗓 Kunning ikkinchi yarmida ishchi guruh Karmana tumanidagi ko‘zi ojizlar kutubxonasi hamda tuman axborot-kutubxona markaziga tashrif buyurdi. Mazkur muassasalarda aholiga ko‘rsatilayotgan kutubxona xizmatlar, mavjud sharoitlar va faoliyat samaradorligi joyida o‘rganildi.
BATAFSIL

❤8👍4🔥1
Forwarded from NDKTU Kutubxona (Salomat Boltayevna✨)
📚 Joriy yilning 11-aprel kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori U. Teshabayeva boshchiligidagi ishchi guruh NDKTU Axborot-resurs markazi faoliyatini o‘rganish maqsadida xizmat safari bilan tashrif buyurdi.
📖 Mazkur tashrif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 15-yanvardagi “Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholi o‘rtasida kitob o‘qishga qiziqishni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-9-son qarori ijrosini ta’minlash doirasida tashkil etildi.
🔍 Tashrif davomida ARMda foydalanuvchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar, elektron resurslardan foydalanish imkoniyatlari, kitob fondining holati, o‘quv zallari va yaratilgan zamonaviy sharoitlar atroflicha o‘rganildi.
💡 Kutubxona faoliyatini yanada rivojlantirish, xizmat sifatini yaxshilash yuzasidan muhim tavsiyalar berildi. 👇📲Telegram | 📧 Elektron kutubxona | 💌 Local portal 🏛 Instagram

❤4🔥4👍3
#Sohibqiron_Amir_Temur_690
#Temur_tuzuklari
Buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur tavalludining 690 yilligi keng nishonlanayotgan kunlarda siz, aziz kitobxonlarga davlat boshqaruvi va davlat xizmati to‘g‘risidagi fan va amaliyotning rivojlanishi uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan "Temur tuzuklari" dan o‘gitlar berib borishni maqsad qildik. Unda Sohibqiron Amir Temurning davlatchilik va diplomatiya, harbiy mahorat, bunyodkorlik salohiyati, ilmu fan, san'at va me'morchilikka oid qarashlari, hayotning ma'no-mazmuni, insonni ulug‘laydigan ezgu ishlar haqida bildirgan fikrlari, dinu diyonat va adolat, saltanat ishlarini amalga oshirish, har bir masalada uzoqni ko‘zlab, el manfaatini o‘ylab ish tutish bilan bog‘liq ibratli fazilatlari bayon etilgan.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l Instagram l YouTube l Facebook l Twitter l Website
👍12❤8🔥2
Forwarded from Javlon Jovliyev
O'n bir o'zbek keldi, ichida migranti yo'q...
Oltoyga safar taassurotlarini so‘zlash uchun olti soat, yozish uchun esa oltmish bet aslida kamlik qiladi. Necha asrlar oldin bo‘laklarga bo‘lingan ildizi bir xalq, ajratilgan inilar, ayrilgan yaqinlar haqida shunchaki gapirib ham, shunchaki yozib ham bo‘lmaydi. Bu armon-u orzularga to‘la dilnomaning oxiri bo‘lmasligi, hasratlar tugamasligi turgan gap. Lekin bu o‘rinda jurnal uchun umumiy xulosalarimizni qisqa qilishga harakat qilamiz.
Oltoy shahridagi muzey xodimi aytgan bir gap bilan boshlasam: “Shu paytgacha bizga faqat O‘zbekistondan to‘p-to‘p ishchilar kelardi, nahot orangizda bitta ham migrant bo‘lmasa... ”
Ha, biz ularning tasavvuridagi “o‘zbeklar” emasdik...
Safarimiz yurakni tiladigan kechinmalar bilangina o‘tmadi, qalbga surur beradigan, farahbaxsh onlari ko‘p va xo‘p bo‘ldi. Unutilmas xotiralar, ko‘zdan o‘chmas hayrat onlari hamon qalbimizni hapriqtiradi. Bu tabiat mo‘jizalari ancha vaqt qadrdon bolalikning unutilmas onlari kabi mo‘tabar film kartinalaridek ko‘z oldimizda gavdalanaversa kerak.
Oltoy – sehrli o‘lka. Tog‘lar, daraxtlar, daryolar, daralar sizni maftun qilib qo‘yadi. Lekin nafaqat bu yerda tabiat o‘zgacha, balki uzoq yillik tarixni o‘zgarishsiz saqlab kelayotgan xalq ham boshqacha. Lekin ularning dardi ham Oltoy tog‘lari kabi katta, daraxtlari kabi uzun, hasratlari ham daryo bo‘lib oqmoqda...
Avvalo, qariyb to‘rt ming kilometr yo‘lni turli ulovlarda bosib o‘tish oson bo‘lmadi, jamoa katta (migrant bo‘lmagan 11 kishi) – har bir odamning o‘z fe’li, yo‘lga bo‘lgan iroda-kuchi bor, buni hisobga olish kerak, albatta. Oldindan aytadigan bo‘lsam, bu borada bizda jiddiy kelishmovchiliklar bo‘lmadi hisob.
Quyosh olov purkayotgan qadim O‘tror qal’asi xarobalaridan Krasnoyar o‘lkasini ikki bo‘lib oqib o‘tuvchi Enasoy bo‘ylarigacha yo‘lni qatordan kam bo‘lmay ahillikda bosib o‘tdik.
O‘trorda boshda o‘tgan issiqni Enasoyning muzoqar suvlariga bosish nasib etdi. Bu kengliklar, na boshi, na oxiri ko‘rinadigan ulkan daryolar, yashillik va bu yerlarda bobolarimiz bir zamonlar ot surganini o‘ylash ham odamga cheksiz baxt berardi. Bularni ko‘rib bir paytlar Chingiz Aytmatovning “Shoxdor ona bug‘u rivoyati” asaridagi mana shu qo‘shiq so‘zlari yodimga tushadi:
“Sendan ulkan daryo bormi, Enasoy,
Sendan aziz tuproq bormi, Enasoy.
Sendan chuqur dard ham bormi, Enasoy,
Sendan ozod quchoq bormi, Enasoy.
Sendan ulkan daryo yo‘qdir, Enasoy,
Sendan aziz tuproq yo‘qdir, Enasoy.
Sendan chuqur dard ham yo‘qdir, Enasoy,
Sendan ozod quchoq yo‘qdir, Enasoy!”
(Batafsil "Bobolar izidan" jurnalida o'qiysiz)
Loyiha taqdimoti 13-aprel kuni soat 17:00 da Milliy kutubxonada bo'lib o'tadi, keling!
@javlonjovliyev

❤5👏2