Milliy kutubxona | Rasmiy
9.96K subscribers
12.7K photos
1.91K videos
467 files
6.35K links
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining telegramdagi rasmiy sahifasi

Bizni ijtimoiy tarmoqdagi boshqa sahifalarimizni ham kuzatib boring 👉 https://natlib.taplink.ws

Murojaat uchun: @infonatlib_bot
Download Telegram
Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi Axborot-kutubxona fondlarini konservasiya va restavrasiya qilish xizmati mutaxassisi Bakit Sultonov 2026-yil 6-10-aprel kunlari Moskvada, Rossiya davlat kutubxonasida boʻlib oʻtayotgan “Hujjatlarni tiklash: konservatizm va innovatsiyalar - 2026” Xalqaro ilmiy-amaliy seminarida ishtirok etmoqda.

Seminar doirasidagi davra suhbatlarida kitob merosini saqlash bilan bogʻliq masalalar muhokama qilinishi, fondlarni konservasiya va restavrasiya qilish bo‘yicha mutaxassislar uchun yuqori ilmiy va amaliy ahamiyatga ega boʻlgan amaliy seminarlarlar, mahorat darslari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.


Seminarning oʻziga xosligi - uning amaliy yoʻnalishidadir. Hujjatlarni saqlashning ustuvor sohalarida keng ilmiy tajribaga ega boʻlgan konservasiya va restavratsiya markazlarining yetakchi mutaxassislari ishtirok etadilar va oʻz ishlarida foydalanadigan usullar, materiallar va uskunalar bilan tanishtiradilar.
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
👍113🔥3👏3
Mahalla – tinchlik va farovonlik qo‘rg‘oni: (аdabiyotlar ro‘yxati) / Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi; tuzuvchilar: Y. Abdullaeva, F. Narbaeva ; muharrir F. Ro‘ziyeva. – Toshkent, 2026. – 100 b.
Milliy bibliografiya ma’lumotlar bazasini shakillantirish xizmati tomonidan, 2026-yil yurtimizda “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” munosabati bilan “Mahalla – tinchlik va farovonlik qo‘rg‘oni” nomli adabiyotlar ro‘yxat tuzildi.

Qo‘llanma mahalla tizimining tarixiy ildizlari, huquqiy maqomi va zamonaviy jamiyatdagi ijtimoiy ahamiyatini yorituvchi ilmiy, ommabop va davriy nashrlarni o‘z ichiga oladi. Milliy bibliografiya ma’lumotlar bazasi xizmati tomonidan taqdim etilgan ushbu qo‘llanma mahalla tizimining ko‘p qirrali faoliyatini o‘rganishda, uning “obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosidagi rivojlanish bosqichlarini anglashda muhim axborot manbai bo‘lib xizmat qiladi. Ushbu bibliografik ro‘yxat soha mutaxassislari, tadqiqotchilar va keng kitobxonlar ommasi uchun yaqin ko‘makchi bo‘ladi deb ishonamiz.
Adabiyotlar ro‘yxati bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin. https://uznel.natlib.uz:444/FN/dl_image/uload/userfiles/files/123(2).pdf
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
👏4👍3🔥32
Forwarded from Mutolaa
“MUTOLAA”DA SHE’RIYAT davom etadi!

Oʻzbekiston Yoshlar ishlari agentligi “Mutolaa” loyihasi hamda O‘zbekiston Milliy kutubxonasi hamkorligida Amir TEMUR tavalludiga bagʻishlangan “Ishq - adolatdadur” nomli teatrlashtirilgan nazm kechasini taqdim etadi.

• Dastur qahramonlari: Shahriyor Shavkat,
Nozima Habibullayeva

• Mehmon: shoir va aktyor Erkin BOZOROV hamda
Oʻlmas TEMUR

📝 Soʻz va adabiyot muxlislarini 9-aprel kuni soat 18:00 da O‘zbekiston Milliy kutubxonasida kutib qolamiz.

Mutolaa ilovasini yuklab oling
🔥7👏3👌3😍1
#Sohibqiron_Amir_Temur_690
#Temur_tuzuklari

Buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur tavalludining 690 yilligi keng nishonlanayotgan kunlarda siz,  aziz kitobxonlarga davlat boshqaruvi va davlat xizmati to‘g‘risidagi fan va amaliyotning rivojlanishi uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan "Temur tuzuklari" dan o‘gitlar berib borishni maqsad qildik.  Unda Sohibqiron Amir Temurning davlatchilik va diplomatiya, harbiy mahorat, bunyodkorlik salohiyati, ilmu fan, san'at va me'morchilikka oid qarashlari, hayotning ma'no-mazmuni, insonni ulug‘laydigan ezgu ishlar haqida bildirgan fikrlari, dinu diyonat va adolat, saltanat ishlarini amalga oshirish, har bir masalada uzoqni ko‘zlab, el manfaatini o‘ylab ish tutish bilan bog‘liq ibratli fazilatlari bayon etilgan.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
🔥10👍84
#Sohibqiron_Amir_Temur_690
#Temur_tuzuklari

O‘zbekiston Milliy kutubxonasining fondida saqlanayotgan nodir kitoblardan biri Amir Temurning "Institutes political and military" ("Tuzuklar")idir. Kitob 1783-yil Londondagi Oksford universiteti matbaasida Mayor Devi va arab tili mutaxassisi, professor Uayt tomonidan nashr etilgan. Kitob fors va ingliz tillarida bo‘lib, 408 sahifadan iborat. "Temur tuzuklari" asli turkiy tilda yozilgan va u XVII asr boshida Yaman podshohi Ja'far kutubxonasida saqlangan”, deb yozadi tarjimon Abutolib Husayn. "Tuzuklar" 1610-1612-yillari fors tiliga, so‘ng ingliz tiliga tarjima qilingan.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
🔥7👍4
#Sohibqiron_Amir_Temur_690

2026-yil 9-aprel kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida buyuk sarkarda Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan “Ulug‘ zakovat va buyuk saltanat sohibi” deb nomlangan adabiyotlar ko‘rgazmasi ochildi. Unda Amir Temurning hayot yo‘li, dalat boshqaruvi va harbiy mahoratiga aloqador kitoblar, rasmlar va jurnallar o‘rin olgan.
📚 Ko‘rgazmaga tashrif buyurgan foydalanuvchilar tarixda o‘chmas iz qoldirgan buyuk shaxs, ulkan bunyodkor, yirik davlat arbobi, mohir sarkarda, ilm-fan va madaniyat homiysi bo‘lgan Amir Temur hayotini o‘rganishga yordam beruvchi adabiyotlar bilan yaqindan tanishdilar.

📚 Ko‘rgazmada “Amir Temur jahon tirixida”, “Amir Temur haqida so‘z”, “Amir Temur o‘gitlari”, “Amir Temur”, “Amir Temur saboqlari”, “Buyuk Amir Temur saltanati va uning taqdiri”, “Zafarnoma”, “Amir Temur saltanatida havfsizlik xizmati”, “Amir Temur Yevropa elchilari nigohida”, “Amir Temur siymosi”, kabi kitoblar o‘rin olgan.
👍131🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sohibqiron_Amir_Temur_690

Biz kim-mulki Turon, amiri Turkistonmiz! Biz kim-milatlarning eng ulug‘i, Turkning bosh bo‘g‘inimiz!

Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag'ishlanadi.


📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
👍15🔥43
#Sohibqiron_Amir_Temur_690
#Temur_tuzuklari

Buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur tavalludining 690 yilligi keng nishonlanayotgan kunlarda siz,  aziz kitobxonlarga davlat boshqaruvi va davlat xizmati to‘g‘risidagi fan va amaliyotning rivojlanishi uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan "Temur tuzuklari" dan o‘gitlar berib borishni maqsad qildik.  Unda Sohibqiron Amir Temurning davlatchilik va diplomatiya, harbiy mahorat, bunyodkorlik salohiyati, ilmu fan, san'at va me'morchilikka oid qarashlari, hayotning ma'no-mazmuni, insonni ulug‘laydigan ezgu ishlar haqida bildirgan fikrlari, dinu diyonat va adolat, saltanat ishlarini amalga oshirish, har bir masalada uzoqni ko‘zlab, el manfaatini o‘ylab ish tutish bilan bog‘liq ibratli fazilatlari bayon etilgan.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
2🔥2👍1
#Sohibqiron_Amir_Temur_690
#Temur_tuzuklari

📚 O‘zbekiston Milliy kutubxonasi fondida saqlanayotgan nodir qo‘lyozmalardan biri  — Xo‘ja Abulqosim Samarqandiyning istiora haqidagi risolasidir.
Xo‘ja Abulqosim Samarqandiyning istiora haqidagi ushbu risolasi XVI asr oxirida yozilgan bo‘lib, unda muallif Amir Temurning huzurida bo‘lib o‘tgan mashhur olimlar Sa'diddin Taftazoniy va Sharif Jurjoniylar ishtirokidagi istioraga bag‘ishlangan anjuman haqida xabar beradi. Asarda, shuningdek, notiqlik san'atiga bag‘ishlangan ilmiy munozaralarda Sohibqironning o‘zi ham qatnashganligi alohida ta'kidlanadi.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
🔥61👍1
#Sohibqiron_Amir_Temur_690
#Temur_tuzuklari
#Shahar_koʻchalari_adiblar_nomi_bilan

📽 Ushbu loyiha orqali siz, aziz kitobxonlarga adiblar va tariximizda iz qoldirgan buyuk shaxslar nomi berilgan shahrimiz ko‘chalari bilan ham tanishtirib boramiz.

Navbatdagi ko‘chaning nomi Sohibqiron Amir Temur nomi bilan atalgan.

https://t.me/natlibuz/8584

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
👍84🔥3😍1