2026-yil 7-aprel kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekistonda ShHT Xalq diplomatiyasi markazi bilan hamkorlikda o‘zbek, rus, ingliz va xitoy tillarida nashr etilgan “Xalq diplomatiyasi: tinchlik sari birgalikda qadam” nomli yangi kitobning taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi.
Taqdimot marosimida davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, diplomatik korpus a'zolari, hamkor tashkilotlar ekspertlari, olimlar, tadqiqotchilar, yoshlar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdilar.
Jumladan, Markaz rahbari Qobiljon Sobirov o‘z nutqida mazkur kitobning yaratilishi g‘oyasi, uning ahamiyati, kitobda xalq diplomatiyasining zamonaviy xalqaro munosabatlar tizimidagi roli, davlatlar o‘rtasida o‘zaro ishonch va hamkorlikni mustahkamlashdagi ahamiyati chuqur yoritilganini ta'kidladi.
Mazkur kitob keng kitobxonlar ommasi, tadqiqotchilar, ekspertlar va xalqaro munosabatlar sohasi mutaxassislari uchun mo‘ljallangan.
Taqdimot yakunida ishtirokchilar kitob bilan yaqindan tanishish, mualliflar bilan muloqot qilish hamda fikr almashish imkoniga ega bo‘ldilar.

Kitobning dolzarbligi, uning xalq diplomatiyasini rivojlantirish, davlatlar o‘rtasida ishonch muhitini mustahkamlash va barqaror tinchlikni ta'minlashdagi o‘rnini e'tirof etdi, Milliy kutubxona direktori Umida Alimjanovna.
Jumladan, Markaz rahbari Qobiljon Sobirov o‘z nutqida mazkur kitobning yaratilishi g‘oyasi, uning ahamiyati, kitobda xalq diplomatiyasining zamonaviy xalqaro munosabatlar tizimidagi roli, davlatlar o‘rtasida o‘zaro ishonch va hamkorlikni mustahkamlashdagi ahamiyati chuqur yoritilganini ta'kidladi.
Nashrda xalq diplomatiyasining nazariy asoslari, uning zamonaviy xalqaro munosabatlar tizimidagi o‘rni va ahamiyati chuqur tahlil qilingan. Xususan, kitobda xalq diplomatiyasining mazmun-mohiyati, Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasida mustaqil institut sifatida shakllanish bosqichlari, shuningdek, ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan loyihalar, amaliy tashabbuslar hamda ustuvor yo‘nalishlar atroflicha yoritilgan. Shu bilan birga, madaniy-gumanitar hamkorlik, ta'lim, turizm va jamoatchilik aloqalari orqali xalqlar o‘rtasida o‘zaro ishonchni mustahkamlash masalalariga alohida e'tibor qaratilgan.
Mazkur kitob keng kitobxonlar ommasi, tadqiqotchilar, ekspertlar va xalqaro munosabatlar sohasi mutaxassislari uchun mo‘ljallangan.
Taqdimot yakunida ishtirokchilar kitob bilan yaqindan tanishish, mualliflar bilan muloqot qilish hamda fikr almashish imkoniga ega bo‘ldilar.
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l Instagram l YouTube l Facebook l Twitter l Website
👍6❤4🔥2👏2🎉1🤩1😍1
2026-yil 7-aprel kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Sohibqiron, buyuk sarkarda Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlangan “Menkim, sohibqiron - Amir Temur" mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Unda tarixchilar, adiblar, Milliy gvardiya harbiylari ishtirok etdilar.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar, Amir Temurning mamlakat va jahon tarixida tutgan o‘rni, uning hayoti va davlat boshqaruvi faoliyati, uning har qanday mushkul vaziyatdan chiqib keta olish zakovati, mardligi, jasorati, vatanparvarligi, topqirligi, temir irodasi yosh avlod uchun ibrat, hayot maktabi va Vatanga sadoqat namunasiga aylanganini e'tirof etishdi. Amir Temur iste'dodli insonlarga ehtirom ko‘rsatib, ko‘magini ayamadi, nufuzli olimu fuzalolar bilan maslahatlashgan holda ilm-fan, shaharsozlik, ziroatchilik, hunarmandchilik va boshqa sohalarni qayta tiklashga bosh bo‘ldi, jamoat binolari, machit, madrassalar va turli inshootlar qurdirdi.
Tadbir doirasida buyuk sarkarda Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlangan ko‘rgazma iashkil etildi. Unda ulkan bunyodkor, yirik davlat arbobi, mohir sarkarda, ilm-fan va madaniyat homiysi - Amir Temur hayotini o‘rganishga doir badiiy, ilmiy, biografik va publisistik adabiyotlar o‘rin olgan.

Tadbirdan ko‘zlangan maqsad - buyuk shaxs, ulkan bunyodkor, yirik davlat arbobi, mohir sarkarda, ilm-fan va madaniyat homiysi - Amir Temur hayotini xotirlash orqali yoshlarda O‘zbekiston taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shish ishtiyoqini uyg‘otish, bobokalonimizning hayotiy tajribasidan o‘z faoliyati uchun zarur saboq va ma'naviy quvvat olishlariga rag‘bat berishdir.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar, Amir Temurning mamlakat va jahon tarixida tutgan o‘rni, uning hayoti va davlat boshqaruvi faoliyati, uning har qanday mushkul vaziyatdan chiqib keta olish zakovati, mardligi, jasorati, vatanparvarligi, topqirligi, temir irodasi yosh avlod uchun ibrat, hayot maktabi va Vatanga sadoqat namunasiga aylanganini e'tirof etishdi. Amir Temur iste'dodli insonlarga ehtirom ko‘rsatib, ko‘magini ayamadi, nufuzli olimu fuzalolar bilan maslahatlashgan holda ilm-fan, shaharsozlik, ziroatchilik, hunarmandchilik va boshqa sohalarni qayta tiklashga bosh bo‘ldi, jamoat binolari, machit, madrassalar va turli inshootlar qurdirdi.
“Temur tuzuklari” asari yoshlarda vatanparvarlik ruhini tarbiyalashda muhim o‘rin tutadi. Amir Temur kelajak avlodga yurtni dushmanlardan ozod etish, mamlakat hududini kengaytirish, lashkar qudratini yuksaltirish bilangina cheklanmadi, harb ilmining dahosining davlatni idora qilish tartib-qoidalari, turli mansab egalari vazifalari, xayri sadaqa qilish tartibi, soliq solish va uni to‘plash tartibi, harbiy yurishlarni o‘tkazish va qo‘zg‘olonni bostirish qoidalari bayon etilgan “Temur tuzuklari”ni ham qoldirdi.
Tadbir doirasida buyuk sarkarda Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlangan ko‘rgazma iashkil etildi. Unda ulkan bunyodkor, yirik davlat arbobi, mohir sarkarda, ilm-fan va madaniyat homiysi - Amir Temur hayotini o‘rganishga doir badiiy, ilmiy, biografik va publisistik adabiyotlar o‘rin olgan.
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l Instagram l YouTube l Facebook l Twitter l Website
👍9❤6🔥2👏1🎉1🤩1😍1
Forwarded from Millatlararo munosabatlar qo‘mitasi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#No_comment
💬 Bugun Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston milliy kutubxonasida to'rt tildagi (o’zbek, rus, ingliz va xitoy) “Xalq diplomatiyasi: tinchlik sari birgalikda qadam” sarlavhali yangi kitob taqdimoti bo’lib o’tdi.
Mazkur taqdimotda Qo’mita mas’ul xodimlari ham ishtirok etdi.
📱 Instagram |📱 YouTube| 📱 Facebook | 🌐 Veb-saytu
Mazkur taqdimotda Qo’mita mas’ul xodimlari ham ishtirok etdi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5❤3🔥3👏3🎉1💯1
#Sohibqiron_Amir_Temur_690
#Temur_tuzuklari
Buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur tavalludining 690 yilligi keng nishonlanayotgan kunlarda siz, aziz kitobxonlarga davlat boshqaruvi va davlat xizmati to‘g‘risidagi fan va amaliyotning rivojlanishi uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan "Temur tuzuklari" dan o‘gitlar berib borishni maqsad qildik. Unda Sohibqiron Amir Temurning davlatchilik va diplomatiya, harbiy mahorat, bunyodkorlik salohiyati, ilmu fan, san'at va me'morchilikka oid qarashlari, hayotning ma'no-mazmuni, insonni ulug‘laydigan ezgu ishlar haqida bildirgan fikrlari, dinu diyonat va adolat, saltanat ishlarini amalga oshirish, har bir masalada uzoqni ko‘zlab, el manfaatini o‘ylab ish tutish bilan bog‘liq ibratli fazilatlari bayon etilgan.
#Temur_tuzuklari
Buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur tavalludining 690 yilligi keng nishonlanayotgan kunlarda siz, aziz kitobxonlarga davlat boshqaruvi va davlat xizmati to‘g‘risidagi fan va amaliyotning rivojlanishi uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan "Temur tuzuklari" dan o‘gitlar berib borishni maqsad qildik. Unda Sohibqiron Amir Temurning davlatchilik va diplomatiya, harbiy mahorat, bunyodkorlik salohiyati, ilmu fan, san'at va me'morchilikka oid qarashlari, hayotning ma'no-mazmuni, insonni ulug‘laydigan ezgu ishlar haqida bildirgan fikrlari, dinu diyonat va adolat, saltanat ishlarini amalga oshirish, har bir masalada uzoqni ko‘zlab, el manfaatini o‘ylab ish tutish bilan bog‘liq ibratli fazilatlari bayon etilgan.
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l Instagram l YouTube l Facebook l Twitter l Website
👍10👏4❤3🔥1
Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi Axborot-kutubxona fondlarini konservasiya va restavrasiya qilish xizmati mutaxassisi Bakit Sultonov 2026-yil 6-10-aprel kunlari Moskvada, Rossiya davlat kutubxonasida boʻlib oʻtayotgan “Hujjatlarni tiklash: konservatizm va innovatsiyalar - 2026” Xalqaro ilmiy-amaliy seminarida ishtirok etmoqda.
Seminarning oʻziga xosligi - uning amaliy yoʻnalishidadir. Hujjatlarni saqlashning ustuvor sohalarida keng ilmiy tajribaga ega boʻlgan konservasiya va restavratsiya markazlarining yetakchi mutaxassislari ishtirok etadilar va oʻz ishlarida foydalanadigan usullar, materiallar va uskunalar bilan tanishtiradilar.
Seminar doirasidagi davra suhbatlarida kitob merosini saqlash bilan bogʻliq masalalar muhokama qilinishi, fondlarni konservasiya va restavrasiya qilish bo‘yicha mutaxassislar uchun yuqori ilmiy va amaliy ahamiyatga ega boʻlgan amaliy seminarlarlar, mahorat darslari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

👍12❤3🔥3👏3