2026-yil 6-aprel kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Ma’naviyati yuksak faylasuf” deb nomlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbir O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, Beruniy nomidagi Davlat mukofoti sovrindori, falsafa fanlari doktori, professor Omonulla Fayzullayevning 105 yilligiga bag‘ishlandi.
U asosan sharq falsafasi, mantiq, tabiiy fanlar falsafasi va Beruniy asarlari tarjimasi bilan shug‘ullangan. Uning ilmiy izlanishlari qadimgi va o‘rta asrlar falsafiy tafakkurini yoritishga qaratilgan edi. Bunga olimning Beruniy falsafiy qarashlari mohiyatini ochib beruvchi ko‘plab ilmiy maqolalari yaqqol misoldir.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, Beruniy nomidagi Davlat mukofoti sovrindori, falsafa fanlari doktori, professor Omonulla Fayzullayevning ilmiy asarlari hozirgi kunda ham falsafa va tarix fanlari bo‘yicha muhim manba hisoblanib, yosh tadqiqodchilarga ilmiy izlanishlarda qo‘l kelmoqda.
O‘zbek falsafasi va sharqshunosligi rivojiga katta hissa qo‘shgan taniqli olim, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, Beruniy nomidagi Davlat mukofoti laureati, falsafa fanlari doktori va professor Omonulla Fayzullayev o‘z ilmiy faoliyatini Abu Rayhon Beruniy ilmiy merosini, uning falsafiy qarashlarini tadqiq etishga bag‘ishladi.
U asosan sharq falsafasi, mantiq, tabiiy fanlar falsafasi va Beruniy asarlari tarjimasi bilan shug‘ullangan. Uning ilmiy izlanishlari qadimgi va o‘rta asrlar falsafiy tafakkurini yoritishga qaratilgan edi. Bunga olimning Beruniy falsafiy qarashlari mohiyatini ochib beruvchi ko‘plab ilmiy maqolalari yaqqol misoldir.
Omonulla Fayzullayev Beruniyning "Hindiston", "Qonuni Mas'udiy" kabi fundamental asarlarini chuqur o‘rganib, o‘zbek tiliga tarjima qilishda faol ishtirok etgan.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, Beruniy nomidagi Davlat mukofoti sovrindori, falsafa fanlari doktori, professor Omonulla Fayzullayevning ilmiy asarlari hozirgi kunda ham falsafa va tarix fanlari bo‘yicha muhim manba hisoblanib, yosh tadqiqodchilarga ilmiy izlanishlarda qo‘l kelmoqda.
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l Instagram l YouTube l Facebook l Twitter l Website
❤6👍5🔥4👏1🤩1😍1
2026-yil 7-aprel kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekistonda ShHT Xalq diplomatiyasi markazi bilan hamkorlikda o‘zbek, rus, ingliz va xitoy tillarida nashr etilgan “Xalq diplomatiyasi: tinchlik sari birgalikda qadam” nomli yangi kitobning taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi.
Taqdimot marosimida davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, diplomatik korpus a'zolari, hamkor tashkilotlar ekspertlari, olimlar, tadqiqotchilar, yoshlar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdilar.
Jumladan, Markaz rahbari Qobiljon Sobirov o‘z nutqida mazkur kitobning yaratilishi g‘oyasi, uning ahamiyati, kitobda xalq diplomatiyasining zamonaviy xalqaro munosabatlar tizimidagi roli, davlatlar o‘rtasida o‘zaro ishonch va hamkorlikni mustahkamlashdagi ahamiyati chuqur yoritilganini ta'kidladi.
Mazkur kitob keng kitobxonlar ommasi, tadqiqotchilar, ekspertlar va xalqaro munosabatlar sohasi mutaxassislari uchun mo‘ljallangan.
Taqdimot yakunida ishtirokchilar kitob bilan yaqindan tanishish, mualliflar bilan muloqot qilish hamda fikr almashish imkoniga ega bo‘ldilar.

Kitobning dolzarbligi, uning xalq diplomatiyasini rivojlantirish, davlatlar o‘rtasida ishonch muhitini mustahkamlash va barqaror tinchlikni ta'minlashdagi o‘rnini e'tirof etdi, Milliy kutubxona direktori Umida Alimjanovna.
Jumladan, Markaz rahbari Qobiljon Sobirov o‘z nutqida mazkur kitobning yaratilishi g‘oyasi, uning ahamiyati, kitobda xalq diplomatiyasining zamonaviy xalqaro munosabatlar tizimidagi roli, davlatlar o‘rtasida o‘zaro ishonch va hamkorlikni mustahkamlashdagi ahamiyati chuqur yoritilganini ta'kidladi.
Nashrda xalq diplomatiyasining nazariy asoslari, uning zamonaviy xalqaro munosabatlar tizimidagi o‘rni va ahamiyati chuqur tahlil qilingan. Xususan, kitobda xalq diplomatiyasining mazmun-mohiyati, Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasida mustaqil institut sifatida shakllanish bosqichlari, shuningdek, ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan loyihalar, amaliy tashabbuslar hamda ustuvor yo‘nalishlar atroflicha yoritilgan. Shu bilan birga, madaniy-gumanitar hamkorlik, ta'lim, turizm va jamoatchilik aloqalari orqali xalqlar o‘rtasida o‘zaro ishonchni mustahkamlash masalalariga alohida e'tibor qaratilgan.
Mazkur kitob keng kitobxonlar ommasi, tadqiqotchilar, ekspertlar va xalqaro munosabatlar sohasi mutaxassislari uchun mo‘ljallangan.
Taqdimot yakunida ishtirokchilar kitob bilan yaqindan tanishish, mualliflar bilan muloqot qilish hamda fikr almashish imkoniga ega bo‘ldilar.
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l Instagram l YouTube l Facebook l Twitter l Website
👍6❤4🔥2👏2🎉1🤩1😍1
2026-yil 7-aprel kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Sohibqiron, buyuk sarkarda Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlangan “Menkim, sohibqiron - Amir Temur" mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Unda tarixchilar, adiblar, Milliy gvardiya harbiylari ishtirok etdilar.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar, Amir Temurning mamlakat va jahon tarixida tutgan o‘rni, uning hayoti va davlat boshqaruvi faoliyati, uning har qanday mushkul vaziyatdan chiqib keta olish zakovati, mardligi, jasorati, vatanparvarligi, topqirligi, temir irodasi yosh avlod uchun ibrat, hayot maktabi va Vatanga sadoqat namunasiga aylanganini e'tirof etishdi. Amir Temur iste'dodli insonlarga ehtirom ko‘rsatib, ko‘magini ayamadi, nufuzli olimu fuzalolar bilan maslahatlashgan holda ilm-fan, shaharsozlik, ziroatchilik, hunarmandchilik va boshqa sohalarni qayta tiklashga bosh bo‘ldi, jamoat binolari, machit, madrassalar va turli inshootlar qurdirdi.
Tadbir doirasida buyuk sarkarda Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlangan ko‘rgazma iashkil etildi. Unda ulkan bunyodkor, yirik davlat arbobi, mohir sarkarda, ilm-fan va madaniyat homiysi - Amir Temur hayotini o‘rganishga doir badiiy, ilmiy, biografik va publisistik adabiyotlar o‘rin olgan.

Tadbirdan ko‘zlangan maqsad - buyuk shaxs, ulkan bunyodkor, yirik davlat arbobi, mohir sarkarda, ilm-fan va madaniyat homiysi - Amir Temur hayotini xotirlash orqali yoshlarda O‘zbekiston taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shish ishtiyoqini uyg‘otish, bobokalonimizning hayotiy tajribasidan o‘z faoliyati uchun zarur saboq va ma'naviy quvvat olishlariga rag‘bat berishdir.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar, Amir Temurning mamlakat va jahon tarixida tutgan o‘rni, uning hayoti va davlat boshqaruvi faoliyati, uning har qanday mushkul vaziyatdan chiqib keta olish zakovati, mardligi, jasorati, vatanparvarligi, topqirligi, temir irodasi yosh avlod uchun ibrat, hayot maktabi va Vatanga sadoqat namunasiga aylanganini e'tirof etishdi. Amir Temur iste'dodli insonlarga ehtirom ko‘rsatib, ko‘magini ayamadi, nufuzli olimu fuzalolar bilan maslahatlashgan holda ilm-fan, shaharsozlik, ziroatchilik, hunarmandchilik va boshqa sohalarni qayta tiklashga bosh bo‘ldi, jamoat binolari, machit, madrassalar va turli inshootlar qurdirdi.
“Temur tuzuklari” asari yoshlarda vatanparvarlik ruhini tarbiyalashda muhim o‘rin tutadi. Amir Temur kelajak avlodga yurtni dushmanlardan ozod etish, mamlakat hududini kengaytirish, lashkar qudratini yuksaltirish bilangina cheklanmadi, harb ilmining dahosining davlatni idora qilish tartib-qoidalari, turli mansab egalari vazifalari, xayri sadaqa qilish tartibi, soliq solish va uni to‘plash tartibi, harbiy yurishlarni o‘tkazish va qo‘zg‘olonni bostirish qoidalari bayon etilgan “Temur tuzuklari”ni ham qoldirdi.

👍9❤6🔥2👏1🎉1🤩1😍1