Milliy kutubxona | Rasmiy
9.89K subscribers
12.7K photos
1.92K videos
467 files
6.36K links
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining telegramdagi rasmiy sahifasi

Bizni ijtimoiy tarmoqdagi boshqa sahifalarimizni ham kuzatib boring 👉 https://natlib.taplink.ws

Murojaat uchun: @infonatlib_bot
Download Telegram
2026-yil 6-aprel kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Ma’naviyati yuksak faylasuf” deb nomlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbir O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, Beruniy nomidagi Davlat mukofoti sovrindori, falsafa fanlari doktori, professor Omonulla Fayzullayevning 105 yilligiga bag‘ishlandi.
O‘zbek falsafasi va sharqshunosligi rivojiga katta hissa qo‘shgan taniqli olim, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, Beruniy nomidagi Davlat mukofoti laureati, falsafa fanlari doktori va professor Omonulla Fayzullayev o‘z ilmiy faoliyatini Abu Rayhon Beruniy ilmiy merosini, uning falsafiy qarashlarini tadqiq etishga bag‘ishladi.

U asosan sharq falsafasi, mantiq, tabiiy fanlar falsafasi va Beruniy asarlari tarjimasi bilan shug‘ullangan. Uning ilmiy izlanishlari qadimgi va o‘rta asrlar falsafiy tafakkurini yoritishga qaratilgan edi. Bunga olimning Beruniy falsafiy qarashlari mohiyatini ochib beruvchi ko‘plab ilmiy maqolalari yaqqol misoldir.
Omonulla Fayzullayev Beruniyning "Hindiston", "Qonuni Mas'udiy" kabi fundamental asarlarini chuqur o‘rganib, o‘zbek tiliga tarjima qilishda faol ishtirok etgan.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, Beruniy nomidagi Davlat mukofoti sovrindori, falsafa fanlari doktori, professor Omonulla Fayzullayevning ilmiy asarlari hozirgi kunda ham falsafa va tarix fanlari bo‘yicha muhim manba hisoblanib, yosh tadqiqodchilarga ilmiy izlanishlarda qo‘l kelmoqda.
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
6👍6🔥4👏1🤩1😍1
2026-yil 7-aprel kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekistonda ShHT Xalq diplomatiyasi markazi bilan hamkorlikda o‘zbek, rus, ingliz va xitoy tillarida nashr etilgan “Xalq diplomatiyasi: tinchlik sari birgalikda qadam” nomli yangi kitobning taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi.

Taqdimot marosimida davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, diplomatik korpus a'zolari, hamkor tashkilotlar ekspertlari, olimlar, tadqiqotchilar, yoshlar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdilar.

Kitobning dolzarbligi, uning xalq diplomatiyasini rivojlantirish, davlatlar o‘rtasida ishonch muhitini mustahkamlash va barqaror tinchlikni ta'minlashdagi o‘rnini e'tirof etdi, Milliy kutubxona direktori Umida Alimjanovna.


Jumladan, Markaz rahbari Qobiljon Sobirov o‘z nutqida mazkur kitobning yaratilishi g‘oyasi, uning ahamiyati, kitobda xalq diplomatiyasining zamonaviy xalqaro munosabatlar tizimidagi roli, davlatlar o‘rtasida o‘zaro ishonch va hamkorlikni mustahkamlashdagi ahamiyati chuqur yoritilganini ta'kidladi.

Nashrda xalq diplomatiyasining nazariy asoslari, uning zamonaviy xalqaro munosabatlar tizimidagi o‘rni va ahamiyati chuqur tahlil qilingan. Xususan, kitobda xalq diplomatiyasining mazmun-mohiyati, Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasida mustaqil institut sifatida shakllanish bosqichlari, shuningdek, ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan loyihalar, amaliy tashabbuslar hamda ustuvor yo‘nalishlar atroflicha yoritilgan. Shu bilan birga, madaniy-gumanitar hamkorlik, ta'lim, turizm va jamoatchilik aloqalari orqali xalqlar o‘rtasida o‘zaro ishonchni mustahkamlash masalalariga alohida e'tibor qaratilgan.


Mazkur kitob keng kitobxonlar ommasi, tadqiqotchilar, ekspertlar va xalqaro munosabatlar sohasi mutaxassislari uchun mo‘ljallangan.

Taqdimot yakunida ishtirokchilar kitob bilan yaqindan tanishish, mualliflar bilan muloqot qilish hamda fikr almashish imkoniga ega bo‘ldilar.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
👍64🔥2👏2🎉1🤩1😍1