Milliy kutubxona | Rasmiy
9.89K subscribers
12.7K photos
1.92K videos
467 files
6.36K links
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining telegramdagi rasmiy sahifasi

Bizni ijtimoiy tarmoqdagi boshqa sahifalarimizni ham kuzatib boring 👉 https://natlib.taplink.ws

Murojaat uchun: @infonatlib_bot
Download Telegram
Joriy yilning 3-aprel kuni navbatdagi metodik mashg‘ulot onlayn va oflayn shaklda bo'lib o'tdi.
Mazkur mashg‘ulot “Axborot-kutubxona fondini hisobdan chiqarishdagi muammolar va yechimlar” mavzusiga bag‘ishlanib, unda axborot-kutubxona fondlarini hisobdan chiqarish jarayonida yuzaga keladigan dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Xususan, mavjud muammolarning kelib chiqish sabablari tahlil qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy yechimlar hamda samarali tashkil etish yuzasidan metodik tavsiyalar berildi.
Darsni Umumiy fondlarni saqlash xizmati rahbari M. Mirxodjayeva hamda Qo‘lyozmalar, noyob va alohida qiymatga ega nashrlar xizmati rahbari A. Qilichboyev olib bordi.

Mashg‘ulot savol-javoblar asosida, interaktiv va juda qizg‘in ruhda o‘tkazildi. Unda respublika bo‘ylab 400 dan ziyod axborot-kutubxona sohasi mutaxassislari onlayn tarzda faol ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar oldilar.
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
👍134🔥4💯3👏2👌2
O'zbekiston Milliy kutubxonasining rasmiy sahifalarida bu hafta nimalarni yoritdik ro'yhat bilan tanishing

🎚#Kutubxona_OAV_nigohida
🎚O'zbekiston Milliy kutubxonasida Mediasavodxonlikni oshirish bo'yicha trening bo'lib o'tdi batafsil
🎚Quiz testlarni kitobxonlar e'tiboriga havola etdik batafsil
🎚#Kutubxona_OAV_nigohida kutubxonada bo'lib o'tgan tadbirlarni ko'rishingiz mumkin batafsil
🎚#Dunyo_tarix_zarvaraqlarida heshtegi asosida BODMER KUTUBXONASI haqida batafsil
🎚O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Sumalak sayli o'tkazildi batafsil
🎚Baxtiyor To‘rayevning “Falsafa tarixi: maqolalar to‘plami” kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi
🎚Kitobxonlarimiz tomonidan eng ko'p so'ralgan kitoblarning ro'yhatini #TOP10 orqali ko'rishingiz mumkin batafsil postda 🎚Namangan viloyat axborot-kutubxona markaziga yangi rahbar tayinlandi batafsil ma'lumot postda 🎚O'zbekiston Milliy kutubxonasining 2026-yil mart oyi uchun foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatish ko'rsatkichlari ma'lumotlari e'lon qilindi batafsil
🎚Kutubxonamizda “Bolalar kitoblarining sehrli kamalagi” deb nomlangan kitoblar ko‘rgazmasi ochildi batafsil
🎚Ilmiy-metodik xizmati tomonidan navbatdagi metodik mashg'ulot tashkil etildi batafsil

O'zbekiston Milliy kutubxonasi bilan bog'liq kunlik ma'lumotlardan xabardor bo'lish uchun rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥53👏2🤩1💯1
YOSH YOZUVCHILAR UCHUN KATTA IMKONIYAT!

Sizning mehnatingiz va iste’dodingiz munosib qadrlanish vaqti keldi! Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish jamg‘armasi yosh iqtidorli yozuvchilar uchun maxsus tanlov e’lon qiladi.

Biz sizga shunchaki tanlov emas, balki professional o‘sish uchun ajoyib imkoniyat taklif etamiz.

Eng kuchli 10 nafar g‘olib davlat grantiga ega bo‘ladi, moliyaviy qo‘llab-quvvatlanadi hamda ularning asarlari mualliflik huquqi saqlangan holda kamida 3000 nusxada chop etilib, keng miqyosda targ‘ib qilinadi.

Arizalar 8-apreldan 5-mayga qadar quyidagi havola orqali hamda Yoshlar ishlari agentligining hududiy boshqarmalarida qabul qilinadi.

👉 Ariza yuborish

Tanlov nizomi bilan ushbu havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin.

@kitobxonlikkengashi
👍53🔥1
2026-yil 6-aprel kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Ma’naviyati yuksak faylasuf” deb nomlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbir O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, Beruniy nomidagi Davlat mukofoti sovrindori, falsafa fanlari doktori, professor Omonulla Fayzullayevning 105 yilligiga bag‘ishlandi.
O‘zbek falsafasi va sharqshunosligi rivojiga katta hissa qo‘shgan taniqli olim, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, Beruniy nomidagi Davlat mukofoti laureati, falsafa fanlari doktori va professor Omonulla Fayzullayev o‘z ilmiy faoliyatini Abu Rayhon Beruniy ilmiy merosini, uning falsafiy qarashlarini tadqiq etishga bag‘ishladi.

U asosan sharq falsafasi, mantiq, tabiiy fanlar falsafasi va Beruniy asarlari tarjimasi bilan shug‘ullangan. Uning ilmiy izlanishlari qadimgi va o‘rta asrlar falsafiy tafakkurini yoritishga qaratilgan edi. Bunga olimning Beruniy falsafiy qarashlari mohiyatini ochib beruvchi ko‘plab ilmiy maqolalari yaqqol misoldir.
Omonulla Fayzullayev Beruniyning "Hindiston", "Qonuni Mas'udiy" kabi fundamental asarlarini chuqur o‘rganib, o‘zbek tiliga tarjima qilishda faol ishtirok etgan.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, Beruniy nomidagi Davlat mukofoti sovrindori, falsafa fanlari doktori, professor Omonulla Fayzullayevning ilmiy asarlari hozirgi kunda ham falsafa va tarix fanlari bo‘yicha muhim manba hisoblanib, yosh tadqiqodchilarga ilmiy izlanishlarda qo‘l kelmoqda.
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
6👍6🔥4👏1🤩1😍1
2026-yil 7-aprel kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekistonda ShHT Xalq diplomatiyasi markazi bilan hamkorlikda o‘zbek, rus, ingliz va xitoy tillarida nashr etilgan “Xalq diplomatiyasi: tinchlik sari birgalikda qadam” nomli yangi kitobning taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi.

Taqdimot marosimida davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, diplomatik korpus a'zolari, hamkor tashkilotlar ekspertlari, olimlar, tadqiqotchilar, yoshlar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdilar.

Kitobning dolzarbligi, uning xalq diplomatiyasini rivojlantirish, davlatlar o‘rtasida ishonch muhitini mustahkamlash va barqaror tinchlikni ta'minlashdagi o‘rnini e'tirof etdi, Milliy kutubxona direktori Umida Alimjanovna.


Jumladan, Markaz rahbari Qobiljon Sobirov o‘z nutqida mazkur kitobning yaratilishi g‘oyasi, uning ahamiyati, kitobda xalq diplomatiyasining zamonaviy xalqaro munosabatlar tizimidagi roli, davlatlar o‘rtasida o‘zaro ishonch va hamkorlikni mustahkamlashdagi ahamiyati chuqur yoritilganini ta'kidladi.

Nashrda xalq diplomatiyasining nazariy asoslari, uning zamonaviy xalqaro munosabatlar tizimidagi o‘rni va ahamiyati chuqur tahlil qilingan. Xususan, kitobda xalq diplomatiyasining mazmun-mohiyati, Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasida mustaqil institut sifatida shakllanish bosqichlari, shuningdek, ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan loyihalar, amaliy tashabbuslar hamda ustuvor yo‘nalishlar atroflicha yoritilgan. Shu bilan birga, madaniy-gumanitar hamkorlik, ta'lim, turizm va jamoatchilik aloqalari orqali xalqlar o‘rtasida o‘zaro ishonchni mustahkamlash masalalariga alohida e'tibor qaratilgan.


Mazkur kitob keng kitobxonlar ommasi, tadqiqotchilar, ekspertlar va xalqaro munosabatlar sohasi mutaxassislari uchun mo‘ljallangan.

Taqdimot yakunida ishtirokchilar kitob bilan yaqindan tanishish, mualliflar bilan muloqot qilish hamda fikr almashish imkoniga ega bo‘ldilar.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
👍64🔥2👏2🎉1🤩1😍1