✅ 2026-yil 2-aprel kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi “Istiqbol” zalida Xalqaro bolalar kitobi kuniga bag‘ishlangan “Bolalar kitoblarining sehrli kamalagi” deb nomlangan kitoblar ko‘rgazmasi ochildi
📚Xalqaro bolalar kitoblari kuni 1967-yildan buyon nishonlanib kelinmoqda.
📚 Bayram maqsadi – bolalarni kichik yoshdan mutolaaga o‘rgatish va bu bilan insonning ma'naviy va intellektual shakllanishida kitobning rolini bolalar kitoblari rolini targ‘ib etish.
📚 Ko‘rgazmada kutubxona fondida saqlanuvchi va kichik kitobxonlar tomonidan sevib o‘qiluvchi kitoblar o‘rin olgan. Ko‘rgazmaga tashrif buyuruvchilar hukmiga o‘zbek, rus va inliz tillaridagi badiiy, ensiklopedik, sarguzasht kitoblari, xalq ertaklari to‘plamlari va bolalar sevimli yozuvchi va shoirlarining hikoya va she'rlari havola etilgan.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l Instagram l YouTube l Facebook l Twitter l Website
👍17❤4😍2🔥1🎉1
Joriy yilning 3-aprel kuni navbatdagi metodik mashg‘ulot onlayn va oflayn shaklda bo'lib o'tdi.
Xususan, mavjud muammolarning kelib chiqish sabablari tahlil qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy yechimlar hamda samarali tashkil etish yuzasidan metodik tavsiyalar berildi.
Mashg‘ulot savol-javoblar asosida, interaktiv va juda qizg‘in ruhda o‘tkazildi. Unda respublika bo‘ylab 400 dan ziyod axborot-kutubxona sohasi mutaxassislari onlayn tarzda faol ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar oldilar.
Mazkur mashg‘ulot “Axborot-kutubxona fondini hisobdan chiqarishdagi muammolar va yechimlar” mavzusiga bag‘ishlanib, unda axborot-kutubxona fondlarini hisobdan chiqarish jarayonida yuzaga keladigan dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilindi.
Xususan, mavjud muammolarning kelib chiqish sabablari tahlil qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy yechimlar hamda samarali tashkil etish yuzasidan metodik tavsiyalar berildi.
Darsni Umumiy fondlarni saqlash xizmati rahbari M. Mirxodjayeva hamda Qo‘lyozmalar, noyob va alohida qiymatga ega nashrlar xizmati rahbari A. Qilichboyev olib bordi.
Mashg‘ulot savol-javoblar asosida, interaktiv va juda qizg‘in ruhda o‘tkazildi. Unda respublika bo‘ylab 400 dan ziyod axborot-kutubxona sohasi mutaxassislari onlayn tarzda faol ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar oldilar.
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l Instagram l YouTube l Facebook l Twitter l Website
👍14❤4🔥4💯3👏2👌2
O'zbekiston Milliy kutubxonasining rasmiy sahifalarida bu hafta nimalarni yoritdik ro'yhat bilan tanishing
🎚 #Kutubxona_OAV_nigohida
🎚 O'zbekiston Milliy kutubxonasida Mediasavodxonlikni oshirish bo'yicha trening bo'lib o'tdi batafsil
🎚 Quiz testlarni kitobxonlar e'tiboriga havola etdik batafsil
🎚 #Kutubxona_OAV_nigohida kutubxonada bo'lib o'tgan tadbirlarni ko'rishingiz mumkin batafsil
🎚 #Dunyo_tarix_zarvaraqlarida heshtegi asosida BODMER KUTUBXONASI haqida batafsil
🎚 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Sumalak sayli o'tkazildi batafsil
🎚 Baxtiyor To‘rayevning “Falsafa tarixi: maqolalar to‘plami” kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi
🎚 Kitobxonlarimiz tomonidan eng ko'p so'ralgan kitoblarning ro'yhatini #TOP10 orqali ko'rishingiz mumkin batafsil postda 🎚 Namangan viloyat axborot-kutubxona markaziga yangi rahbar tayinlandi batafsil ma'lumot postda 🎚 O'zbekiston Milliy kutubxonasining 2026-yil mart oyi uchun foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatish ko'rsatkichlari ma'lumotlari e'lon qilindi batafsil
🎚 Kutubxonamizda “Bolalar kitoblarining sehrli kamalagi” deb nomlangan kitoblar ko‘rgazmasi ochildi batafsil
🎚 Ilmiy-metodik xizmati tomonidan navbatdagi metodik mashg'ulot tashkil etildi batafsil
O'zbekiston Milliy kutubxonasi bilan bog'liq kunlik ma'lumotlardan xabardor bo'lish uchun rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling
Telegram l Instagram l YouTube l Facebook l Twitter l Website
O'zbekiston Milliy kutubxonasi bilan bog'liq kunlik ma'lumotlardan xabardor bo'lish uchun rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling
Telegram l Instagram l YouTube l Facebook l Twitter l Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥5❤3👏2🤩1💯1
Forwarded from Kitobxonlik jamg‘armasi
YOSH YOZUVCHILAR UCHUN KATTA IMKONIYAT!
Sizning mehnatingiz va iste’dodingiz munosib qadrlanish vaqti keldi! Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish jamg‘armasi yosh iqtidorli yozuvchilar uchun maxsus tanlov e’lon qiladi.
Biz sizga shunchaki tanlov emas, balki professional o‘sish uchun ajoyib imkoniyat taklif etamiz.
Eng kuchli 10 nafar g‘olib davlat grantiga ega bo‘ladi, moliyaviy qo‘llab-quvvatlanadi hamda ularning asarlari mualliflik huquqi saqlangan holda kamida 3000 nusxada chop etilib, keng miqyosda targ‘ib qilinadi.
Arizalar 8-apreldan 5-mayga qadar quyidagi havola orqali hamda Yoshlar ishlari agentligining hududiy boshqarmalarida qabul qilinadi.
👉 Ariza yuborish
Tanlov nizomi bilan ushbu havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin.
@kitobxonlikkengashi

👍5❤3🔥1
2026-yil 6-aprel kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Ma’naviyati yuksak faylasuf” deb nomlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbir O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, Beruniy nomidagi Davlat mukofoti sovrindori, falsafa fanlari doktori, professor Omonulla Fayzullayevning 105 yilligiga bag‘ishlandi.
U asosan sharq falsafasi, mantiq, tabiiy fanlar falsafasi va Beruniy asarlari tarjimasi bilan shug‘ullangan. Uning ilmiy izlanishlari qadimgi va o‘rta asrlar falsafiy tafakkurini yoritishga qaratilgan edi. Bunga olimning Beruniy falsafiy qarashlari mohiyatini ochib beruvchi ko‘plab ilmiy maqolalari yaqqol misoldir.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, Beruniy nomidagi Davlat mukofoti sovrindori, falsafa fanlari doktori, professor Omonulla Fayzullayevning ilmiy asarlari hozirgi kunda ham falsafa va tarix fanlari bo‘yicha muhim manba hisoblanib, yosh tadqiqodchilarga ilmiy izlanishlarda qo‘l kelmoqda.
O‘zbek falsafasi va sharqshunosligi rivojiga katta hissa qo‘shgan taniqli olim, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, Beruniy nomidagi Davlat mukofoti laureati, falsafa fanlari doktori va professor Omonulla Fayzullayev o‘z ilmiy faoliyatini Abu Rayhon Beruniy ilmiy merosini, uning falsafiy qarashlarini tadqiq etishga bag‘ishladi.
U asosan sharq falsafasi, mantiq, tabiiy fanlar falsafasi va Beruniy asarlari tarjimasi bilan shug‘ullangan. Uning ilmiy izlanishlari qadimgi va o‘rta asrlar falsafiy tafakkurini yoritishga qaratilgan edi. Bunga olimning Beruniy falsafiy qarashlari mohiyatini ochib beruvchi ko‘plab ilmiy maqolalari yaqqol misoldir.
Omonulla Fayzullayev Beruniyning "Hindiston", "Qonuni Mas'udiy" kabi fundamental asarlarini chuqur o‘rganib, o‘zbek tiliga tarjima qilishda faol ishtirok etgan.

❤7👍6🔥4👏1🤩1😍1