Milliy kutubxona | Rasmiy
9.75K subscribers
12.9K photos
1.93K videos
467 files
6.4K links
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining telegramdagi rasmiy sahifasi

Bizni ijtimoiy tarmoqdagi boshqa sahifalarimizni ham kuzatib boring 👉 https://natlib.taplink.ws

Murojaat uchun: @infonatlib_bot
Download Telegram
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Sumalak sayli

2026-yil 31-mart kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi jamoasi tabiatning uyg‘onishi, go‘zallik va yasharish bayrami - Navro‘zni zo‘r shodiyona bilan nishonladi.
Unga barcha viloyat axborot-kutubxona markazlari rahbarlari, uzoq yillar davomida kutubxonalarda faoliyat olib borgan faxriylar hamda kutubxona bilan hamkorlik qilib kelayotgan vazirlik va idoralar vakillari taklif etildilar.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori Umida Teshabayeva Navro‘z bayramining mamlakatimizda nishonlanish ko‘lami haqida so‘zladi va barchani munavvar ayyom bilan qutladi. “Bu umuxalq bayrami xalqimiz qalbida ezgulik, mehr-oqibat, insoniylik tuyg‘ularini uyg‘otuvchi asl milliy bayram hisoblanadi. Bahoriy bayram sururi barchamizni yaxshi niyatlar, ezguliklar sari undayversin. Xalq farovonligi, Vatan ravnaqi yo‘lida olib borayotgan ishlaringizda ijodiy barkamollik tilaymiz!”
Bayram dasturidan samimiy tabriklar, she’rlar, kuy va qo‘shiqlar joy olgan bo‘lsa, milliy taomlar bilan bezatilgan dasturxonlar tadbir ko‘rkiga ko‘rk qo‘shdi.

Tadbir doirasida bayramning asosiy taomi, Navro‘z kelinchagi bo‘lmish sumalak tayyorlandi va barchaga tortiq etildi.
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
👍16🔥75🎉5💯2🥰1👏1😍1
2026-yil 1-aprel kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida falsafa fanlari doktori, professor Baxtiyor To‘rayevning “Falsafa tarixi: maqolalar to‘plami” kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Unda yurtimizning ilm-fan namoyandalari, tarixchi va faylasuf olimlar, Oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etdilar.

Bilamizki, falsafa insoniyat tafakkuri, ma'naviy tajribasi va aqliy kamolot yo‘lining uzluksiz rivojlanishini o‘rganadi. Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktorining bosh maslahatchisi, Turon Fanlar Akademiyasining akademigi, falsafa fanlari doktori, professor Baxtiyor Turaevning "Tanlangan asarlar" kitobi 5-jildi "Falsafa tarixi: maqolalar to‘plami" deb nomlanib, u falsafiy merosni o‘rganish, talqin qilish va targ‘ib etishga bag‘ishlangan.To‘plamdan o‘rin olgan materiallar mazmuni shuni ko‘rsatadiki, muallif falsafa tarixini faqat bir mintaqa yoki bir an'ana doirasida emas, balki keng sivilizasion jarayon sifatida anglashga intiladi.
Muallif “Falsafa tarixi” kitobida falsafiy merosimizni munosib o‘rinda ko‘rsatib, uning jahon sivilizasiyasiga qo‘shgan hissasini dalillar asosida yoritishga harakat qilgan. U falsafa tarixi masalalariga murojaat qilib, ilmiy meros va ma'naviy qadriyatlarni zamonaviy tahlil usullari bilan uyg‘unlashtirishga intilmoqda. Ma'naviy merosni o‘rganish uning mohiyatini, inson kamoloti va jamiyat taraqqiyotidagi o‘rnini falsafiy idrok etishni bildiradi.

"Tanlangan asarlar"ning mazkur jildi falsafa tarixi bo‘yicha bilimlarni tizimli ravishda boyitadi, o‘quvchida keng dunyoqarash va tahliliy tafakkurni shakllantiradi, milliy va umuminsoniy ma'naviy merosning uyg‘unligiga tayangan holda fikr yuritish madaniyatini mustahkamlaydi.
To‘plam ta'lim jarayoni uchun ham amaliy qiymatidga egadir.
Nashr nafaqat nazariy mulohazalar majmui, balki ta'lim-tarbiya jarayoniga ham bevosita xizmat qiladi.To‘plamdan joy olgan maqolalardan ma'ruzalarda, seminar mashg‘ulotlarida, mustaqil ta'lim jarayonida, shuningdek, keng kitobxonlar auditoriyasida foydalanish mumkin.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
👍12🔥3👌21👏1
#TOP10

📚 Milliy kutubxonaning Dispetcherlik xizmati va Adabiyotlarni berish kafedrasi tomonidan 2026-yil mart oyida kitobxonlar orasida eng ko‘p foydalanilgan adabiyotlar TOP–10 taligi shakillantirildi.
1. Den Braun: Raqamli qal'a
2. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Baxtiyor oila
3. Abu Rayhon Beruniy: Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar
4. Farididdin-Attor: Tazkiratul-avliyo
5. Matyoqub Qo‘shjonov: Diydor
6. Robert Chaldini: Ta'sir psixologiyasi
7. Jorj Oruell: Molxona
8. Fyodor Dostoyevskiy: Jinoyat va jazo
9. Suqrot: Shoh Edip
10. Mahmud Qoshg'ariy: Devonu lug'ati-t-turk


Reyting kitobxonlar murojaatlari va foydalanish faolligi asosida tuzildi. Ushbu ro‘yxat eng ommabop, qiziqarli va foydali kitoblarni o‘zida mujassam qildi.
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
6🔥6👍4👏2🎉2
Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasi Ilmiy-metodik xizmati tomonidan tashkil etib kelinayotgan metodik mashg'ulotlar o'z faoliyati davom ettiradi.

Navbatdagi metodik mashg'ulot 3-aprel kuni soat 10:30 da onlayn va oflayn tarzda bo'lib o'tadi.

Mashg'ulot “Axborot-kutubxona fondini hisobdan chiqarishdagi muammolar va yechimlar” mavzusida bo‘lib, unda axborot-kutubxona fondlarini hisobdan chiqarish jarayonida uchraydigan muammolar, ularning sabablari hamda amaliy yechimlari muhokama qilinadi.

Shuningdek, ushbu jarayonni samarali tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar beriladi. Mashg‘ulotni Umumiy fondlarni saqlash xizmati rahbari M. Mirxodjayeva olib boradi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar) axborot-kutubxona markazlari:👩‍💻Mashg‘ulotni onlayn — ZOOM platformasi orqali kuzatish uchun link: https://us06web.zoom.us/j/82198063690?pwd=ysK4LUSiUmNm0NGbHFA74qUAhof2q5.1
Mashg‘ulot identifikatori: 821 9806 3690
Kirish kodi: 102783

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥32👏1🎉1🤩1😍1
📚 Namangan viloyati axborot-kutubxona markaziga yangi rahbar tayinlandi

Namangan viloyati axborot-kutubxona markaziga yangi rahbar tayinlanishi munosabati bilan yig‘ilish tashkil etildi. Unda O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktor o‘rinbosari Nasiba Xoldorova hamda Respublika axborot-kutubxona markazi rahbari Asqar G‘aziyev ishtirok etdi.

Tadbirda so‘zga chiqqan mas’ullar tomonidan axborot-kutubxona tizimini rivojlantirish, aholiga sifatli xizmat ko‘rsatishni yanada yaxshilash hamda sohada olib borilayotgan islohotlarni izchil davom ettirish yuzasidan muhim vazifalar belgilab berildi. Shuningdek, yangi rahbar zimmasiga markaz faoliyatini samarali tashkil etish, zamonaviy yondashuvlarni keng joriy etish hamda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha mas’uliyatli vazifalar yuklatildi.

Xakimova Dilfuza Botiraliyevna bugundan e’tiboran Namangan viloyati axborot-kutubxona markazi direktori lavozimiga tayinlandi.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8👍6🔥3👏2