Milliy kutubxona | Rasmiy
9.74K subscribers
12.9K photos
1.92K videos
467 files
6.4K links
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining telegramdagi rasmiy sahifasi

Bizni ijtimoiy tarmoqdagi boshqa sahifalarimizni ham kuzatib boring 👉 https://natlib.taplink.ws

Murojaat uchun: @infonatlib_bot
Download Telegram
Joriy yilning 26-mart kuni O'zbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qilish akademiyasi talaba va ilmiy xodimlari uchun O‘zbekiston Milliy kutubxonasi Xalqaro aloqalarni tashkil etish xizmati mutaxassisi H.Boysunova tomonidan xorijiy ilmiy-ta’limiy bazalar haqida seminar-trening o‘tkazildi.

📌Seminarda O‘zbekiston Milliy kutubxonasining EBSCO Information services, ProQuest Dissertations & Theses, PressReader, EastView, EBS Znanium, Web of Science Core Collection, Springer Nature hamda EIFL xalqaro konsorsiumining elektron bazalari haqida ma’lumot berildi.


📌Shuningdek, mazkur bazalardan foydalanish, platforma bilan ishlashning samarali usullari, to‘liq matnli resurslarni yuklash, ilmiy ma’lumotlar qidirish, ta’lim va ilmiy-tadqiqot faoliyati uchun platforma imkoniyatlari bilan tanishtirish kabi mavzularda batafsil ma’lumot berildi.
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥32🎉1😍1💯1
2026-yil 27-mart kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov xotirasiga bag‘ishlangan “El ardog‘idagi shoir” nomli xotira kechasi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda taniqli adiblar, san’atkorlar, adabiyotshunos va tarixshunos olimlar, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti professor-o‘qituvchilari va talabalari hamda kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar.

Xotira kechasi avvalida Abdulla Oripovning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan, unda zamondoshlarining fikrlari va shoir ijodidan namunalar jamlangan hujjatli film namoyish etildi.


Tadbirni ochib berar ekan, kutubxona direktori Umida Teshabaeva Abdulla Oripov fenomeni, uning ibratli hayoti, sermahsul ijodi va kitobxonlar qalbidan chuqur o‘rin olgan asarlari haqida alohida to‘xtalib o‘tdi. U o‘z so‘zida shunday dedi:
“Uning asarlarida hayot va odamlar, jamiyat va tabiat haqidagi badiiy talqin uyg‘unlashgan bo‘lib, bu shoirning yuksak kamolotidan dalolat beradi. Abdulla Oripov qaysi mavzuda qalam tebratmasin — lirik qahramon yaratadimi, Vatan haqida kuylaydimi yoki inson va olam haqida fikr yuritadimi — har doim hayot haqiqatiga sodiq qoladi.”

So‘zga chiqqanlar Abdulla Oripovning noyob iste’dod sohibi ekanini, uning she’riyati chuqur falsafiylik, milliy g‘urur, isyonkor ruh hamda diniy-axloqiy teranlik bilan sug‘orilganini alohida ta’kidladilar. Shuningdek, shoir ijodi o‘zbek xalqining milliy uyg‘onish jarayonida muhim o‘rin tutgani qayd etildi. Tadbir davomida ishtirokchilar shoirning she’rlaridan namunalar o‘qib, ularning mazmun-mohiyatini talqin etdilar.

Mazkur xotira kechasida shoirning qizi Shoira Oripova ham ishtirok etib, otasining bolalik va ijodiy hayotiga oid iliq xotiralari bilan o‘rtoqlashdi hamda kutubxona direktori Umida Teshabaevaga Abdulla Oripov nomidagi ko‘krak nishonini topshirdi. Tadbirga taniqli san’atkor Munojat Yo‘lchiyevaning tashrifi esa kechaga o‘zgacha ruh bag‘ishladi.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
7👏5🔥1🤩1💯1
2026-yil 27–29-mart kunlari Ankara shahrida bo‘lib o‘tayotgan Turkiy dunyo nashriyotlari qurultoyida O‘zbekiston vakillari ham faol ishtirok etmoqda.

Jumladan, Respublika axborot-kutubxona markazi rahbari Asqar Gaziyev hamda O‘zbekiston Milliy kutubxonasi mutaxassisi Gulbahor Raxmedova ushbu nufuzli xalqaro anjumanda qatnashmoqda.


Mazkur kongress Turkiya Madaniyat va turizm vazirligi huzuridagi Kutubxonalar va nashriyotlar bosh boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, turkiy tilli davlatlar nashriyotlari, kutubxonalar, ilmiy markazlar va matbaa sohasi mutaxassislarini bir platformaga jamlaydi.

Kongressning asosiy maqsadi — nashriyotchilik sohasida tajriba almashish, o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish hamda turkiy xalqlarning boy madaniy merosini keng targ‘ib qilishdan iborat.

Tadbir doirasida quyidagi muhim yo‘nalishlar muhokama qilinmoqda:
turkiy davlatlar o‘rtasida nashriyot hamkorligi, ISBN, ISSN kabi xalqaro standartlar, elektron nashrlar va raqamlashtirish, tarjima, kitob savdosi va marketing, yosh nashriyotchilarni qo‘llab-quvvatlash


Ushbu kongress turkiy davlatlar o‘rtasida ilmiy va madaniy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi. Shuningdek, u kitob nashr etish sohasida yagona standartlarni shakllantirish, mualliflar, nashriyotlar va kutubxonalar o‘rtasida yangi loyihalar yuzaga kelishiga muhim turtki beradi.


📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
👍8🔥51👏1🤩1😍1