2) Ibn Sinoning “Tib qonunlari” asari qaysi jihati bilan Yevropa ilm-faniga ta’sir ko‘rsatgan?
Anonymous Quiz
5%
A) Faqat diniy qarashlarni bayon qilgani bilan
84%
B) Tajribaviy va nazariy tibbiyotni tizimlashtirgani bilan
8%
C) Astronomik kuzatishlar bilan
4%
D) Adabiy uslubi bilan
👍12❤3🔥2🥰2💯2👏1🎉1👌1
3) Jadidchilik harakati ma’naviy-ma’rifiy jihatdan nimani maqsad qilgan?
Anonymous Quiz
9%
A) Eski maktab tizimini saqlash
5%
B) Diniy ta’limni bekor qilish
82%
C) Zamonaviy fan asosida milliy uyg‘onishni ta’minlash
4%
D) Siyosiy hokimiyatni egallash
👍22❤7💯4🔥3👏2🎉2🤩1
— Nechta savolga to‘g‘ri javob topdingiz?
Bitta bo‘lsa - ❤️
Ikkita bo‘lsa - 🔥
Uchta bo‘lsa - 👍
Reaksiyalar orqali javob bering :)
Bitta bo‘lsa - ❤️
Ikkita bo‘lsa - 🔥
Uchta bo‘lsa - 👍
Reaksiyalar orqali javob bering :)
👍122🔥45❤15💯6👌1😍1
O‘zbekiston Milliy kutubxonasining “O‘zbekiston” zalida Shoir Miraziz A‘zam tavalludining 90 yilligi munosabati bilan “Yashagim keladi O‘zbekistonda” deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazma qo‘yildi
Toshkent Davlat universitetini tugatgach, Miraziz A'zam Toshkent telestudiyasida, “G‘uncha” bolalar jurnalida, so‘ngra nashriyotlarda muharrir bo‘lib ishlagan. Ko‘p yillar O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida maslahatchi, boshqaruv kotibi vazifasini bajargan.
Keyinchalik bolalar uchun “Aqlli bolalar”, “Senga nima bo‘ldi”, “Bir cho‘ntak yong‘oq” kabi qator she'riy to‘plamlari bosilib chiqdi. Shoir o‘z she'rlari orqali bolalar qalbini, tuyg‘ularini tasvirlashga, olamni, odamni bilishga, yaxshilik bilan yomonlikni farqlashga, halol va pokiza mehnatni ulug‘lashga intilib keldi. Miraziz A'zamning “Sevaman”, “Tuyg‘ular”, “Sabot” kabi to‘plamlaridagi ko‘pchilik she'rlar o‘zining hayotiyligi va jozibaliligi bilan o‘quvchi qalbini zabt etgan.
Ko‘rgazmadan shoirning turli yillarda nashr etilgan “Imon asoslari”, “Bir cho‘ntak yong‘oq”, “Buyuklar muhabbati”, “Er aylanadi”, “Erga dovrug‘ solamiz”, “Sabot”, “Senga nima bo‘ldi?”, “Tuyg‘ular”, “Haqiqatning ko‘zlari”, “Mahalla qahvaxonasi”, “Hozirgi zamon turk she'riyati” kitoblari o‘rin olgan.
Ko‘rgazmada shoirning ijodi haqida hikoya qiluvchi kitoblar,kattalar va bolalar uchun yozilgan she'rlari, tarjimalari va publisistik asarlari namunalari joy olgan.
Toshkent Davlat universitetini tugatgach, Miraziz A'zam Toshkent telestudiyasida, “G‘uncha” bolalar jurnalida, so‘ngra nashriyotlarda muharrir bo‘lib ishlagan. Ko‘p yillar O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida maslahatchi, boshqaruv kotibi vazifasini bajargan.
Miraziz A'zamning ijodiy faoliyati talabalik yillarida boshlangan. Uning birinchi she'ri 1960-yilda, “Metallurg” deb nomlangan birinchi she'riy to‘plami esa 1964-yilda chop etilgan.
Keyinchalik bolalar uchun “Aqlli bolalar”, “Senga nima bo‘ldi”, “Bir cho‘ntak yong‘oq” kabi qator she'riy to‘plamlari bosilib chiqdi. Shoir o‘z she'rlari orqali bolalar qalbini, tuyg‘ularini tasvirlashga, olamni, odamni bilishga, yaxshilik bilan yomonlikni farqlashga, halol va pokiza mehnatni ulug‘lashga intilib keldi. Miraziz A'zamning “Sevaman”, “Tuyg‘ular”, “Sabot” kabi to‘plamlaridagi ko‘pchilik she'rlar o‘zining hayotiyligi va jozibaliligi bilan o‘quvchi qalbini zabt etgan.
U haroratli, shijoatli publisist hamdir. Uning madaniy-adabiy merosni ko‘z qorachig‘idek asrashga da'vat etuvchi bir qator maqolalari mavjud. Uning turk, rus, nemis adiblaridan qilgan, ayniqsa, islom madaniyatiga oid tarjimalari kitobxonlar tomonidan sevib o‘qiladi.
Ko‘rgazmadan shoirning turli yillarda nashr etilgan “Imon asoslari”, “Bir cho‘ntak yong‘oq”, “Buyuklar muhabbati”, “Er aylanadi”, “Erga dovrug‘ solamiz”, “Sabot”, “Senga nima bo‘ldi?”, “Tuyg‘ular”, “Haqiqatning ko‘zlari”, “Mahalla qahvaxonasi”, “Hozirgi zamon turk she'riyati” kitoblari o‘rin olgan.
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l Instagram l YouTube l Facebook l Twitter l Website
👍7👏4🔥2🤩2❤1😍1
📚 “Teatr – maʼnaviyat va tarbiya maskani” deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazmada milliy va jahon teatr san'ati, uning fidoiy namoyondalari va bu sohaning o‘ziga xosliklari haqida hikoya qiluvchi kitoblar, rasmlar, gazeta va jurnallar o‘rin olgan. Unda ham o‘zbek, ham chet el teatr san'ati tarixi haqida hikoya qiluvchi nashrlar, teatr klassikasi asarlari, mashhur teatr aktyorlari, teatr rejissyorlari bilan tanishtiruvchi kitoblar, nafaqat o‘zbek, balki jahon teatr madaniyatining badiiy yutuqlari bilan tanishtiruvchi kitoblar namoyish etilmoqda.
📚 Teatr kuni butun dunyo bo‘ylab nishonlanadigan chegara bilmaydigan bayram bo‘lib, u nafaqat sahna ustalari, balki millionlab sodiq tomoshabinlar uchun ham katta bayramdir. Ushbu bayramga bag‘ishlangan kitob ko‘rgazmasi kutubxona foydalanuvchilarini teatr san'atining atoqli namoyandalari bilan tanishtiradi va kitbxonlarga taniqli rejissyorlar va aktyorlar ijodi haqida ko‘p narsalarni bilib olish imkonini beradi. Ko‘rgazmada taqdim etilgan kitoblar san'atshunoslar, teatr tanqidchilari, teatr ixlosmandlari va barcha kitobsevarlarda katta qiziqish uyg‘otishiga ishonamiz.
📚 “Teatr – maʼnaviyat va tarbiya maskani” deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazmaga tashrif buyurgan kutubxona foydalanuvchilari teatr sahnasi parda ortiga nazar tashlab, sahna bezaklari texnikasi, teatr butaforiya va rekvizitlari san'ati, shuningdek teatr estetikasi me'yorlari haqida ko‘p qiziqarli ma'lumotga ega bo‘ladilar.
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l Instagram l YouTube l Facebook l Twitter l Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8🔥5❤3🎉2😍2💯1
Joriy yilning 26-mart kuni O'zbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qilish akademiyasi talaba va ilmiy xodimlari uchun O‘zbekiston Milliy kutubxonasi Xalqaro aloqalarni tashkil etish xizmati mutaxassisi H.Boysunova tomonidan xorijiy ilmiy-ta’limiy bazalar haqida seminar-trening o‘tkazildi.
📌 Shuningdek, mazkur bazalardan foydalanish, platforma bilan ishlashning samarali usullari, to‘liq matnli resurslarni yuklash, ilmiy ma’lumotlar qidirish, ta’lim va ilmiy-tadqiqot faoliyati uchun platforma imkoniyatlari bilan tanishtirish kabi mavzularda batafsil ma’lumot berildi.
📌 Seminarda O‘zbekiston Milliy kutubxonasining EBSCO Information services, ProQuest Dissertations & Theses, PressReader, EastView, EBS Znanium, Web of Science Core Collection, Springer Nature hamda EIFL xalqaro konsorsiumining elektron bazalari haqida ma’lumot berildi.
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l Instagram l YouTube l Facebook l Twitter l Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥3❤2🎉1😍1💯1
2026-yil 27-mart kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov xotirasiga bag‘ishlangan “El ardog‘idagi shoir” nomli xotira kechasi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda taniqli adiblar, san’atkorlar, adabiyotshunos va tarixshunos olimlar, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti professor-o‘qituvchilari va talabalari hamda kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar.
Tadbirni ochib berar ekan, kutubxona direktori Umida Teshabaeva Abdulla Oripov fenomeni, uning ibratli hayoti, sermahsul ijodi va kitobxonlar qalbidan chuqur o‘rin olgan asarlari haqida alohida to‘xtalib o‘tdi. U o‘z so‘zida shunday dedi:
“Uning asarlarida hayot va odamlar, jamiyat va tabiat haqidagi badiiy talqin uyg‘unlashgan bo‘lib, bu shoirning yuksak kamolotidan dalolat beradi. Abdulla Oripov qaysi mavzuda qalam tebratmasin — lirik qahramon yaratadimi, Vatan haqida kuylaydimi yoki inson va olam haqida fikr yuritadimi — har doim hayot haqiqatiga sodiq qoladi.”
Mazkur xotira kechasida shoirning qizi Shoira Oripova ham ishtirok etib, otasining bolalik va ijodiy hayotiga oid iliq xotiralari bilan o‘rtoqlashdi hamda kutubxona direktori Umida Teshabaevaga Abdulla Oripov nomidagi ko‘krak nishonini topshirdi. Tadbirga taniqli san’atkor Munojat Yo‘lchiyevaning tashrifi esa kechaga o‘zgacha ruh bag‘ishladi.

Xotira kechasi avvalida Abdulla Oripovning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan, unda zamondoshlarining fikrlari va shoir ijodidan namunalar jamlangan hujjatli film namoyish etildi.
Tadbirni ochib berar ekan, kutubxona direktori Umida Teshabaeva Abdulla Oripov fenomeni, uning ibratli hayoti, sermahsul ijodi va kitobxonlar qalbidan chuqur o‘rin olgan asarlari haqida alohida to‘xtalib o‘tdi. U o‘z so‘zida shunday dedi:
“Uning asarlarida hayot va odamlar, jamiyat va tabiat haqidagi badiiy talqin uyg‘unlashgan bo‘lib, bu shoirning yuksak kamolotidan dalolat beradi. Abdulla Oripov qaysi mavzuda qalam tebratmasin — lirik qahramon yaratadimi, Vatan haqida kuylaydimi yoki inson va olam haqida fikr yuritadimi — har doim hayot haqiqatiga sodiq qoladi.”
So‘zga chiqqanlar Abdulla Oripovning noyob iste’dod sohibi ekanini, uning she’riyati chuqur falsafiylik, milliy g‘urur, isyonkor ruh hamda diniy-axloqiy teranlik bilan sug‘orilganini alohida ta’kidladilar. Shuningdek, shoir ijodi o‘zbek xalqining milliy uyg‘onish jarayonida muhim o‘rin tutgani qayd etildi. Tadbir davomida ishtirokchilar shoirning she’rlaridan namunalar o‘qib, ularning mazmun-mohiyatini talqin etdilar.

❤7👏5🔥1🤩1💯1