Milliy kutubxona | Rasmiy
9.67K subscribers
13K photos
1.93K videos
467 files
6.41K links
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining telegramdagi rasmiy sahifasi

Bizni ijtimoiy tarmoqdagi boshqa sahifalarimizni ham kuzatib boring 👉 https://natlib.taplink.ws

Murojaat uchun: @infonatlib_bot
Download Telegram
#nocomment
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
13👍11😍4🔥1🎉1🤩1
Quiz_test
Ma’naviyat_ziyosi
1. Imom al-Buxoriyning “Al-Jome’ as-Sahih” asari islom ilmida qaysi metodologik tamoyil bilan ajralib turadi?
Anonymous Quiz
9%
A) Faqat og‘zaki rivoyatlarga tayanishi
64%
B) Hadis roviylarini qat’iy tekshirish (isnod tanqidi)
14%
C) Falsafiy mushohada ustuvorligi
12%
D) Tarixiy voqealarni umumlashtirish
👍13👏54🔥2👌2😍2💯2🥰1
#sorovnoma

Aziz kitobxon!

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish va kutubxonamiz faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida sizdan ushbu so‘rovnomadan o‘tishingizni so‘raymiz.

Sizning fikringiz biz uchun muhim!

https://forms.gle/AhAJLTSZ35dkbDCr7

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
7👏5💯4😍2🤩1
O‘zbekistonlik kutubxona mutaxassisi “Libway-2026” Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida ishtirok etmoqda

Samarqand viloyati axborot-kutubxona markazi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmatining bosh mutaxassisi Akbar Karimov Novosibirsk shahrida Rossiya Fanlar akademiyasi Sibir filialining davlat jamoat ilmiy-texnik kutubxonasi tomonidan joriy yilning 23-26-mart kunlari bo‘lib o‘tayotgan “Fan, texnologiya va kutubxonalarda axborot (Libway-2026)” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida ishtirok etmoqda. Anjumanda, shuningdek, MDH va uzoq xorijiy mamlakatlardan kutubxonachilar, tarixchilar, kitobshunoslar, madaniyatshunos olimlar ishtirok etishmoqda.
Sho‘ba yig‘ilishlari davomida kutubxona muassasalari ishiga sun'iy intellektni joriy etish, ilmiy-texnik kutubxonalarni rivojlantirish, ochiq fan sohasidagi tadqiqotlar, ilmiy kommunikasiyalar, kitob madaniyati, kutubxona va axborot faoliyati sohasidagi dolzarb masalalarni muhokama qilish rejalashtirilgan.

Akbar Karimov konferensiya ishida o‘zining “Mintaqaviy darajada raqamli kutubxona infratuzilmasini rivojlantirish: muammolar va istiqbollar” mavzusidagi ma'ruzasini taqdim etdi.
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
👍13🔥5👏2🎉2🤩2😍21
👍123🔥3💯3👏1🎉1
2) Ibn Sinoning “Tib qonunlari” asari qaysi jihati bilan Yevropa ilm-faniga ta’sir ko‘rsatgan?
Anonymous Quiz
5%
A) Faqat diniy qarashlarni bayon qilgani bilan
84%
B) Tajribaviy va nazariy tibbiyotni tizimlashtirgani bilan
8%
C) Astronomik kuzatishlar bilan
4%
D) Adabiy uslubi bilan
👍123🔥2🥰2💯2👏1🎉1👌1
👍227💯4🔥3👏2🎉2🤩1
Nechta savolga to‘g‘ri javob topdingiz?

Bitta bo‘lsa - ❤️
Ikkita bo‘lsa - 🔥
Uchta bo‘lsa - 👍
Reaksiyalar orqali javob bering :)
👍123🔥4515💯6👌1😍1
O‘zbekiston Milliy kutubxonasining “O‘zbekiston” zalida Shoir Miraziz A‘zam tavalludining 90 yilligi munosabati bilan “Yashagim keladi O‘zbekistonda” deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazma qo‘yildi

Ko‘rgazmada shoirning ijodi haqida hikoya qiluvchi kitoblar,kattalar va bolalar uchun yozilgan she'rlari, tarjimalari va publisistik asarlari namunalari joy olgan.

Toshkent Davlat universitetini tugatgach, Miraziz A'zam Toshkent telestudiyasida, “G‘uncha” bolalar jurnalida, so‘ngra nashriyotlarda muharrir bo‘lib ishlagan. Ko‘p yillar O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida maslahatchi, boshqaruv kotibi vazifasini bajargan.
Miraziz A'zamning ijodiy faoliyati talabalik yillarida boshlangan. Uning birinchi she'ri 1960-yilda, “Metallurg” deb nomlangan birinchi she'riy to‘plami esa 1964-yilda chop etilgan.

Keyinchalik bolalar uchun “Aqlli bolalar”, “Senga nima bo‘ldi”, “Bir cho‘ntak yong‘oq” kabi qator she'riy to‘plamlari bosilib chiqdi. Shoir o‘z she'rlari orqali bolalar qalbini, tuyg‘ularini tasvirlashga, olamni, odamni bilishga, yaxshilik bilan yomonlikni farqlashga, halol va pokiza mehnatni ulug‘lashga intilib keldi. Miraziz A'zamning “Sevaman”, “Tuyg‘ular”, “Sabot” kabi to‘plamlaridagi ko‘pchilik she'rlar o‘zining hayotiyligi va jozibaliligi bilan o‘quvchi qalbini zabt etgan.
U haroratli, shijoatli publisist hamdir. Uning madaniy-adabiy merosni ko‘z qorachig‘idek asrashga da'vat etuvchi bir qator maqolalari mavjud. Uning turk, rus, nemis adiblaridan qilgan, ayniqsa, islom madaniyatiga oid tarjimalari kitobxonlar tomonidan sevib o‘qiladi.

Ko‘rgazmadan shoirning turli yillarda nashr etilgan “Imon asoslari”, “Bir cho‘ntak yong‘oq”, “Buyuklar muhabbati”, “Er aylanadi”, “Erga dovrug‘ solamiz”, “Sabot”, “Senga nima bo‘ldi?”, “Tuyg‘ular”, “Haqiqatning ko‘zlari”, “Mahalla qahvaxonasi”, “Hozirgi zamon turk she'riyati” kitoblari o‘rin olgan.
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
👍7👏4🔥2🤩21😍1