Milliy kutubxona | Rasmiy
9.75K subscribers
12.9K photos
1.93K videos
467 files
6.4K links
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining telegramdagi rasmiy sahifasi

Bizni ijtimoiy tarmoqdagi boshqa sahifalarimizni ham kuzatib boring 👉 https://natlib.taplink.ws

Murojaat uchun: @infonatlib_bot
Download Telegram
2026-yil 23-mart kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi “Ilm” zalida “Fidoyilik bilan yo‘g‘rilgan umr” nomli kitob-rasmli ko‘rgazma tashkil etildi.

Ko‘rgazma O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, davlat arbobi, “Shuhrat” va “Do‘stlik” medali sohibi Ahmadjon Meliboyevning tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda uning badiiy, publisistik va jurnalistika sohasiga oid kitoblari namoyish etildi.

Ahmadjon Meliboyevning publisistik ijodi, jurnalistik mahorati, pedagogik faoliyati va falsafiy qarashlari bilan tanishtiruvchi “Qabohat to‘ri”, “Suvora sog‘inchi”, “Uyg‘ur ertaklari”, “Umidli dunyo”, “Yolg‘iz yashab bo‘lmaydi”, “Torning cho'michdan farqi”, “Rizq daraxti”, “Safed bulon hikoyalari”, “O‘zingni o‘zing boshqar”, “Tojdor ajal hamlasi”, “Jurnalistika” kabi badiiy, ma'rifiy, publisistik va sohaga oid kitob va maqolalari kitobxonlar e'tiborini qozonib kelmoqda.


“Rizq daraxti” kitobidan joy olgan “Baliq falsafasi” hikoyasida muallifning hayotiy kuzatuvlari badiiy boy tarzda ifodalangan. Hikoyada jamiyatimizdagi ba'zi illatlar ustalik bilan tasvirlangan.

Ahmadjon Meliboyevning qissa hikoyalari, tahliliy maqola va badiiy esselari tilining jozibasi, muallif fikrining salmog‘i va obrazli mushohadasi bilan o‘quvchi ongiga tez yetib borib, jamiyat hayotida kechayotgan jarayonlarni qalban idrok etishga, tegishli xulosalar chiqarishga undaydi.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
13🔥6👍3👏1🤩1
#nocomment
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
13👍11😍4🔥1🎉1🤩1
Quiz_test
Ma’naviyat_ziyosi
1. Imom al-Buxoriyning “Al-Jome’ as-Sahih” asari islom ilmida qaysi metodologik tamoyil bilan ajralib turadi?
Anonymous Quiz
9%
A) Faqat og‘zaki rivoyatlarga tayanishi
65%
B) Hadis roviylarini qat’iy tekshirish (isnod tanqidi)
14%
C) Falsafiy mushohada ustuvorligi
12%
D) Tarixiy voqealarni umumlashtirish
👍13👏54🔥2👌2😍2💯2🥰1
#sorovnoma

Aziz kitobxon!

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish va kutubxonamiz faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida sizdan ushbu so‘rovnomadan o‘tishingizni so‘raymiz.

Sizning fikringiz biz uchun muhim!

https://forms.gle/AhAJLTSZ35dkbDCr7

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
7👏5💯4😍2🤩1
O‘zbekistonlik kutubxona mutaxassisi “Libway-2026” Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida ishtirok etmoqda

Samarqand viloyati axborot-kutubxona markazi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmatining bosh mutaxassisi Akbar Karimov Novosibirsk shahrida Rossiya Fanlar akademiyasi Sibir filialining davlat jamoat ilmiy-texnik kutubxonasi tomonidan joriy yilning 23-26-mart kunlari bo‘lib o‘tayotgan “Fan, texnologiya va kutubxonalarda axborot (Libway-2026)” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida ishtirok etmoqda. Anjumanda, shuningdek, MDH va uzoq xorijiy mamlakatlardan kutubxonachilar, tarixchilar, kitobshunoslar, madaniyatshunos olimlar ishtirok etishmoqda.
Sho‘ba yig‘ilishlari davomida kutubxona muassasalari ishiga sun'iy intellektni joriy etish, ilmiy-texnik kutubxonalarni rivojlantirish, ochiq fan sohasidagi tadqiqotlar, ilmiy kommunikasiyalar, kitob madaniyati, kutubxona va axborot faoliyati sohasidagi dolzarb masalalarni muhokama qilish rejalashtirilgan.

Akbar Karimov konferensiya ishida o‘zining “Mintaqaviy darajada raqamli kutubxona infratuzilmasini rivojlantirish: muammolar va istiqbollar” mavzusidagi ma'ruzasini taqdim etdi.
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
👍13🔥5👏2🎉2🤩2😍21
👍123🔥3💯3👏1🎉1
2) Ibn Sinoning “Tib qonunlari” asari qaysi jihati bilan Yevropa ilm-faniga ta’sir ko‘rsatgan?
Anonymous Quiz
5%
A) Faqat diniy qarashlarni bayon qilgani bilan
84%
B) Tajribaviy va nazariy tibbiyotni tizimlashtirgani bilan
8%
C) Astronomik kuzatishlar bilan
4%
D) Adabiy uslubi bilan
👍123🔥2🥰2💯2👏1🎉1👌1