Milliy kutubxona | Rasmiy
9.69K subscribers
13K photos
1.93K videos
467 files
6.41K links
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining telegramdagi rasmiy sahifasi

Bizni ijtimoiy tarmoqdagi boshqa sahifalarimizni ham kuzatib boring 👉 https://natlib.taplink.ws

Murojaat uchun: @infonatlib_bot
Download Telegram
2026-yil 17-mart kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi “Istiqbol” zalida “Aylabon lutfu-karam, navro‘zi olam keldilar” deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazma qo‘yildi.

📚 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Ulug‘ xalqimizning ulug‘ bayrami” deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi.
Unda Navro‘z milliy bayramining qadimiy tarixi, milliy qadriyatlarimiz bilan bog‘liq jihatlar, madaniy-ma'rifiy hayotimizda tutgan o‘rni, uning o‘ziga xosligi haqida hikoya qiluvchi kitoblar, jurnallar va risolalar taqdim etilgan.

📚
Ko‘rgazmadan joy olgan rasmlarda tabiatning uyg‘onishi, bahor faslining kelishi, bayram tantanalari, xalq sayllari, bayram toamlari tayyorlanish jarayoni, xalq musobaqalari va boshqalar muhrlangan.

📚 Shuningdek ko‘rgazmada Navro‘z haqida she'riy to‘plamlar, bayram ssenariylari va reportajlar o‘rin olgan.

📚
Ko‘rgazmada bayram to‘g‘risida atroflicha ma'lumot olib, Navro‘z bayrami to‘g‘risida O‘zbekiston Milliy kutubxonasi fondidan joy olgan rasmlar, tarixiy va ensiklopedik ma'lumotlarga boy o‘zbek, rus va ingliz tillaridagi kitoblar bilan tanishadilar.


📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
👍97🔥2👏2🎉1😍1💯1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kutubxona_OAV_nigohida

📚O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Islom sivilizatsiyasi markazining rasmiy ochilish marosimida ishtirok etdi.

Islom svilizatsiyasining markaz kutubxonasi boy ilmiy meros va zamonaviy texnologiyalar uyg‘unlashgan noyob maskan hisoblanadi. Milliy kutubxona markaz kutubxonasining konsepsiyasini tayyorlashda faol ishtirok etgan bo‘lib, uni yangi texnologiyalar, ilg‘or dasturiy ta’minot hamda xorijiy elektron resurslar bilan ta’minlangan.

📖Kutubxona fondida 100 mingdan ortiq qo‘lyozma asarlar, 30 ming bosma kitoblar, 350 ming elektron resurslar, 56 mingdan ortiq nashrni sig‘dira oladigan ochiq fond mavjud. Fondning katta qismi Islom dini va yurtimiz tarixiga oid nodir hamda muhim manbalardan iborat.

Qolaversa manzilda Sharq va G‘arb adabiyotlari, Bolalar kitoblari, Tarix va turli fanlarga oid asarlar, Ko‘zi ojizlar uchun Brayl alifbosidagi kitoblar ham keng o‘rin olgan.


📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍5🔥3🥰2👏2🎉1
E’ L O N

2026-yil 20-mart kuni — Ramazon hayiti kuni, 21-mart — Navro'z bayrami munosabati bilan O‘zbekiston Milliy kutubxonasida  20-21-22-mart kunlari foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatilmaydi.
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
5👏5👍4🔥2🥰1👌1
O‘zbekiston Milliy kutubxonasining Nodir nashrlar fondida o‘zbek tilida (arab alifbosiga asoslangan eski o‘zbek yozuvi) chop etilgan dastlabki davriy nashr – "Turkiston viloyatining gazetasi" (Toshkent, 1870–1916-yillar, 47 yil davomida nashr etilgan) saqlanadi.

Gazetada rasmiy xabarlar, paxtachilik, ipakchilik haqida, fan, texnika, adabiyot va san’atga doir materiallar e’lon qilingan.


Gazetada e’lon qilingan Zokirjon Furqat, Sattorkhon Abdug‘afforov, Ishoqxon Ibrat, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Mirmuhsin Shermuhamedov va boshqa ziyolilarning madaniy-ma’rifiy mavzudagi maqolalari mahalliy aholining dunyoviy ilmlarga, fan va texnikaga hamda boshqa xalqlarning madaniy va adabiy merosiga qiziqishini kuchaytirdi.

Gazetaning 1903-yil 29-martdagi 12–13-sonlarida, 1904-yil 11-martdagi 9, 10, 12, 13-sonlarida Navro‘zga oid maqolalar keltirilgan. Gazetaning 1903-yil 13-sonida “Toshkent musulmonlari orasida kurash” nomli maqolada Xadrada Navro‘z bayrami kunlarida bo‘lib o‘tgan uch kunlik kurash, dor o‘yinlari va polvonlar musobaqalari haqida ma’lumot berilgan maqolalar chop etilgan.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
6🔥6👍3🥰2🎉2👏1👌1
🔔 Yangilik: CNKI bazasiga kirish imkoniyati endi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida!

📚 2026-yil 1-yanvardan 31-dekabrgacha O‘zbekiston Milliy kutubxonasida CNKI (China National Knowledge Infrastructure) — Xitoyning eng yirik ilmiy-axborot platformasidan foydalanish imkoniyati yaratildi.
CNKI Xitoy ilmiy resurslarining 90% dan ortig‘ini birlashtirgan yirik milliy ilmiy bazasi bo‘lib, 500 milliondan ortiq axborot birligini o‘z ichiga oladi. Mazkur platformadan dunyo bo‘ylab minglab universitetlar va tadqiqot markazlari, jumladan yetakchi oliy ta’lim muassasalari foydalanadi.

Platforma orqali quyidagi materiallarga keng qamrovli kirish imkoniyati mavjud: 8 500 dan ortiq ilmiy jurnallar,63 milliondan ziyod maqolalar, doktorlik va magistrlik dissertatsiyalari, gazetalar va konferensiya materiallari, yillik to‘plamlar, ma’lumotnomalar va tahliliy hisobotlar.
Resurslar barcha asosiy yo‘nalishlarni qamrab oladi — raqamli texnologiyalar, tibbiyot, iqtisodiyot, muhandislik, qishloq xo‘jaligi hamda gumanitar fanlar.
CNKI platformasi foydalanuvchilarga dolzarb ilmiy tadqiqotlar bilan ishlash, Xitoy ilmiy yutuqlarini o‘rganish hamda ishonchli manbalarni topishda yordam beradi. Bu ayniqsa talabalar, o‘qituvchilar va tadqiqotchilar uchun muhim bo‘lib, xalqaro ilmiy axborotga kirish imkonini kengaytiradi.

💡 Zamonaviy ilmiy ma’lumotlar va global manbalar bilan ishlash uchun yangi imkoniyat!
📍 Resursdan foydalanish imkoniyati O‘zbekiston Milliy kutubxonasi hududida taqdim etiladi.
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
5🔥5👍2😍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kutubxona_OAV_nigohida

📚 Islom sivilizatsiyasi markazi

Tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tgandan so'ng matbuot anjumani oʻtkazildi. Unda Milliy kutubxona direktori Umida Teshabayeva ham ishtirok etib, markaz kutubxonasi faoliyati va uning ahamiyati haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Qolaversa jurnalistlar tomonidan berilgan: Ko'zi ojizlar va imkoniyati cheklangan kitobxonlarga qanday imkoniyatlar mavjud" degan savolga o'z o'rnida kerakli javoblarni berib o'tdilar.

📌 Islom sivilizatsiyasi markazi kutubxonasi — ilm, ma’naviyat va tarixni birlashtirgan zamonaviy bilim maskanidir.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
👍107🔥3🤩1😍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Abdulla_Oripov_85

O‘zbekiston qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripovning unutilmas misralari kitobxonlarimiz talqinida

📚 Ba’zi shoirlar bor — ularning she’rlari vaqt o‘tgani sayin eskirmaydi, aksincha, yangi ma’no kasb eta boshlaydi. Abdulla Oripov ana shunday umrboqiy siymo.

🎤 ​Bugun shoirning 85 yilligi munosabati bilan kitobxonlarimiz uning merosiga yangicha nigoh bilan yondoshib, shoirning qalamiga mansub o'zlari uchun sevimli bo'lgan she'rlarni ijro etishdi.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
11👍7🔥3👏2👌1😍1
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi jamoasi sizni bahor ayyomi va yangilanish ramzi – Navro‘z bilan samimiy muborakbod etadi.

🌸Ushbu qutlug‘ ayyom sizning xonadoningizga fayz-baraka, dasturxoningizga to‘kin-sochinlik, qalblaringizga esa quvonch va tinchlik olib kelsin.

Sizga va yaqinlaringizga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va kelgusi ishlaringizda muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥75👏3🎉3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Abdulla_Oripov_85

O‘zbekiston qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripovning unutilmas misralari kitobxonlarimiz talqinida

📚 Ba’zi shoirlar bor — ularning she’rlari vaqt o‘tgani sayin eskirmaydi, aksincha, yangi ma’no kasb eta boshlaydi. Abdulla Oripov ana shunday umrboqiy siymo.

🎤 ​Bugun shoirning 85 yilligi munosabati bilan kitobxonlarimiz uning merosiga yangicha nigoh bilan yondoshib, shoirning qalamiga mansub o'zlari uchun sevimli bo'lgan she'rlarni ijro etishdi.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
👍93🔥3💯2😍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi mutxasslari O‘zbekiston Qahramoni,  O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov tavalludining 85 yilligiga bag‘ishlangan "Abdulla Oripov  - nodir iste’dod sohibi" mavzusida yozilgan insholarni kitobxonlar hukmiga havola qilmoqdalar.

📝 Tanlovda Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 35-umumta’lim maktabining 8-sinf o‘quvchilari ishtirok etdilar.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
👍11🔥42👏1🎉1😍1
#Abdulla_Oripov_85

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston Qahramoni,  O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov tavalludining 85 yilligiga bag‘ishlangan turkum tabdirlar tashkil etilgan. "Abdulla Oripov  - nodir iste’dod sohibi" mavzusida insholar tanlovi shular jumlasidandir.

📝
Tanlovda Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 35-umumta’lim maktabining 8-sinf o‘quvchilari shoirning hayoti va ijodiga doir bilimlarini namoyon etdilar.


📝 O‘quvchilar o‘z insholarida Abdulla Oripovning serqirra ijodi, so‘z boyligi, asar qahramonlarining xalqchilligi, shoir she’riyatida Vatan tarixi va manzaralari, falsafiy teranlik, shaxsiy ruhiyati, shoirning insoniylik fazilatlari va nasihatlari haqida bayon etishgan.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8👍6🔥4👏3🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Navroʻz ayyomingiz muborak boʻlsin

Milliy kutubxona jamoasi bugun yurtdoshlarimizga Navroʻz bilan bogʻliq qiziqarli savollar bilan yuzlandi!

Siz ham Navroʻz bilan bogʻliq bolalilk xotiralaringizni boʻlishing!

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
14👍7🔥5🎉2😍2💯1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#bugun
#Abdulla_Oripov_85

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
11👍7🔥5😍2🥰1🤩1