Milliy kutubxona | Rasmiy
9.74K subscribers
12.9K photos
1.93K videos
467 files
6.4K links
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining telegramdagi rasmiy sahifasi

Bizni ijtimoiy tarmoqdagi boshqa sahifalarimizni ham kuzatib boring 👉 https://natlib.taplink.ws

Murojaat uchun: @infonatlib_bot
Download Telegram
2026-yil 17-mart kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Toshkent shahri Sergeli tumani 47-maktabining 9-sinf o‘quvchilari uchun “Kitob — bu mo‘jiza” mavzusida trening o‘tkazildi

📖 Unda o‘quvchilarga kitobning inson hayotidagi beqiyos o‘rni, mutolaa madaniyatini shakllantirish hamda bilim olishdagi ahamiyati haqida muhim va foydali ma’lumotlar berildi.
Treningdan so‘ng o‘quvchilar uchun kutubxona bo‘ylab qiziqarli va mazmunli ekskursiya tashkil etildi. Ular kutubxonaning zamonaviy bo‘limlari, boy kitob fondi hamda undan samarali foydalanish qoidalari bilan yaqindan tanishdilar. 

📖 O‘quvchilar kutubxona bo‘ylab sayohat qilib, kitoblar olamiga chuqurroq sho‘ng‘ishdi, yangi bilimlar oldilar va unutilmas taassurotlar bilan qaytdilar. 

📚 Bunday ma’rifiy tadbirlar yoshlarning kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni mutolaa sari rag‘batlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
12👏5🔥4🤩2😍2🎉1
#sorovnoma

Aziz kitobxon!

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish va kutubxonamiz faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida sizdan ushbu so‘rovnomadan o‘tishingizni so‘raymiz.

Sizning fikringiz biz uchun muhim!

https://forms.gle/AhAJLTSZ35dkbDCr7

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
🔥87👏4🥰2
Joriy yilning 18-mart kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi Ilmiy-metodik xizmati tashabbusi bilan navbatdagi metodik to‘garak tashkil etildi.

Metodik to‘garak mavzusi —
"Kutubxona fondini raqamlashtirishda ish me’yorlari bajarilishi, sifat ko‘rsatkichlarini nazorat qilish hamda hisobotlarni tayyorlash va yuritish ko‘nikmalari"

bo'lib ushbu mavzuni: Skanerlash va raqamlashtirish xizmati hamda Raqamlashtirilgan resurslarni qayta ishlash xizmatlari rahbarlari N. Aqquziyev va S. Olimov tomonidan olib borildi.

Ushbu metodik darsda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, barcha viloyatlar hamda Toshkent shahar tuman (shahar) axborot-kutubxona markazlaridan jami 300 ga yaqin mutaxassis faol ishtirok etdi. Bu kabi metodik to‘garaklar nafaqat amaliy, balki hududiy axborot-kutubxona markazlari o‘rtasida tajriba almashish, orqali va jonli suhbat orqali shakllansa almashinuv axborotini sifat darajasini oshiradi.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
🔥6👍43👏3🎉1
2026-yil 17-mart kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi “Istiqbol” zalida “Aylabon lutfu-karam, navro‘zi olam keldilar” deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazma qo‘yildi.

📚 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Ulug‘ xalqimizning ulug‘ bayrami” deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi.
Unda Navro‘z milliy bayramining qadimiy tarixi, milliy qadriyatlarimiz bilan bog‘liq jihatlar, madaniy-ma'rifiy hayotimizda tutgan o‘rni, uning o‘ziga xosligi haqida hikoya qiluvchi kitoblar, jurnallar va risolalar taqdim etilgan.

📚
Ko‘rgazmadan joy olgan rasmlarda tabiatning uyg‘onishi, bahor faslining kelishi, bayram tantanalari, xalq sayllari, bayram toamlari tayyorlanish jarayoni, xalq musobaqalari va boshqalar muhrlangan.

📚 Shuningdek ko‘rgazmada Navro‘z haqida she'riy to‘plamlar, bayram ssenariylari va reportajlar o‘rin olgan.

📚
Ko‘rgazmada bayram to‘g‘risida atroflicha ma'lumot olib, Navro‘z bayrami to‘g‘risida O‘zbekiston Milliy kutubxonasi fondidan joy olgan rasmlar, tarixiy va ensiklopedik ma'lumotlarga boy o‘zbek, rus va ingliz tillaridagi kitoblar bilan tanishadilar.


📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
👍97🔥2👏2🎉1😍1💯1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kutubxona_OAV_nigohida

📚O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Islom sivilizatsiyasi markazining rasmiy ochilish marosimida ishtirok etdi.

Islom svilizatsiyasining markaz kutubxonasi boy ilmiy meros va zamonaviy texnologiyalar uyg‘unlashgan noyob maskan hisoblanadi. Milliy kutubxona markaz kutubxonasining konsepsiyasini tayyorlashda faol ishtirok etgan bo‘lib, uni yangi texnologiyalar, ilg‘or dasturiy ta’minot hamda xorijiy elektron resurslar bilan ta’minlangan.

📖Kutubxona fondida 100 mingdan ortiq qo‘lyozma asarlar, 30 ming bosma kitoblar, 350 ming elektron resurslar, 56 mingdan ortiq nashrni sig‘dira oladigan ochiq fond mavjud. Fondning katta qismi Islom dini va yurtimiz tarixiga oid nodir hamda muhim manbalardan iborat.

Qolaversa manzilda Sharq va G‘arb adabiyotlari, Bolalar kitoblari, Tarix va turli fanlarga oid asarlar, Ko‘zi ojizlar uchun Brayl alifbosidagi kitoblar ham keng o‘rin olgan.


📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍5🔥3🥰2👏2🎉1
E’ L O N

2026-yil 20-mart kuni — Ramazon hayiti kuni, 21-mart — Navro'z bayrami munosabati bilan O‘zbekiston Milliy kutubxonasida  20-21-22-mart kunlari foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatilmaydi.
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
5👏5👍4🔥2🥰1👌1
O‘zbekiston Milliy kutubxonasining Nodir nashrlar fondida o‘zbek tilida (arab alifbosiga asoslangan eski o‘zbek yozuvi) chop etilgan dastlabki davriy nashr – "Turkiston viloyatining gazetasi" (Toshkent, 1870–1916-yillar, 47 yil davomida nashr etilgan) saqlanadi.

Gazetada rasmiy xabarlar, paxtachilik, ipakchilik haqida, fan, texnika, adabiyot va san’atga doir materiallar e’lon qilingan.


Gazetada e’lon qilingan Zokirjon Furqat, Sattorkhon Abdug‘afforov, Ishoqxon Ibrat, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Mirmuhsin Shermuhamedov va boshqa ziyolilarning madaniy-ma’rifiy mavzudagi maqolalari mahalliy aholining dunyoviy ilmlarga, fan va texnikaga hamda boshqa xalqlarning madaniy va adabiy merosiga qiziqishini kuchaytirdi.

Gazetaning 1903-yil 29-martdagi 12–13-sonlarida, 1904-yil 11-martdagi 9, 10, 12, 13-sonlarida Navro‘zga oid maqolalar keltirilgan. Gazetaning 1903-yil 13-sonida “Toshkent musulmonlari orasida kurash” nomli maqolada Xadrada Navro‘z bayrami kunlarida bo‘lib o‘tgan uch kunlik kurash, dor o‘yinlari va polvonlar musobaqalari haqida ma’lumot berilgan maqolalar chop etilgan.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
6🔥6👍3🥰2🎉2👏1👌1