Milliy kutubxona | Rasmiy
9.69K subscribers
13K photos
1.93K videos
467 files
6.41K links
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining telegramdagi rasmiy sahifasi

Bizni ijtimoiy tarmoqdagi boshqa sahifalarimizni ham kuzatib boring 👉 https://natlib.taplink.ws

Murojaat uchun: @infonatlib_bot
Download Telegram
2026-yil 17-mart kuni O'zbekiston Milliy kutubxonasida “Navro‘zing muborak, O‘zbekistonim” shiori ostida “Kitobxon onalar” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni kutubxonaning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha targ‘ibotchisi Gulchehra Shahobiddin qizi olib berdi. U yig‘ilganlarni bahor, yangilanish va yasharish ayyomi — Navro‘z bayrami bilan samimiy qutlab, oila ma’naviy kamolotida ayollarning o‘rni beqiyos ekanini alohida ta’kidladi. Ayniqsa, ayollarning kitobxonlikka bo‘lgan mehr-muhabbati farzand tarbiyasi va jamiyat ma’naviyati yuksalishida muhim omil ekani e’tirof etildi.

Davra suhbatida so‘zga chiqqan ishtirokchilar yurtimiz bo‘ylab kezib yurgan Navro‘z nafasi, u bilan kirib kelgan bahoriy kayfiyat, dasturxonlarni bezayotgan milliy taomlar, doshqozonlarda qaynayotgan sumalakning o‘ziga xos tarovati haqida iliq va samimiy fikrlar bildirdilar. Ular Navro‘zning xalqimiz hayotidagi o‘rni, uning obodlik, tinchlik-totuvlik, millatlararo ahillik va bag‘rikenglik timsoli ekanini alohida urg‘uladilar.


Shuningdek, tadbir davomida bahor va Navro‘zga bag‘ishlangan she’rlar o‘qildi, Vatan, tabiat uyg‘onishi va inson qalbidagi ezgulikni tarannum etuvchi o‘lanlar, laparlar hamda yor-yorlar ijro etildi. Bu chiqishlar yig‘ilganlarga bayramona ruh bag‘ishlab, milliy qadriyatlarimizning boyligini yana bir bor namoyon etdi.

Mazkur tadbirda
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
, viloyatlar hamda
Toshkent
shahar va tuman (shahar) axborot-kutubxona markazlari vakillari Zoom platformasi orqali masofadan turib faol ishtirok etdilar. Bu esa tadbirning qamrovini yanada kengaytirib, mamlakatimizning turli hududlarida kitobxonlikni targ‘ib etish borasidagi hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qildi.


📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
11👍7🔥3🤩2😍1
2026-yil 17-mart kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Toshkent shahri Sergeli tumani 47-maktabining 9-sinf o‘quvchilari uchun “Kitob — bu mo‘jiza” mavzusida trening o‘tkazildi

📖 Unda o‘quvchilarga kitobning inson hayotidagi beqiyos o‘rni, mutolaa madaniyatini shakllantirish hamda bilim olishdagi ahamiyati haqida muhim va foydali ma’lumotlar berildi.
Treningdan so‘ng o‘quvchilar uchun kutubxona bo‘ylab qiziqarli va mazmunli ekskursiya tashkil etildi. Ular kutubxonaning zamonaviy bo‘limlari, boy kitob fondi hamda undan samarali foydalanish qoidalari bilan yaqindan tanishdilar. 

📖 O‘quvchilar kutubxona bo‘ylab sayohat qilib, kitoblar olamiga chuqurroq sho‘ng‘ishdi, yangi bilimlar oldilar va unutilmas taassurotlar bilan qaytdilar. 

📚 Bunday ma’rifiy tadbirlar yoshlarning kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni mutolaa sari rag‘batlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
12👏5🔥4🤩2😍2🎉1
#sorovnoma

Aziz kitobxon!

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish va kutubxonamiz faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida sizdan ushbu so‘rovnomadan o‘tishingizni so‘raymiz.

Sizning fikringiz biz uchun muhim!

https://forms.gle/AhAJLTSZ35dkbDCr7

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
🔥87👏4🥰2
Joriy yilning 18-mart kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi Ilmiy-metodik xizmati tashabbusi bilan navbatdagi metodik to‘garak tashkil etildi.

Metodik to‘garak mavzusi —
"Kutubxona fondini raqamlashtirishda ish me’yorlari bajarilishi, sifat ko‘rsatkichlarini nazorat qilish hamda hisobotlarni tayyorlash va yuritish ko‘nikmalari"

bo'lib ushbu mavzuni: Skanerlash va raqamlashtirish xizmati hamda Raqamlashtirilgan resurslarni qayta ishlash xizmatlari rahbarlari N. Aqquziyev va S. Olimov tomonidan olib borildi.

Ushbu metodik darsda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, barcha viloyatlar hamda Toshkent shahar tuman (shahar) axborot-kutubxona markazlaridan jami 300 ga yaqin mutaxassis faol ishtirok etdi. Bu kabi metodik to‘garaklar nafaqat amaliy, balki hududiy axborot-kutubxona markazlari o‘rtasida tajriba almashish, orqali va jonli suhbat orqali shakllansa almashinuv axborotini sifat darajasini oshiradi.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
🔥6👍43👏3🎉1