Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
2026-yil 17-mart kuni O'zbekiston Milliy kutubxonasida “Navro‘zing muborak, O‘zbekistonim” shiori ostida “Kitobxon onalar” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l Instagram l YouTube l Facebook l Twitter l Website
❤11👍6🔥3👏2🤩1
2026-yil 17-mart kuni O'zbekiston Milliy kutubxonasida “Navro‘zing muborak, O‘zbekistonim” shiori ostida “Kitobxon onalar” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni kutubxonaning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha targ‘ibotchisi Gulchehra Shahobiddin qizi olib berdi. U yig‘ilganlarni bahor, yangilanish va yasharish ayyomi — Navro‘z bayrami bilan samimiy qutlab, oila ma’naviy kamolotida ayollarning o‘rni beqiyos ekanini alohida ta’kidladi. Ayniqsa, ayollarning kitobxonlikka bo‘lgan mehr-muhabbati farzand tarbiyasi va jamiyat ma’naviyati yuksalishida muhim omil ekani e’tirof etildi.
Shuningdek, tadbir davomida bahor va Navro‘zga bag‘ishlangan she’rlar o‘qildi, Vatan, tabiat uyg‘onishi va inson qalbidagi ezgulikni tarannum etuvchi o‘lanlar, laparlar hamda yor-yorlar ijro etildi. Bu chiqishlar yig‘ilganlarga bayramona ruh bag‘ishlab, milliy qadriyatlarimizning boyligini yana bir bor namoyon etdi.
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l Instagram l YouTube l Facebook l Twitter l Website
Tadbirni kutubxonaning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha targ‘ibotchisi Gulchehra Shahobiddin qizi olib berdi. U yig‘ilganlarni bahor, yangilanish va yasharish ayyomi — Navro‘z bayrami bilan samimiy qutlab, oila ma’naviy kamolotida ayollarning o‘rni beqiyos ekanini alohida ta’kidladi. Ayniqsa, ayollarning kitobxonlikka bo‘lgan mehr-muhabbati farzand tarbiyasi va jamiyat ma’naviyati yuksalishida muhim omil ekani e’tirof etildi.
Davra suhbatida so‘zga chiqqan ishtirokchilar yurtimiz bo‘ylab kezib yurgan Navro‘z nafasi, u bilan kirib kelgan bahoriy kayfiyat, dasturxonlarni bezayotgan milliy taomlar, doshqozonlarda qaynayotgan sumalakning o‘ziga xos tarovati haqida iliq va samimiy fikrlar bildirdilar. Ular Navro‘zning xalqimiz hayotidagi o‘rni, uning obodlik, tinchlik-totuvlik, millatlararo ahillik va bag‘rikenglik timsoli ekanini alohida urg‘uladilar.
Shuningdek, tadbir davomida bahor va Navro‘zga bag‘ishlangan she’rlar o‘qildi, Vatan, tabiat uyg‘onishi va inson qalbidagi ezgulikni tarannum etuvchi o‘lanlar, laparlar hamda yor-yorlar ijro etildi. Bu chiqishlar yig‘ilganlarga bayramona ruh bag‘ishlab, milliy qadriyatlarimizning boyligini yana bir bor namoyon etdi.
Mazkur tadbirda
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
, viloyatlar hamda
Toshkent
shahar va tuman (shahar) axborot-kutubxona markazlari vakillari Zoom platformasi orqali masofadan turib faol ishtirok etdilar. Bu esa tadbirning qamrovini yanada kengaytirib, mamlakatimizning turli hududlarida kitobxonlikni targ‘ib etish borasidagi hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qildi.
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l Instagram l YouTube l Facebook l Twitter l Website
❤11👍7🔥3🤩2😍1
📖 Unda o‘quvchilarga kitobning inson hayotidagi beqiyos o‘rni, mutolaa madaniyatini shakllantirish hamda bilim olishdagi ahamiyati haqida muhim va foydali ma’lumotlar berildi.
Treningdan so‘ng o‘quvchilar uchun kutubxona bo‘ylab qiziqarli va mazmunli ekskursiya tashkil etildi. Ular kutubxonaning zamonaviy bo‘limlari, boy kitob fondi hamda undan samarali foydalanish qoidalari bilan yaqindan tanishdilar.
📖 O‘quvchilar kutubxona bo‘ylab sayohat qilib, kitoblar olamiga chuqurroq sho‘ng‘ishdi, yangi bilimlar oldilar va unutilmas taassurotlar bilan qaytdilar.
📚 Bunday ma’rifiy tadbirlar yoshlarning kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni mutolaa sari rag‘batlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l Instagram l YouTube l Facebook l Twitter l Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤12👏5🔥4🤩2😍2🎉1