✅ 2026-yil 15-mart kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi “Ijod” zalida O‘zbekiston xalq artisti, qo‘shiqchi va raqqosa, baletmeyster, o‘zbek professional raqsi asoschilaridan biri Tamaraxonimning 120 yilligiga bag‘ishlangan “Sharqning ilk qaldirgʻochi” deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi. Ko‘rgazmada mashhur balerina va raqqosaning hayoti haqida hikoya qiluvchi va uning ijodining lahzalari muhrlangan fotosuratlar, kitoblar va jurnallar o‘rin olgan.
📚 O‘zbek xonandasi, raqqosasi va baletmeysteri Tamaraxonim (Tamara Artemovna Petrosyan) 1906-yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. Yoshligidan san'atga qiziqqan Tamaraxonim ko‘cha artistlari, masxarabozlar, ko‘zboylog‘ichlardan o‘zbek xalq raqs sirlarini va qo‘shiqlarini o‘rganib, uyda ularni takrorlar edi.
📚 Kitob-rasmli ko‘rgazmada Tamaraxonimning raqqosalik faoliyati, ta'qiqlarga qaramay odamlar ko‘ngliga zavq bag‘ishlash maqsadidagi sayi harakatlari haqida hikoya qiluvchi “Sahnamiz lochinlari”, “O‘zbekiston san'ati”, “O‘zbek milliy raqsi tarixidan”, “Tamaraxonim”, “O‘zbekiston madaniyati namoyandalari”, “Sahna jilolari”, “O‘zbek raqslari” kitoblari o‘rin olgan.
O‘zbekiston xalq artisti, qo‘shiqchi va raqqosa, baletmeyster, o‘zbek professional raqsi asoschilaridan biri Tamaraxonimning 120 yilligiga bag‘ishlangan “Sharqning ilk qaldirgʻochi” deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazmaga tashrif buyurganlar uning o‘z ichida ikki janr- qo‘shiqchilik va raqqosalik janrlarini mujassamlashtirgan sahna san'ati haqida ko‘p qiziqarli ma'lumotlarni bilib oldilar.

📚 U 1922-yilda Toshkent balet truppasiga kirib A.Hidoyatov, Ye.Bobojonov, A.Ibragimovlar rahbarlik qilgan professional konsert guruhlari bilan chiqishlarda ishtirok etar edi. 1923-yilda Lunacharskiy nomidagi Moskva teatr texnikumida o‘qib, u yerda u “Sharq qaldirg‘ochi” deb nom qozondi. 1930-yilda baletmeyster sifatida o‘z faoliyatini boshlab, 1932-yilda rejissyor Z.Qobulov va kompozitor P.Rahimovlar bilan hamkorlikda Urgench teatriga asos solgan. U yerda Tamaraxonim ham baletmeyster, ham raqqosa, ham pedagog-repetitor sifatida faoliyat ko‘rsatgan. Tamaraxonim tashabbusi bilan Toshkentda klassik balet maktabi ham tashkil etildi.
📚 Kitob-rasmli ko‘rgazmada Tamaraxonimning raqqosalik faoliyati, ta'qiqlarga qaramay odamlar ko‘ngliga zavq bag‘ishlash maqsadidagi sayi harakatlari haqida hikoya qiluvchi “Sahnamiz lochinlari”, “O‘zbekiston san'ati”, “O‘zbek milliy raqsi tarixidan”, “Tamaraxonim”, “O‘zbekiston madaniyati namoyandalari”, “Sahna jilolari”, “O‘zbek raqslari” kitoblari o‘rin olgan.
O‘zbekiston xalq artisti, qo‘shiqchi va raqqosa, baletmeyster, o‘zbek professional raqsi asoschilaridan biri Tamaraxonimning 120 yilligiga bag‘ishlangan “Sharqning ilk qaldirgʻochi” deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazmaga tashrif buyurganlar uning o‘z ichida ikki janr- qo‘shiqchilik va raqqosalik janrlarini mujassamlashtirgan sahna san'ati haqida ko‘p qiziqarli ma'lumotlarni bilib oldilar.
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l Instagram l YouTube l Facebook l Twitter l Website
❤12🔥6👍2👏2👌1😍1
#Yurtim_tarixini_organaman
📚 Andijon shahri Oltinko’l ko’chasida joylashgan Devonboy jome masjidi 1870-yilda bunyod etilgan. Mahalliy rivoyatlarga ko’ra, Qorasuvlik katta yer egasi bo’lgan Devonaboy o’sha paytdagi Andijon hokimi Nasriddinbek ibn Xudoyorxon roziligi bilan shahar markaziga masjid va hammom qurishga kirishgan. Masjid bitgach, uning bunyodkori Devonaboy ismi bilan nomlanib qolgan.
📚 1902-yilgi Andijon zilzilasida jiddiy zararlangan masjid usta Eshonxon tomonidan qayta tiklangan. 1955-1960-yillar orasida sodir bo’lgan yong’in oqibatida masjidning asosiy qismi kuyib ketgan. Ta’mirlash jarayonida masjid tomi qayta yopilib, qo’shimcha xonalar qurilgan.
📚 Mustaqillik yillarida Janubiy peshtoq Andijon loyihalash instituti me’mori Muhammadjon Mirzayev loyihasi asosida yangidan qad rostlagan.
📚 O'zbekiston obidalaridagi bitiklar: Andijon T., 2015. - 344 b. 28-sahifa

❤8👍6🔥3🎉2👏1👌1💯1
BEDORLIK AYOLLAR BAYRAMI
#Kutubxona_OAV_nigohida
O'zbekiston radiosi
O'zbekiston Milliy kutubxonasida tashkil etilgan "Gul yaprog'idagi shabnam" kitob tadqimoti va "Sen bahorni sog'inmadingmi" she'riy mushoira kechasidan eshittirish.
O'zbekiston radiosi
O'zbekiston Milliy kutubxonasida tashkil etilgan "Gul yaprog'idagi shabnam" kitob tadqimoti va "Sen bahorni sog'inmadingmi" she'riy mushoira kechasidan eshittirish.
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l Instagram l YouTube l Facebook l Twitter l Website
❤4🔥2👏2🎉2👍1😍1
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida kutubxona mutaxassislarining kasbiy mahoratini oshirishga qaratilgan metodik to‘garaklar faoliyati davom etadi
Ushbu tashabbus doirasidagi navbatdagi mashg‘ulot 18-mart kuni soat 14:30 da Zoom platformasi orqali (online va offline formatlarda) o‘tkaziladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar) axborot-kutubxona markazlari
Mashg‘ulot identifikatori: 878 2351 0121
Kirish kodi: 188893
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l Instagram l YouTube l Facebook l Twitter l Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6👍5🔥2🎉1
#Ushbu_jurnal_siz_uchun
Sharq moʻjizalari va sirlari bir sahifada!
Vostok / Oriens
Ushbu jurnal shunchaki ilmiy nashr emas, balki Sharq olamiga ochilgan o‘ziga xos derazadir. Unda siz quyidagilar haqida qiziqarli ma’lumotlar topasiz:
🤔 Nimalarni o‘qish mumkin?
•🏛 Qadimiy sirlar: Misr piramidalaridan tortib, Markaziy Osiyo karvon yo‘llarigacha bo‘lgan tarixiy kashfiyotlar.
•🏺 Madaniyat va san’at: Sharq xalqlarining noyob an’analari, san’at asarlari va falsafasi.
•📈 Bugungi kun: Zamonaviy Osiyo va Afrika davlatlarining iqtisodiy va siyosiy hayoti.
•💡 Nima uchun tavsiya etamiz?
Ishonchli ma’lumot: Har bir maqola mutaxassislar tomonidan tekshirilgan va ishonchli faktlarga asoslangan.
Noyob suratlar: Jurnal sahifalarida kamdan-kam uchraydigan tarixiy obidalar va arxeologik topilmalarning suratlari mavjud.
Jurnalning eng yangi sonlari O‘zbekiston Milliy kutubxonasi o‘quv zallarida sizni kutmoqda!

❤12👍5🔥1🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
2026-yil 17-mart kuni O'zbekiston Milliy kutubxonasida “Navro‘zing muborak, O‘zbekistonim” shiori ostida “Kitobxon onalar” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l Instagram l YouTube l Facebook l Twitter l Website
❤11👍6🔥3👏2🤩1

Tadbirni kutubxonaning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha targ‘ibotchisi Gulchehra Shahobiddin qizi olib berdi. U yig‘ilganlarni bahor, yangilanish va yasharish ayyomi — Navro‘z bayrami bilan samimiy qutlab, oila ma’naviy kamolotida ayollarning o‘rni beqiyos ekanini alohida ta’kidladi. Ayniqsa, ayollarning kitobxonlikka bo‘lgan mehr-muhabbati farzand tarbiyasi va jamiyat ma’naviyati yuksalishida muhim omil ekani e’tirof etildi.
Shuningdek, tadbir davomida bahor va Navro‘zga bag‘ishlangan she’rlar o‘qildi, Vatan, tabiat uyg‘onishi va inson qalbidagi ezgulikni tarannum etuvchi o‘lanlar, laparlar hamda yor-yorlar ijro etildi. Bu chiqishlar yig‘ilganlarga bayramona ruh bag‘ishlab, milliy qadriyatlarimizning boyligini yana bir bor namoyon etdi.

Davra suhbatida so‘zga chiqqan ishtirokchilar yurtimiz bo‘ylab kezib yurgan Navro‘z nafasi, u bilan kirib kelgan bahoriy kayfiyat, dasturxonlarni bezayotgan milliy taomlar, doshqozonlarda qaynayotgan sumalakning o‘ziga xos tarovati haqida iliq va samimiy fikrlar bildirdilar. Ular Navro‘zning xalqimiz hayotidagi o‘rni, uning obodlik, tinchlik-totuvlik, millatlararo ahillik va bag‘rikenglik timsoli ekanini alohida urg‘uladilar.
Shuningdek, tadbir davomida bahor va Navro‘zga bag‘ishlangan she’rlar o‘qildi, Vatan, tabiat uyg‘onishi va inson qalbidagi ezgulikni tarannum etuvchi o‘lanlar, laparlar hamda yor-yorlar ijro etildi. Bu chiqishlar yig‘ilganlarga bayramona ruh bag‘ishlab, milliy qadriyatlarimizning boyligini yana bir bor namoyon etdi.
Mazkur tadbirda
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
, viloyatlar hamda
Toshkent
shahar va tuman (shahar) axborot-kutubxona markazlari vakillari Zoom platformasi orqali masofadan turib faol ishtirok etdilar. Bu esa tadbirning qamrovini yanada kengaytirib, mamlakatimizning turli hududlarida kitobxonlikni targ‘ib etish borasidagi hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qildi.
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l Instagram l YouTube l Facebook l Twitter l Website
❤11👍7🔥3🤩2😍1
📖 Unda o‘quvchilarga kitobning inson hayotidagi beqiyos o‘rni, mutolaa madaniyatini shakllantirish hamda bilim olishdagi ahamiyati haqida muhim va foydali ma’lumotlar berildi.
Treningdan so‘ng o‘quvchilar uchun kutubxona bo‘ylab qiziqarli va mazmunli ekskursiya tashkil etildi. Ular kutubxonaning zamonaviy bo‘limlari, boy kitob fondi hamda undan samarali foydalanish qoidalari bilan yaqindan tanishdilar.
📖 O‘quvchilar kutubxona bo‘ylab sayohat qilib, kitoblar olamiga chuqurroq sho‘ng‘ishdi, yangi bilimlar oldilar va unutilmas taassurotlar bilan qaytdilar.
📚 Bunday ma’rifiy tadbirlar yoshlarning kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni mutolaa sari rag‘batlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

❤12👏5🔥4🤩2😍2🎉1