Milliy kutubxona | Rasmiy
9.94K subscribers
12.5K photos
1.9K videos
467 files
6.28K links
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining telegramdagi rasmiy sahifasi

Bizni ijtimoiy tarmoqdagi boshqa sahifalarimizni ham kuzatib boring 👉 https://natlib.taplink.ws

Murojaat uchun: @infonatlib_bot
Download Telegram
📚 Alisher Navoiy kutubxonasida @ibook_uz kitob do‘koni hamda Tirilish nashriyoti hamkorligida “Imom Buxoriy siyrati” kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda mehmon spiker Hasanxon Yahyo Abdulmajid ishtirok etib, kitob mazmuni, uning ahamiyati hamda kitobxonlik haqida mazmunli suhbat olib bordi.

Uchrashuv davomida:
• kitob haqida qiziqarli fikrlar bildirildi
• mehmonlar bilan savol-javoblar bo‘lib o‘tdi
• ishtirokchilar kitob bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Bunday uchrashuvlar kitobxonlik muhitini rivojlantirish va kitobga bo‘lgan qiziqishni oshirishga xizmat qiladi.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
12👍6🔥4👏4😍2💯2
2026-yil 15-mart kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi “Ijod” zalida O‘zbekiston xalq artisti, qo‘shiqchi va raqqosa, baletmeyster, o‘zbek professional raqsi asoschilaridan biri Tamaraxonimning 120 yilligiga bag‘ishlangan “Sharqning ilk qaldirgʻochi” deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi. Ko‘rgazmada mashhur balerina va raqqosaning hayoti haqida hikoya qiluvchi va uning ijodining lahzalari muhrlangan fotosuratlar, kitoblar va jurnallar o‘rin olgan.

📚 O‘zbek xonandasi, raqqosasi va baletmeysteri Tamaraxonim (Tamara Artemovna Petrosyan) 1906-yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. Yoshligidan san'atga qiziqqan Tamaraxonim ko‘cha artistlari, masxarabozlar, ko‘zboylog‘ichlardan o‘zbek xalq raqs sirlarini va qo‘shiqlarini o‘rganib, uyda ularni takrorlar edi.

📚 U 1922-yilda Toshkent balet truppasiga kirib A.Hidoyatov, Ye.Bobojonov, A.Ibragimovlar rahbarlik qilgan professional konsert guruhlari bilan chiqishlarda ishtirok etar edi. 1923-yilda Lunacharskiy nomidagi Moskva teatr texnikumida o‘qib, u yerda u “Sharq qaldirg‘ochi” deb nom qozondi. 1930-yilda baletmeyster sifatida o‘z faoliyatini boshlab, 1932-yilda rejissyor Z.Qobulov va kompozitor P.Rahimovlar bilan hamkorlikda Urgench teatriga asos solgan. U yerda Tamaraxonim ham baletmeyster, ham raqqosa, ham pedagog-repetitor sifatida faoliyat ko‘rsatgan. Tamaraxonim tashabbusi bilan Toshkentda klassik balet maktabi ham tashkil etildi.


📚 Kitob-rasmli ko‘rgazmada Tamaraxonimning raqqosalik faoliyati, ta'qiqlarga qaramay odamlar ko‘ngliga zavq bag‘ishlash maqsadidagi sayi harakatlari haqida hikoya qiluvchi “Sahnamiz lochinlari”, “O‘zbekiston san'ati”, “O‘zbek milliy raqsi tarixidan”, “Tamaraxonim”, “O‘zbekiston madaniyati namoyandalari”, “Sahna jilolari”, “O‘zbek raqslari” kitoblari o‘rin olgan.
O‘zbekiston xalq artisti, qo‘shiqchi va raqqosa, baletmeyster, o‘zbek professional raqsi asoschilaridan biri Tamaraxonimning 120 yilligiga bag‘ishlangan “Sharqning ilk qaldirgʻochi” deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazmaga tashrif buyurganlar uning o‘z ichida ikki janr- qo‘shiqchilik va raqqosalik janrlarini mujassamlashtirgan sahna san'ati haqida ko‘p qiziqarli ma'lumotlarni bilib oldilar.

📱
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram
l
Instagram
YouTube
Facebook
l
Twitter
l
Website
🔥53👍1