Milliy kutubxona | Rasmiy
9.98K subscribers
12.5K photos
1.9K videos
467 files
6.28K links
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining telegramdagi rasmiy sahifasi

Bizni ijtimoiy tarmoqdagi boshqa sahifalarimizni ham kuzatib boring 👉 https://natlib.taplink.ws

Murojaat uchun: @infonatlib_bot
Download Telegram
2026-yil 11-mart kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi “Ilm” zalida tilshunos olim, filologiya fanlari doktori, professor Shavkat Rahmatullaev tavalludining 95 yilligi “Tilshunoslikning serqirra  tadqiqotchisi” deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazma qo‘yildi

📚 Shavkat Rahmatullaev O‘rta Osiyo davlat universitetini (hozirgi O‘zbekiston milliy universiteti) tamomlagan. Olim leksikologiya, morfologiya, orfografiya va leksikografiya muammolari bilan shug‘ullanib kelgan.

📚Filologiya fanlari doktori, professor Shavkat Rahmatullaev o‘zbek tili leksikologiyasi, frazeologiyasi, leksikografiyasi, morfologiyasining shakllanishi va rivojlanishida, o‘zbek tilining izohli, etimologik, imlo lug‘atlarini tuzishda xizmatlari cheksizdir. U ko‘plab nufuzli xalqaro anjumanlar ishtirokchisi, 200 dan ortiq ilmiy-uslubiy qo‘llanmalar muallifidir.

📚 Shavkat Rahmatullaevning tilshunoslik ilmi taraqqiyotidagi faoliyati, samarali mehnati hukumatimiz tomonidan munosib taqdirlanib, u “Mehnat faxriysi” medali, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan xalq maorifi xodimi” faxriy unvoni, “Yuksak xizmatlari uchun” nishoni hamda “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlangan.

📚 “Tilshunoslikning serqirra  tadqiqotchisi” deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazmada olimning “O‘zbek tilining qisqacha frazeologik lug‘ati”, “O‘zbek tilining izohli frazeologik lug‘ati”, “O‘zbek tili antonimlarining izohli lug‘ati”, “O‘zbek tili omonimlarining izohli lug‘ati”, “O‘zbek tilining qisqacha etimologik lug‘ati” kabi asarlari o‘rin olgan.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
12🔥8👏5😍3👍2🎉2
#mehrdantokilgansatrlar

BAHOR KELGAN EMISH BIZNING BOG'LARGA...


Kimdir qishdan zada, yurganda nolib,
Zangor Kokillarin o'ynatib, g'olib,
Qo'liga gullardan dastalab olib,
BAHOR KELGAN EMISH BIZNING BOG'LARGA...

Og'ochlarga berib zeb ila pardoz,
Yashil maysalardan solib poyondoz,
Andalib tilida aytganicha roz,
BAHOR KELGAN EMISH BIZNING BOG'LARGA...

Boshida oq xarir ipak ro'moli,
Yangi kelinlardek
Misli xayoli,
Ortiqcha maqtov-u, tashbexdan xoli
BAHOR KELGAN EMISH BIZNING BOG'LARGA...

Gulchehra Shahobiddin


📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
10👏3👍2🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#gulbolibochilgimkeldi

Zindonband Zebunisobegimning otasiga maktubi


Ota, bugun tush ko'rdim
Tushimda bir qush ko'rdim,
Qanotlarida onam
Ikkingizni qo'sh ko'rdim...

Onam menga boqardi,
Ko'zidan yosh oqardi,
Sen silarding sochimni,
Onam gullar taqardi...

Zil edi onam dardi,
Sog'inch bag'rin yoqardi,
Gul taqilgan sochlarim
Ota, bugun oqardi...

Oq sochlarim oq tolim,
Tarashga yo'qdir xolim,
Zindoningda qaridim
Bunchalar bo'lding zolim?!

Yetmasmidi kuyganim,
Dunyolardan to'yganim,
Bir so'z demay o'tingda
Yondi jondan suyganim...

Ul yorsiz qoldi dunyo,
Gul yorsiz qoldi dunyo
Ruhim yondi yor bilan,
Alyorsiz qoldi dunyo...

Oh... Kezdim ishq bozorin,
Chekib bor g'am, ozorin
Lek topmadim, ul yordek
Ko'nglimning xaridorin...

Sen yo tole ters boqdi,
Mahbus zunnorin taqdi,
Beshigimda tilagan
Baxtlaring suvda oqdi...

Davroningga xayf bo'ldim,
Qismatimga shay bo'ldim.
Quduq bildi "shox"ingni,
Men qamishday nay bo'ldim...

Cho'chgan ko'ngling to'ldimi,
Kechgan ko'ngling to'ldimi,
Oy qizingga oq kafan
Bichgan ko'ngling to'ldimi?

Ota, qahring toshmidi?
Mexring ko'zda yoshmidi?
"Malikam" deb suyganing
Zulmingga bardoshmidi?

Yo rab, bu qanday taqdir?
neki bo'lsa shox xaqdir?
Nechun osiy bandangga
Har lahza o'lim naqddir?

Umr asli necha yil?
men uchun bir kecha, yil,
Og'ungni ber, Shahodat
Sharobing deb ichayin...

Ota, qahring toshmidi...

Shahodat Isaxonova
📱
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram
l
Instagram
YouTube
Facebook
l
Twitter
l
Website
👍1510🔥4👏2🥰1
📚 Alisher Navoiy kutubxonasida @ibook_uz kitob do‘koni hamda Tirilish nashriyoti hamkorligida “Imom Buxoriy siyrati” kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda mehmon spiker Hasanxon Yahyo Abdulmajid ishtirok etib, kitob mazmuni, uning ahamiyati hamda kitobxonlik haqida mazmunli suhbat olib bordi.

Uchrashuv davomida:
• kitob haqida qiziqarli fikrlar bildirildi
• mehmonlar bilan savol-javoblar bo‘lib o‘tdi
• ishtirokchilar kitob bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Bunday uchrashuvlar kitobxonlik muhitini rivojlantirish va kitobga bo‘lgan qiziqishni oshirishga xizmat qiladi.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
11👍5🔥4👏4😍2💯2