O‘zbekiston Milliy kutubxonasida 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
📚 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbirda kutubxona rahbariyati hamda jamoa xodimlari faol ishtirok etdi.
🎤 Tadbir davomida O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori Umida Teshabayeva so‘zga chiqib, kutubxona jamoasidagi barcha xotin-qizlarni ushbu qutlug‘ bayram bilan samimiy muborakbod etdi. Ularga mustahkam sog‘lik, oilaviy farovonlik, ish faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar va yangi zafarlar tiladi.
🌷 Bayramona dastur doirasida jamoa tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishlari, musiqiy chiqishlar hamda qiziqarli bellashuvlar namoyish etildi. Samimiy muhit va quvnoq chiqishlar tadbir ishtirokchilariga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
✨ Tadbir barchaga unutilmas taassurotlar qoldirib, jamoaviy birdamlik va bayramona ruhni yanada mustahkamladi.
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l Instagram l YouTube l Facebook l Twitter l Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11🔥6😍5❤4👌2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kutubxona_OAV_nigohida
#jonli_efir
BUGUN INTERVYU
AYOL-MAʼRIFATATLI JAMIYAT TAYANCHI
BOSHLOVCHI: MOʻMINOV ZOKIR
#jonli_efir
BUGUN INTERVYU
AYOL-MAʼRIFATATLI JAMIYAT TAYANCHI
BOSHLOVCHI: MOʻMINOV ZOKIR
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l Instagram l YouTube l Facebook l Twitter l Website
👍10🔥5❤2👏2😍2💯2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OnamQalbimQuyoshi
Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasida 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan kutubxona foydalanuvchilari o‘rtasida “Onam — qalbim quyoshi” mavzusida kichik so‘rovnoma o‘tkazildi.
So‘rovnoma davomida ishtirokchilar onalar haqidagi iliq fikrlari, qolaversa tayyorlangan maxsus savollarga ulardan javob oldik.
Barcha aziz ayollarimizni va mehribon onalarimizni yaqinlashib kelayotgan 8-mart bayrami bilan samimiy tabriklaymiz!

❤16👍4🔥4👏1🎉1😍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kutubxona_OAV_nigohida
“Gul yaprog'idagi shabnam” nomli she'riy to'plam taqdimoti

❤4🔥3👍2👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kutubxona_OAV_nigohida
Oʻzbekiston Milliy kutubxonasida kitob taqdimoti boʻlib oʻtdi
Oʻzbekiston Milliy kutubxonasida kitob taqdimoti boʻlib oʻtdi
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l Instagram l YouTube l Facebook l Twitter l Website
🔥5❤4👍2👏2
#tezkor
#rasmiy_munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nomidan tarqatilayotgan “matn teruvchi ish o‘rni, oylik 12 000 000 so‘m” mazmunidagi reklama va e’lonlar kutubxonaga tegishli emasligini ma’lum qilamiz.
Mazkur e’lonlar kutubxona tomonidan berilmagan va tashkilotning rasmiy ishga qabul jarayoniga aloqasi yo‘q.
Fuqarolardan bunday soxta yoki tasdiqlanmagan e’lonlarga ishonmaslikni, shuningdek, shaxsiy ma’lumotlarini noma’lum manbaalarga taqdim etmaslikni so‘raymiz.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga oid barcha rasmiy e’lonlar faqat kutubxonaning rasmiy www.natlib.uz veb-sayti va rasmiy ijtimoiy tarmoq va sahifalarida e’lon qilinadi.
Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi Matbuot xizmati

🔥8❤6👍6👌3👏2
#kitobdan_parcha
Tursunboy yuvinib uyga o‘tib kеtdi-da, birozdan kеyin kiyinib chiqdi. U chinakam birov havas qilsa arziydigan yigit bo‘lgandi.
Tursunboy husnda tеngsiz yigit edi. Qoshko‘zlari popukdеk. Ota-onasi emas, ko‘rgan kishilar ham to‘xtab bir qaramay ilojlari yo‘q edi. Tursunboy o‘zining chiroyliligini bilar, shuning uchun bo‘lsa kеrak, o‘ziga bino qo‘yardi. O‘z tеnglari, ayniqsa, qizlar oldida sal balandroq turib, bеpisand gaplashardi.
Tursunboy kеlib dadasining oldiga tiz cho‘kdi.
– Bolam, onangga jindеk qaynatma sho‘rva qilib bеr. Mеn hozir dalaga kеtaman.
– Qo‘ying, – dеdi xotini. – Qo‘liga pichoq bеrmang, et-bеtini kеsib olmasin, bolam. U-buni kеltirib bеring, o‘zim sеkin to‘g‘rab bеraman.
Ikrom indamadi. Yer ostidan sеkin o‘g‘liga qaradi. U onasi himoya qilayotganidan mamnun edi. Ikrom indamay turib o‘choq boshiga kеtdi.
Jannat o‘g‘lini pеshonasidan silab pichirladi:
– Tokchada qaymoq bor, dasturxonga non o‘rab qo‘yganman, choyingni ich, bolaginam.
U shunday dеdi-yu o‘g‘lining javobini ham kutmay inqillab o‘rnidan turdi. Bolasining oldiga dasturxon yozib nonushta qo‘ydi. Kеyin unga
tikilib o‘tiravеrdi.
Said Ahmad "Ufq" romani. Kitobni to'liq o'qimoqchi bo'lsangiz ko'k yozuv ustiga bosing

👏9👍6💯3😍2❤1🥰1👌1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O'zbekiston Milliy kutubxonasida bahorgi qor taassurotlari
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l Instagram l YouTube l Facebook l Twitter l Website
👍20❤19🔥7🥰4🎉2👏1
#Bu_qiziq
📚 Tarixni asl manbadan o‘qing!
O‘zbek matbuoti tarixining ilk sahifalaridan biri — Turkiston viloyatining gazetasi.
U 1870 yilda Toshkent shahrida nashr etilgan bo‘lib, o‘zbek tilidagi dastlabki rasmiy gazetalar qatoriga kiradi.
📰 Gazeta dastlab “Turkestanskie vedomosti” nashrining o‘zbekcha ilovasi sifatida chop etilgan va 1917 yilgacha faoliyat yuritgan.
📖 Shu kungacha ushbu noyob tarixiy nashr O‘zbekiston Milliy kutubxonasining nodir nashrlar fondida saqlanib kelinmoqda.
🔎 Nodir nashrlar bilan tanishish uchun:
🔗 https://nodir.natlib.uz/
✨ Tarixni o‘rganing, nodir manbalarni kashf eting!

❤18👍6🔥3👏2🤩2
#sorovnoma
Aziz kitobxon!
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish va kutubxonamiz faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida sizdan ushbu so‘rovnomadan o‘tishingizni so‘raymiz.
Sizning fikringiz biz uchun muhim!
https://forms.gle/AhAJLTSZ35dkbDCr7

👍15❤6🔥4💯4😍3👏2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#gulbolibochilgimkeldi
Bahor bo‘lgim keldi, gul bo‘lgim keldi,
Loladek qirlarga yugurdim.
Shabnamga chayilgan dil bo‘lgim keldi,
Gulladim, gullashga ulgurdim.
Yashillangim keldi, ko‘kargim keldi,
Qo‘shiqlar kuylasam zangori.
Qaddimni sarvdayin ko‘targim keldi,
Yo‘llarim bo‘lsalar anvori.
Shabnamlar ko‘nglimni chaysalar,
Yomg‘irlar yuvsalar yuzimni.
Barq urib yashnasa maysalar,
Chechaklar qoplasa izimni.
Ochilsam, gul bo‘lib ochilsam,
Iforim sochilsa har tomon.
Tog‘larga, bog‘larga shoshilsam,
Nihollar barg yozsa sog‘-omon.
Axir men bahorman, gulman, chechakman,
Ketsam-da, har fasl bir kelajakman,
Kokillari yashil, qo‘shig‘i zangor,
Kurtakdek qiqirlab shod kulajakman.
..men fasli bahorman, chamanman, gulman.
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l Instagram l YouTube l Facebook l Twitter l Website
Gulman chechakman

Gulchehra Shahobiddin
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l Instagram l YouTube l Facebook l Twitter l Website
❤10👍5🔥5👏2😍2
✅ 2026-yil 11-mart kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi “Ilm” zalida tilshunos olim, filologiya fanlari doktori, professor Shavkat Rahmatullaev tavalludining 95 yilligi “Tilshunoslikning serqirra tadqiqotchisi” deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazma qo‘yildi
📚 Shavkat Rahmatullaev O‘rta Osiyo davlat universitetini (hozirgi O‘zbekiston milliy universiteti) tamomlagan. Olim leksikologiya, morfologiya, orfografiya va leksikografiya muammolari bilan shug‘ullanib kelgan.
📚Filologiya fanlari doktori, professor Shavkat Rahmatullaev o‘zbek tili leksikologiyasi, frazeologiyasi, leksikografiyasi, morfologiyasining shakllanishi va rivojlanishida, o‘zbek tilining izohli, etimologik, imlo lug‘atlarini tuzishda xizmatlari cheksizdir. U ko‘plab nufuzli xalqaro anjumanlar ishtirokchisi, 200 dan ortiq ilmiy-uslubiy qo‘llanmalar muallifidir.
📚 Shavkat Rahmatullaevning tilshunoslik ilmi taraqqiyotidagi faoliyati, samarali mehnati hukumatimiz tomonidan munosib taqdirlanib, u “Mehnat faxriysi” medali, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan xalq maorifi xodimi” faxriy unvoni, “Yuksak xizmatlari uchun” nishoni hamda “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlangan.
📚 “Tilshunoslikning serqirra tadqiqotchisi” deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazmada olimning “O‘zbek tilining qisqacha frazeologik lug‘ati”, “O‘zbek tilining izohli frazeologik lug‘ati”, “O‘zbek tili antonimlarining izohli lug‘ati”, “O‘zbek tili omonimlarining izohli lug‘ati”, “O‘zbek tilining qisqacha etimologik lug‘ati” kabi asarlari o‘rin olgan.

❤12🔥8👏5😍3👍2🎉2