Milliy kutubxona | Rasmiy
9.98K subscribers
12.5K photos
1.9K videos
467 files
6.28K links
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining telegramdagi rasmiy sahifasi

Bizni ijtimoiy tarmoqdagi boshqa sahifalarimizni ham kuzatib boring 👉 https://natlib.taplink.ws

Murojaat uchun: @infonatlib_bot
Download Telegram
Joriy yilning 7-8-mart kunlari O‘zbekiston Milliy kutubxonasining server tizimlarida texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan kutubxona veb-saytlarida vaqtinchalik uzilishlar kuzatilishi mumkin.

Noqulayliklar uchun oldindan uzr so‘raymiz.

|Ma'muriyat|
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
3🔥2🥰1👏1😍1💯1
#Asardan_parcha
…Institutni bitirish arafasida men kutilmaganda Puankare gipotezasining shaydosiga aylandim.Gipotezani jo’nroq tilda ifodalashga urinib ko’raman.Jismlarning handasaviy xususiyatlarini o’rganuvchi topologiya degan fan bor.Puankare gipotezasi esa aynan shu fanning markaziy muammosi.Yana bir muhim holat: tadqiq etilayotgan jismlar oddiy emas,balki siqilganida,buralganida,cho’zilganida o’zgarmaydigan jismlardir.Biron nimani tushindingizmi? Yo’qmi? Unda yanada soddaroq yo’sinda izoh berib o’tay… Abduqayum Yo’ldoshev. “Puankare”
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
🔥6👏3👍21
#Yurtim_tarixini_organaman

📜 “Abdulloh Norinjoniy” yangi masjidi Qoraqalpog’iston Ellikqal’a tumani Navoiy ovuli fuqarolar yig’inining Norinjon bobo hududida joylashgan.

📜Masjid 2004-2005-yillari homiylar tomonidan hashar yo’li bilan qurilgan. Ichki qismi va tashqi ayvonlari sharqona uslubda bezatilgan. Gumbazning aylanasiga kirill harflari bilan: “Abdulloh Norinjoniy masjidi 2004-2005-yil” so’zlari bitilgan. Gumbazning past qismi o’ng tomonida lotin harflari bilan va chap tomonida arab imlosida, orqa tomonida kirill harflari bilan masjid kim boshchiligida qurilgani haqida ma’lumot keltirilgan. Bosh usta – Ulug’bek va xatlarni yozgan Bahrom Rajabovning ham ismi qayd etilgan.

📜 O'zbekiston obidalaridagi bitiklar: Qoraqalpog'iston T., 2015. - 268 b. 145-sahifa
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
4🔥3🥰2👍1👏1😍1
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

📚 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbirda kutubxona rahbariyati hamda jamoa xodimlari faol ishtirok etdi.

🎤Tadbir davomida O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori Umida Teshabayeva so‘zga chiqib, kutubxona jamoasidagi barcha xotin-qizlarni ushbu qutlug‘ bayram bilan samimiy muborakbod etdi. Ularga mustahkam sog‘lik, oilaviy farovonlik, ish faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar va yangi zafarlar tiladi.

🌷Bayramona dastur doirasida jamoa tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishlari, musiqiy chiqishlar hamda qiziqarli bellashuvlar namoyish etildi. Samimiy muhit va quvnoq chiqishlar tadbir ishtirokchilariga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Tadbir barchaga unutilmas taassurotlar qoldirib, jamoaviy birdamlik va bayramona ruhni yanada mustahkamladi.
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11🔥6😍54👌2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kutubxona_OAV_nigohida

#jonli_efir

BUGUN INTERVYU

AYOL-MAʼRIFATATLI JAMIYAT TAYANCHI

BOSHLOVCHI: MOʻMINOV ZOKIR

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
👍10🔥53👏2😍2💯2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OnamQalbimQuyoshi

Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasida 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan kutubxona foydalanuvchilari o‘rtasida “Onam — qalbim quyoshi” mavzusida kichik so‘rovnoma o‘tkazildi.

So‘rovnoma davomida ishtirokchilar onalar haqidagi iliq fikrlari, qolaversa tayyorlangan maxsus savollarga ulardan javob oldik.

Barcha aziz ayollarimizni va mehribon onalarimizni yaqinlashib kelayotgan 8-mart bayrami bilan samimiy tabriklaymiz!
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
16👍4🔥4👏1🎉1😍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kutubxona_OAV_nigohida

“Gul yaprog'idagi shabnam” nomli she'riy to'plam taqdimoti


📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
4🔥3👍2👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kutubxona_OAV_nigohida

Oʻzbekiston Milliy kutubxonasida kitob taqdimoti boʻlib oʻtdi

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
🔥54👍2👏2
#tezkor
#rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nomidan tarqatilayotgan “matn teruvchi ish o‘rni, oylik 12 000 000 so‘m” mazmunidagi reklama va e’lonlar kutubxonaga tegishli emasligini ma’lum qilamiz.

Mazkur e’lonlar kutubxona tomonidan berilmagan va tashkilotning rasmiy ishga qabul jarayoniga aloqasi yo‘q.

Fuqarolardan bunday soxta yoki tasdiqlanmagan e’lonlarga ishonmaslikni, shuningdek, shaxsiy ma’lumotlarini noma’lum manbaalarga taqdim etmaslikni so‘raymiz.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga oid barcha rasmiy e’lonlar faqat kutubxonaning rasmiy www.natlib.uz veb-sayti va rasmiy ijtimoiy tarmoq va sahifalarida e’lon qilinadi.

Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi Matbuot xizmati

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
🔥86👍6👌3👏2
#kitobdan_parcha

Tursunboy yuvinib uyga o‘tib kеtdi-da, birozdan kеyin kiyinib chiqdi. U chinakam birov havas qilsa arziydigan yigit bo‘lgandi.
Tursunboy husnda tеngsiz yigit edi. Qoshko‘zlari popukdеk. Ota-onasi emas, ko‘rgan kishilar ham to‘xtab bir qaramay ilojlari yo‘q edi. Tursunboy o‘zining chiroyliligini bilar, shuning uchun bo‘lsa kеrak, o‘ziga bino qo‘yardi. O‘z tеnglari, ayniqsa, qizlar oldida sal balandroq turib, bеpisand gaplashardi.
Tursunboy kеlib dadasining oldiga tiz cho‘kdi.
– Bolam, onangga jindеk qaynatma sho‘rva qilib bеr. Mеn hozir dalaga kеtaman.
– Qo‘ying, – dеdi xotini. – Qo‘liga pichoq bеrmang, et-bеtini kеsib olmasin, bolam. U-buni kеltirib bеring, o‘zim sеkin to‘g‘rab bеraman.
Ikrom indamadi. Yer ostidan sеkin o‘g‘liga qaradi. U onasi himoya qilayotganidan mamnun edi. Ikrom indamay turib o‘choq boshiga kеtdi.
Jannat o‘g‘lini pеshonasidan silab pichirladi:
– Tokchada qaymoq bor, dasturxonga non o‘rab qo‘yganman, choyingni ich, bolaginam.
U shunday dеdi-yu o‘g‘lining javobini ham kutmay inqillab o‘rnidan turdi. Bolasining oldiga dasturxon yozib nonushta qo‘ydi. Kеyin unga
tikilib o‘tiravеrdi.

Said Ahmad "Ufq" romani. Kitobni to'liq o'qimoqchi bo'lsangiz ko'k yozuv ustiga bosing
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
👏9👍6💯3😍21🥰1👌1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O'zbekiston Milliy kutubxonasida bahorgi qor taassurotlari
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
👍2019🔥7🥰4🎉2👏1