Milliy kutubxona | Rasmiy
9.95K subscribers
12.5K photos
1.9K videos
467 files
6.28K links
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining telegramdagi rasmiy sahifasi

Bizni ijtimoiy tarmoqdagi boshqa sahifalarimizni ham kuzatib boring 👉 https://natlib.taplink.ws

Murojaat uchun: @infonatlib_bot
Download Telegram
2026-yil 5-mart kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida pedagogika fanlari nomzodi, “O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi xodimi” faxriy unvoni sohibi Islom Zokirovning hayot yo‘li va ijodiy faoliyatiga bag‘ishlangan “Umrim kitobi” nomli asarning taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Mazkur kitobda muallif qalbidan chuqur joy olgan voqealar tafsiloti, uning hayot yo‘lini yoritgan ustozlari, u bilan hamnafas bo‘lgan maslakdosh do‘stlari hamda sadoqatli shogirdlari haqidagi samimiy tuyg‘ular muhrlangan.


Kitobda hayotning rang-barang sahifalari, sinovli kunlari, muallifning boshidan kechirgan voqealari hikoya qilinadi va oxir-oqibat barcha sinovlarning mukofoti sifatida inson qadr topishi haqida fikr yuritiladi. Ushbu kitob Islom Zokirov tavalludining 70 yilligi hamda ijodiy faoliyatining 50 yilligiga bag‘ishlangan.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori Umida Alimjanovna o‘z nutqida ushbu asar muallifning boy hayotiy tajribasi, ustoz-shogird an’analari va insoniy fazilatlarini aks ettiruvchi muhim manba ekanini ta’kidladi. U bunday kitoblar yosh avlodni tarbiyalashda, ularni ma’naviy yetuk, vatanparvar va fidoyi insonlar bo‘lib kamol topishida alohida ahamiyat kasb etishini qayd etdi.


Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar kitob haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashar ekan, yosh kitobxonlar undan ma’naviy ozuqa olishiga, ushbu asar halol mehnat qilib yashashga, do‘st tanlashda adashmaslik hamda yaqinlar qadriga yetish borasida muhim ibrat bo‘lishiga ishonch bildirdilar.
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
👍114🔥3😍1
O'zbekiston Milliy kutubxonasida “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan islohotlar yuzasidan muhokama yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Joriy yilning 6-mart kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “2026–2030 yillarga mo‘ljallangan axborot-kutubxona faoliyatini rivojlantirish strategiyasi” loyihasini ishlab chiqish yuzasidan muhokama oʻtkazildi

Mazkur strategiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 16 fevraldagi PF-21-son farmonida 5-ilova sifatida belgilangan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan islohotlarning davomi hisoblanadi. Ushbu hujjat 2019–2024 yillarda O‘zbekiston Respublikasida axborot-kutubxona sohasini rivojlantirish konsepsiyasi asosida amalga oshirilgan ishlar tahlilidan kelib chiqib, sohani yanada rivojlantirishga qaratilgan.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori U.Teshabayeva, kutubxona ishchi guruhi hamda Madaniyat vazirligi va Yoshlar ishlari agentligi vakillari ishtirok etdilar.

Muhokamalar davomida axborot-kutubxona muassasalari faoliyatini modernizatsiya qilish, raqamlashtirish jarayonlarini kengaytirish, aholiga axborot-kutubxona xizmatlarini yanada samarali tashkil etish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish va kutubxonalar infratuzilmasini takomillashtirish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.


Yig'ilish ishtirokchilari strategiya loyihasi bo‘yicha o‘z taklif va mulohazalarini bildirdilar.Muhokama yakunida kelib tushgan takliflarni inobatga olgan holda hujjatni takomillashtirish va tegishli idoralarga taqdim etilishi belgilandi.
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
10👍7🔥3👏2😍2
E’ L O N !

“8-Mart” xotin-qizlar bayrami
munosabati bilan, Milliy kutubxonada
8 va 9-mart kunlari foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatilmaydi.

Ma’muriyat



ОБЪЯВЛЕНИЕ !

В связи с празднованием Международного Женского дня,
8-го и 9-го марта Национальная библиотека услуги пользователям не предоставляет.

Администрация

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
👍6🔥32👏2💯2🥰1👌1😍1
Joriy yilning 7-8-mart kunlari O‘zbekiston Milliy kutubxonasining server tizimlarida texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan kutubxona veb-saytlarida vaqtinchalik uzilishlar kuzatilishi mumkin.

Noqulayliklar uchun oldindan uzr so‘raymiz.

|Ma'muriyat|
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
3🔥2🥰1👏1😍1💯1