Milliy kutubxona | Rasmiy
10K subscribers
12.5K photos
1.9K videos
467 files
6.28K links
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining telegramdagi rasmiy sahifasi

Bizni ijtimoiy tarmoqdagi boshqa sahifalarimizni ham kuzatib boring 👉 https://natlib.taplink.ws

Murojaat uchun: @infonatlib_bot
Download Telegram
Joriy yilning 4 mart kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “GUL YAPROGʻIDAGI SHABNAM” nomli to'plam kitob taqdimoti va "Sen bahorni sog'inmadingmi" nomli mushoira kechasi bo'lib o'tdi.

To‘plamda O‘zbekiston va Qoraqalpog‘istonda ijod qilayotgan taniqli adiba va shoiralar hamda yosh ijodkorlarning sara asarlarini jamlagan.


Tadbir doirasida “SEN BAHORNI SOGʻINMADINGMI” nomli bahoriy mushoira ham tashkil etilgan bo'lib, unda muhabbat, sadoqat, vatanga mehr va yuksak insoniy tuyg‘ular tarannum etilgan she’r va hikoyalar yangradi.

Kechada O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari shoiralar — Gulchehra Shahobiddin qizi, Sharifa Salimova, Muhtarama Ulug‘ova, Shahodat Isaxonova, Munojotxon Nurmatova, O‘ktamoy Xoldarova va Oygul Ubaydulla qizi ishtirok etdilar.


Tadbir ko‘tarinki kayfiyatda o‘tish bilan bir qatorda barcha ishtirokchilarga shoiralar tomonidan o'qilgan she'rlar bahoriy ilhom bag‘ishladi.
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
10👏4👍3🔥3💯2👌1😍1
#E’tirof

“Moʻtabar ayol” koʻkrak nishoni sohibalarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi

📌 Yurtimizda xotin-qizlarning jamiyat hayotidagi faolligini qoʻllab-quvvatlash, ularning fidokorona mehnatini e’tirof etish maqsadida tashkil etilgan tantanali marosimda joriy yilda “Moʻtabar ayol” koʻkrak nishoniga munosib deb topilgan 351 nafar xotin-qizdan 51 nafariga ko‘krak nishonlari tantanali ravishda topshirildi.

Mazkur yuksak e’tirof sohibalari orasida Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi xodimi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, ma’naviy-ma’rifiy ishlar targ‘ibotchisi, iste’dodli shoira Gulchehra Shahobiddin ham bor. Uning adabiyot, ma’naviyat va ma’rifat yo‘lidagi samarali faoliyati, jamiyatda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish hamda milliy qadriyatlarni targ‘ib etish borasidagi xizmatlari yuksak baholandi.

Taqdirlash marosimi samimiy ruhda o‘tib, unda xotin-qizlarning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni, ularning fidoyiligi va tashabbuskorligi alohida e’tirof etildi. Tadbir yakunida mukofot sohibalariga kelgusi faoliyatlarida yanada ulkan muvaffaqiyatlar tilandi.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
👍154👏4🔥2🎉1
2026-yil 5-mart kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida pedagogika fanlari nomzodi, “O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi xodimi” faxriy unvoni sohibi Islom Zokirovning hayot yo‘li va ijodiy faoliyatiga bag‘ishlangan “Umrim kitobi” nomli asarning taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Mazkur kitobda muallif qalbidan chuqur joy olgan voqealar tafsiloti, uning hayot yo‘lini yoritgan ustozlari, u bilan hamnafas bo‘lgan maslakdosh do‘stlari hamda sadoqatli shogirdlari haqidagi samimiy tuyg‘ular muhrlangan.


Kitobda hayotning rang-barang sahifalari, sinovli kunlari, muallifning boshidan kechirgan voqealari hikoya qilinadi va oxir-oqibat barcha sinovlarning mukofoti sifatida inson qadr topishi haqida fikr yuritiladi. Ushbu kitob Islom Zokirov tavalludining 70 yilligi hamda ijodiy faoliyatining 50 yilligiga bag‘ishlangan.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori Umida Alimjanovna o‘z nutqida ushbu asar muallifning boy hayotiy tajribasi, ustoz-shogird an’analari va insoniy fazilatlarini aks ettiruvchi muhim manba ekanini ta’kidladi. U bunday kitoblar yosh avlodni tarbiyalashda, ularni ma’naviy yetuk, vatanparvar va fidoyi insonlar bo‘lib kamol topishida alohida ahamiyat kasb etishini qayd etdi.


Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar kitob haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashar ekan, yosh kitobxonlar undan ma’naviy ozuqa olishiga, ushbu asar halol mehnat qilib yashashga, do‘st tanlashda adashmaslik hamda yaqinlar qadriga yetish borasida muhim ibrat bo‘lishiga ishonch bildirdilar.
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
👍114🔥3😍1