Milliy kutubxona | Rasmiy
10.2K subscribers
12.5K photos
1.9K videos
467 files
6.28K links
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining telegramdagi rasmiy sahifasi

Bizni ijtimoiy tarmoqdagi boshqa sahifalarimizni ham kuzatib boring 👉 https://natlib.taplink.ws

Murojaat uchun: @infonatlib_bot
Download Telegram
2026-yil 4-mart kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi “O‘zbekiston” zalida Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, “Shuhrat” medali, “Doʻstlik” ordeni sohibasi, shoira Farida Afro‘z tavalludining 70 yilligiga bag‘ishlangan “Mehrdan to‘kilgan satrlar" deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazma qo‘yildi.
Birinchi sheʼrini 5-sinfda oʻqib yurgan kezlarida yozgan Farida Afro‘z (Bo‘tayeva) keyinchalik "Qirqkokilligim", "Iztirob ko‘ylagi", "Tunlar isyoni", "Ko‘zim manim…", "Qurbonjon dodxoh" tarixiy dramasi, "O‘zimdan o‘zimgacha", "Poka yest' na zemle razluka…", "Ot Faridi Afruz" (Moskva), "Gun aydin" (Istambul), "Ushshoq", "Tasbih", "O‘sha kun – bugundir” singari she'riy to‘plamlari bilan she'riyat muxlislari qalbidan joy oldi. Uning she'rlari rus, turk, ingliz, nemis, fransuz, fors, uyg‘ur, ozar, gagouz, xitoy, koreys tillariga tarjima qilingan.

O‘z navbatida shoira ham jahon adabiyotidan yapon haykularini, turk she'riyatidan Mustafo Otaturk, Ziyo Ko‘kalp, Husayn Otsiz, Dog‘larja, Ismat O‘zal she'rlarini, fors she'riyatidan Mehri Hirotiy hamda zamonaviy fors she'riyatidan Zahro Abul Husayniy, Sudoba, Soya Kabiriy g‘azallarini, zamonaviy qozoq va qoraqalpoq she'riyatidan va amerikalik ruhshunos Deyl Karnegi asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan.
Kitob-rasmli ko‘rgazmada Farida Afro‘zning O‘zbekiston Milliy kutubxonasi kitob fondidan joy olgan she'riy kitoblari va tarjimalari o‘rin olgan.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
👍9👏3🔥21🎉1🤩1
Sharq va Gʻarb ayollari haqida tarixiy kitoblar...

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining nodir fondida saqlanayotgan Sharq va Gʻarb ayollari haqidagi tarixiy kitoblar tadqiqotchilar tomonidan qiziqib o‘rganiladi.


Avstriyalik yozuvchi Amand fon Shveyger-Lerxenfeldning “Женщина ея жизнь, нравы и общественное положенiе у всех народовъ земнаго шара” asarida jahondagi turli xalq ayollarining turmush tarzi, kundalik hayoti, urf-odatlari haqida so‘z yuritiladi. O‘rta Osiyo ayollari haqida kitobning 105-128 betlarida ma’lumotlar berilgan. Kitobda mavzu bo‘yicha rasmlar ilova qilingan.
O. Olufsenning asarida xalqlarning hayoti, urf-odati va kundalik turmushi haqida ma’lumotlar keltirilgan.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
👍82🔥1👏1🤩1😍1
#Onam qalbim quyoshi

Sen bahorni sog'inmadingmi?

Uyg'onguvchi bog'larni kezdim,
Topay dedim qirdan izingni.
Yonog'ingdan rang olgan dedim –
Lolazorga burdim yuzimni,
Uchratmadim ammo o'zingni,
- Sen bahorni sog'inmadingmi?

Uzoqlarda zalvorli tog'lar
Xayolimni keldilar bosib.
Kechdi qancha intizor chog'lar,
Vasling menga bo'lmadi nasib,
Sensiz men ham, bahor ham g'arib,
- Sen bahorni sog'inmadingmi?

O'ngirlarda sakraydi ohu,
Na'matakda sa'va mittijon.
Qorliklardan sipqarilgan suv,
Daralarda uradi javlon.
Nigohimdan faqat sen pinhon,
- Sen bahorni sog'inmadingmi?

Mana, bugun navro'zi olam,
Do'stlarimga gullar tutarman.
Qaylardasan, sevgili erkam...
Qo'limda gul, seni kutarman,
Umrim bo'yi chorlab o'tarman,
-Sen bahorni sog'inmadingmi?

Abdulla Oripov


📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
6🔥4👍2👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Joriy yilning 4 mart kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “GUL YAPROGʻIDAGI SHABNAM” nomli to'plam kitob taqdimoti va "Sen bahorni sog'inmadingmi" nomli mushoira kechasi bo'lib o'tdi.
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
6👍5🔥2🥰1👌1😍1
Joriy yilning 4 mart kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “GUL YAPROGʻIDAGI SHABNAM” nomli to'plam kitob taqdimoti va "Sen bahorni sog'inmadingmi" nomli mushoira kechasi bo'lib o'tdi.

To‘plamda O‘zbekiston va Qoraqalpog‘istonda ijod qilayotgan taniqli adiba va shoiralar hamda yosh ijodkorlarning sara asarlarini jamlagan.


Tadbir doirasida “SEN BAHORNI SOGʻINMADINGMI” nomli bahoriy mushoira ham tashkil etilgan bo'lib, unda muhabbat, sadoqat, vatanga mehr va yuksak insoniy tuyg‘ular tarannum etilgan she’r va hikoyalar yangradi.

Kechada O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari shoiralar — Gulchehra Shahobiddin qizi, Sharifa Salimova, Muhtarama Ulug‘ova, Shahodat Isaxonova, Munojotxon Nurmatova, O‘ktamoy Xoldarova va Oygul Ubaydulla qizi ishtirok etdilar.


Tadbir ko‘tarinki kayfiyatda o‘tish bilan bir qatorda barcha ishtirokchilarga shoiralar tomonidan o'qilgan she'rlar bahoriy ilhom bag‘ishladi.
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
10👏4👍3🔥3💯2👌1😍1
#E’tirof

“Moʻtabar ayol” koʻkrak nishoni sohibalarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi

📌 Yurtimizda xotin-qizlarning jamiyat hayotidagi faolligini qoʻllab-quvvatlash, ularning fidokorona mehnatini e’tirof etish maqsadida tashkil etilgan tantanali marosimda joriy yilda “Moʻtabar ayol” koʻkrak nishoniga munosib deb topilgan 351 nafar xotin-qizdan 51 nafariga ko‘krak nishonlari tantanali ravishda topshirildi.

Mazkur yuksak e’tirof sohibalari orasida Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi xodimi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, ma’naviy-ma’rifiy ishlar targ‘ibotchisi, iste’dodli shoira Gulchehra Shahobiddin ham bor. Uning adabiyot, ma’naviyat va ma’rifat yo‘lidagi samarali faoliyati, jamiyatda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish hamda milliy qadriyatlarni targ‘ib etish borasidagi xizmatlari yuksak baholandi.

Taqdirlash marosimi samimiy ruhda o‘tib, unda xotin-qizlarning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni, ularning fidoyiligi va tashabbuskorligi alohida e’tirof etildi. Tadbir yakunida mukofot sohibalariga kelgusi faoliyatlarida yanada ulkan muvaffaqiyatlar tilandi.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
👍154👏4🔥2🎉1