Milliy kutubxona | Rasmiy
10.2K subscribers
12.5K photos
1.9K videos
467 files
6.28K links
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining telegramdagi rasmiy sahifasi

Bizni ijtimoiy tarmoqdagi boshqa sahifalarimizni ham kuzatib boring 👉 https://natlib.taplink.ws

Murojaat uchun: @infonatlib_bot
Download Telegram
1-mart — O‘zbekiston xalq shoiri, atoqli jamoat arbobi
Zulfiyaxonim tavallud topgan kun


Bugun o‘zbek she’riyatining yorqin namoyandasi, nozik qalb kuychisi, Vatanga sadoqat va muhabbat timsoli bo‘lgan Zulfiyaxonim tavalludining 111 yilligi nishonlanmoqda.


Zulfiya ijodi o‘zbek adabiyotida alohida o‘rin tutadi. Uning she’rlarida ona Vatan, muhabbat, sadoqat, insoniylik va ayol qalbining nafis tuyg‘ulari yuksak badiiy mahorat bilan tarannum etilgan. Shoiraning asarlari nafaqat o‘z davrida, balki bugun ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan.

Zulfiyaxonim o‘zining serqirra ijodi va jamoatchilik faoliyati bilan xalqimiz qalbidan chuqur joy olgan. Uning nomi nafaqat she’riyat, balki ma’naviyat va ma’rifat ramzi sifatida e’zozlanadi.

Ilm va adabiyot yo‘lida xizmat qilgan buyuk shoira xotirasi hamisha barhayotdir.



📱
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram
l
Instagram
YouTube
Facebook
l
Twitter
l
Website
14🔥4👍2😍1
Bugun tunda kelarmish bahor

Derazangdan mo'ralab asta,
Gul yuzingdan bo'lib shikasta,
Uzun qishga siltab qo'lini,
Ham qalbingdan boshlab yo'lini,
To'qqiz oyki, yelarmish bahor ,
Bugun tunda kelarmish bahor.

Qoru muzni suvga g'arq qilib,
Izg'irinni butkul tark qilib,
Eshitgandek mening nolamni,
Guldastaga o'rab olamni,
Tushda boshing silarmish bahor,
Bugun tunda kelarmish bahor.

Go'zallikni eltib jahonga,
Sano aytib har òtgan onga,
Jamolingga bo'lib mahliyo,
Istarangdan olgancha ziyo
Bizga iqbol tilarmish bahor,
Bugun tunda kelarmish bahor.

Unutilar hazonrez kuz,
Tabassuming yuzingga bezak.
Mehrlaring menga og'dirib,
Suvlarini elarmish bahor,
Bugun tunda kelarmish bahor.

Hissiyotga to'ldirib dilni,
Kengaytirib kichik ko'ngilni,
Duolarga ijobat etib,
Tabiatni chamanzor etib,
Baxtimizdek kularmish bahor,
Bugun tunda kelarmish bahor!
Zulfiyaxonim


Bahorning ilk kuni qutlug' bo'lsin!

📱
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram
l
Instagram
YouTube
Facebook
l
Twitter
l
Website
👍127🔥2😍2👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Shahar_koʻchalari_adiblar_nomi_bilan

“Shahar ko‘chalari adiblar nomi bilan” loyihamiz davom etadi.

📌 Ushbu loyiha orqali siz, aziz kitobxonlarga adiblar, san'at namoyondalari, ilm-fan arboblari va Renessans davri allomalari  nomi berilgan shahrimiz ko‘chalari haqidagi ma’lumotlar bilan  tanishtirib boramiz.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
👍137🔥3👏1😍1💯1
#TOP10

📚 Milliy kutubxonaning Dispetcherlik xizmati va Adabiyotlarni berish kafedrasi tomonidan 2026-yil fevral oyida kitobxonlar orasida eng ko‘p foydalanilgan adabiyotlar TOP–10 taligi shakillantirildi.
Reyting kitobxonlar murojaatlari va foydalanish faolligi asosida tuzildi. Ushbu ro‘yxat eng ommabop, qiziqarli va foydali kitoblarni o‘zida mujassam qildi.       
    
💬 Siz qaysi birini o‘qigansiz yoki o‘qimoqchisiz?

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
👍103🔥1
#Onam qalbim quyoshi

Muqaddas Ayol!

Oshiqlaring poyingga gul otib ham bo‘ldi,
Xilvatlarda labingdan bol totib ham bo‘ldi,
Va bu haqda kimlargadir sotib ham bo‘ldi,
Sen bari bir muqaddassan,
Muqaddas ayol!

“Avval: “Kel-ey, quchog‘imga to‘l, balq”, dedilar,
Unamading, ayol o‘zi ters “xalq”, dedilar.
Icholmagach yuz o‘girib sho‘r, talx, dedilar,
Sen bari bir muqaddassan,
Muqaddas Ayol!

Sen daryosan, o‘pganini qirg‘oq yashirar,
Juftim bo‘l, — deb chopganini har toq yashirar,
Jannatim, — deb quvonmasdan qumloq yashirar,
Sen bari bir muqaddassan,
Muqaddas Ayol!

Asli bu bor ermaklarning borar yeri Sen,
Rostu yolg‘on ertaklarning borar yeri Sen,
Asov otday erkaklarning borar yeri Sen,
Sen bari bir muqaddassan,
Muqaddas Ayol!

Chorlashganda sen kelsang, goh bekor kelsang-da,
Mast davraga bir sarin yel, bir tor kelsang-da,
Xor kelsang-da, nomardlarga goh xor kelsang-da,
Sen bari bir muqaddassan,
Muqaddas Ayol!

Qimtinasan, astagina ko‘tarasan bosh,
Ming yillikdir ko‘zingdagi jovdiragan yosh,
Gunohkorlar mingu bitta Senga tegar tosh,
Sen bari bir muqaddassan,
Muqaddas Ayol!

Harir, xushbo‘y badaningda toshlar izi bor,
Ko‘kragingda egilgan ne boshlar izi bor,
Quyosh izi, kuydirgan quyoshlar izi bor,
Sen bari bir muqaddassan,
Muqaddas Ayol!


Halima Xudoyberdiyeva


📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
18👍5😍2👏1
📊 O'zbekiston Milliy kutubxonasining 2026-yil fevral oyi uchun foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatish ko'rsatkichlari

📚 O'zbekiston Milliy kutubxonasiga 2026-yil fevral oyida kelib tushgan yangi nashrlar

🤝 Kitoblarni nashr etishdan oldin O‘zbekiston nashriyotlari bilan hamkorlik (2026-yil, fevral)

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
8👍4🥰2👏1😍1💯1
#kitobxon_oila

📚 Bolangizni tushunasizmi?
✍️ S. Nazarova
Bola — hayot guli. Uning qalbi va dunyoqarashini qanchalik anglaymiz?

Ushbu kitob ota-onalarga farzandini chuqurroq tushunish, u bilan samimiy va ishonchli munosabat qurishga yordam beradi.

📖 Farzandingiz dunyosini kashf etishga tayyormisiz?

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
11
#E’tirof

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoni

Shavkat Mirziyoyev tomonidan mamlakatimizda xotin-qizlarning jamiyat hayotidagi o‘rni va nufuzini yuksaltirish, ularning fidokorona mehnatini e’tirof etish maqsadida bir guruh soha vakillari mukofotlandi.

Shu jumladan, axborot-kutubxona tizimi xodimalari ham yuksak e’tirofga sazovor bo‘ldi:

📚 Turayeva Salixa DusanovnaAlisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tasarrufidagi Guliston tumani axborot-kutubxona markazi direktori.
U rahbarlik qilayotgan markazda zamonaviy axborot-resurs bazasini shakllantirish, elektron katalog va raqamli xizmatlarni rivojlantirish, kitobxonlarga sifatli axborot-kutubxona xizmatlari ko‘rsatish borasida samarali ishlar amalga oshirilmoqda.


📖 Xalbayeva Gulandan BaltabayevnaXorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumani ko‘zi ojizlar axborot-kutubxona markazi direktori.
U imkoniyati cheklangan kitobxonlar uchun maxsus adabiyot fondini boyitish, audio va Brayl resurslarini kengaytirish, inklyuziv kutubxona muhitini yaratish hamda kitobxonlik madaniyatini targ‘ib etishda tashabbuskorlik ko‘rsatib kelmoqda.


Mazkur mutaxassislar kutubxonachilik, bibliografiya, axborot xizmatlari va ma’naviy-ma’rifiy faoliyatni rivojlantirish orqali jamiyatimizda kitobxonlik muhitini mustahkamlashga munosib hissa qo‘shib kelmoqdalar.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram
l
Instagram
YouTube
Facebook
l
Twitter
l
Website
👍18🔥7👏53💯2
#Malumot

📌 Hurmatli kutubxona foydalanuvchilari!

Kitob izlayapsizmi? Qanday asar kerakligini aniq bilasizmi yoki muayyan mavzudagi adabiyotlarni qidiryapsizmi? Unda sizga kutubxonamizdagi katalog va kartotekalar yordamga keladi!

🔎 Katalogkutubxona fondidagi barcha kitoblar haqidagi tartiblangan ma’lumotlar majmuasi. Muallif, sarlavha yoki mavzu bo‘yicha kerakli kitobni tez va oson topish imkonini beradi.
🗂 Kartotekamaqola, to‘plam va boshqa manbalar haqidagi qo‘shimcha ma’lumotlar jamlanmasi. Ayniqsa, ilmiy izlanish olib borayotganlar uchun juda qulay.

Katalog va kartotekalar orqali:
✔️ kerakli nashrlarni tez va oson topa olasiz,
✔️ qimmatli vaqtingizni tejaysiz,
✔️ izlanishingizni samarali tashkil etasiz. Bundan tashqari raqamlashtirilgan kitoblarning elektron variantini onlayn, ya'ni istalgan manzilda turib izlab o'qisangiz va topsangiz bo'ladi. Elektron katologlarni www.natlib.uz sayti orqali topishingiz mumkin.

Batafsil ma’lumot olish uchun kutubxona xodimlariga murojaat qilishingiz mumkin.

📖 Bilim sari qadamni bugundan boshlang!

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
👍132🔥2👏1👌1💯1
2026-yil 4-mart kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi “O‘zbekiston” zalida Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, “Shuhrat” medali, “Doʻstlik” ordeni sohibasi, shoira Farida Afro‘z tavalludining 70 yilligiga bag‘ishlangan “Mehrdan to‘kilgan satrlar" deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazma qo‘yildi.
Birinchi sheʼrini 5-sinfda oʻqib yurgan kezlarida yozgan Farida Afro‘z (Bo‘tayeva) keyinchalik "Qirqkokilligim", "Iztirob ko‘ylagi", "Tunlar isyoni", "Ko‘zim manim…", "Qurbonjon dodxoh" tarixiy dramasi, "O‘zimdan o‘zimgacha", "Poka yest' na zemle razluka…", "Ot Faridi Afruz" (Moskva), "Gun aydin" (Istambul), "Ushshoq", "Tasbih", "O‘sha kun – bugundir” singari she'riy to‘plamlari bilan she'riyat muxlislari qalbidan joy oldi. Uning she'rlari rus, turk, ingliz, nemis, fransuz, fors, uyg‘ur, ozar, gagouz, xitoy, koreys tillariga tarjima qilingan.

O‘z navbatida shoira ham jahon adabiyotidan yapon haykularini, turk she'riyatidan Mustafo Otaturk, Ziyo Ko‘kalp, Husayn Otsiz, Dog‘larja, Ismat O‘zal she'rlarini, fors she'riyatidan Mehri Hirotiy hamda zamonaviy fors she'riyatidan Zahro Abul Husayniy, Sudoba, Soya Kabiriy g‘azallarini, zamonaviy qozoq va qoraqalpoq she'riyatidan va amerikalik ruhshunos Deyl Karnegi asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan.
Kitob-rasmli ko‘rgazmada Farida Afro‘zning O‘zbekiston Milliy kutubxonasi kitob fondidan joy olgan she'riy kitoblari va tarjimalari o‘rin olgan.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
👍9👏3🔥21🎉1🤩1
Sharq va Gʻarb ayollari haqida tarixiy kitoblar...

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining nodir fondida saqlanayotgan Sharq va Gʻarb ayollari haqidagi tarixiy kitoblar tadqiqotchilar tomonidan qiziqib o‘rganiladi.


Avstriyalik yozuvchi Amand fon Shveyger-Lerxenfeldning “Женщина ея жизнь, нравы и общественное положенiе у всех народовъ земнаго шара” asarida jahondagi turli xalq ayollarining turmush tarzi, kundalik hayoti, urf-odatlari haqida so‘z yuritiladi. O‘rta Osiyo ayollari haqida kitobning 105-128 betlarida ma’lumotlar berilgan. Kitobda mavzu bo‘yicha rasmlar ilova qilingan.
O. Olufsenning asarida xalqlarning hayoti, urf-odati va kundalik turmushi haqida ma’lumotlar keltirilgan.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
👍82🔥1👏1🤩1😍1
#Onam qalbim quyoshi

Sen bahorni sog'inmadingmi?

Uyg'onguvchi bog'larni kezdim,
Topay dedim qirdan izingni.
Yonog'ingdan rang olgan dedim –
Lolazorga burdim yuzimni,
Uchratmadim ammo o'zingni,
- Sen bahorni sog'inmadingmi?

Uzoqlarda zalvorli tog'lar
Xayolimni keldilar bosib.
Kechdi qancha intizor chog'lar,
Vasling menga bo'lmadi nasib,
Sensiz men ham, bahor ham g'arib,
- Sen bahorni sog'inmadingmi?

O'ngirlarda sakraydi ohu,
Na'matakda sa'va mittijon.
Qorliklardan sipqarilgan suv,
Daralarda uradi javlon.
Nigohimdan faqat sen pinhon,
- Sen bahorni sog'inmadingmi?

Mana, bugun navro'zi olam,
Do'stlarimga gullar tutarman.
Qaylardasan, sevgili erkam...
Qo'limda gul, seni kutarman,
Umrim bo'yi chorlab o'tarman,
-Sen bahorni sog'inmadingmi?

Abdulla Oripov


📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
6🔥4👍2👏1