Bugun Toshkent shahar Yangi hayot tumanida joylashgan Toshkent iqtisodiyot va soliq texnikumida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir Yangi hayot tumani hokimligi Oila va xotin-qizlar bo‘limi tashabbusi bilan tashkil etildi.
Shuningdek, tadbirda:
🔹 Yangi hayot tumani hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori Karimova Tursunoy Parkatovna
🔹 Texnikumning Yoshlar ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Axmedova Gulhayo ishtirok etdilar va so‘zga chiqdilar.
Tadbir davomida ayolning jamiyat hayotidagi o‘rni, ma’rifat va ma’naviyatning ahamiyati, yoshlar tarbiyasida kitobxonlikning o‘rni haqida fikr-mulohazalar bildirildi.
Unda O‘zbekiston Milliy kutubxonasi vakillari faol ishtirok etdilar. Tadbir mehmonlari:
✨ O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, ma’naviy-ma’rifiy ishlar targ‘ibotchisi, shoira Gulchehra Shohobiddin
✨ O‘zbekiston Milliy kutubxonasi xizmat rahbari Matluba Mirxodjayeva
Shuningdek, tadbirda:
🔹 Yangi hayot tumani hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori Karimova Tursunoy Parkatovna
🔹 Texnikumning Yoshlar ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Axmedova Gulhayo ishtirok etdilar va so‘zga chiqdilar.
Tadbir davomida ayolning jamiyat hayotidagi o‘rni, ma’rifat va ma’naviyatning ahamiyati, yoshlar tarbiyasida kitobxonlikning o‘rni haqida fikr-mulohazalar bildirildi.
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l Instagram l YouTube l Facebook l Twitter l Website
❤11🔥8💯4👍3😍3🥰2🎉1
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi xalqaro hamkorlikni kengaytirmoqda
2026-yil 26-fevral kuni Accessible Books Consortium (ABC) xalqaro konsorsiumi va O‘zbekiston Milliy kutubxonasi xalqaro aloqalarni tashkil etish xizmati bilan Zoom platformasi orqali uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Ma’lumot uchun: 2022-yil 7-mart kuni O‘zbekiston Respublikasining Marrakesh shartnomasiga qo‘shilishi bo‘yicha muhim tarixiy qadam qo‘yildi. Intellektual mulk bo‘yicha Umumjahon tashkiloti (WIPO) Bosh direktori Daren Tang va O‘zbekiston Respublikasining Jenevadagi BMT bo‘limi va boshqa xalqaro tashkilotlardagi doimiy vakili, elchi Ulug‘bek Lapasov ushbu shartnoma to‘g‘risidagi rasmiy hujjatni imzoladi.
Mazkur hujjat O‘zbekiston fuqarolari — ko‘zi ojiz, ko‘rish imkoniyati cheklangan yoki bosma matnni o‘qishda jismoniy qiyinchiliklarga ega shaxslar uchun xorijiy adabiyotlarni Brayl yozuvida va boshqa mos shakllarda foydalanish imkonini yaratdi. Bu esa, ushbu toifadagi foydalanuvchilarning axborotga teng huquqli kirishini ta’minlash yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.
Muloqot davomida Accessible Book Service platformasining texnik imkoniyatlari, xalqaro a’zo kutubxonalar bilan integratsiyalashuv mezonlari, shuningdek, O‘zbekiston axborot-kutubxona tizimidagi qamrov holati keng muhokama qilindi. Tomonlar foydalanuvchilar uchun to‘siqlarsiz o‘qish muhiti yaratish, hamda maxsus ehtiyojli kitobxonlarga xalqaro andozalarga mos axborot xizmatini takomillashtirishga qaratilgan istiqbolli yo‘nalishlarni belgilab olishdi.
Ushbu tashabbuslar O‘zbekistonning global axborot-kutubxona makonidagi faolligini oshirish, shuningdek, barcha qatlamdagi foydalanuvchilarga teng imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi.

🔥7👏3❤2😍1
2026-yil 26-fevral kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga Shayhontohur tumanida joylashgan "Rayan Kids" xususiy maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyalanuvchilari tashrif buyurdilar.
Keyingi qadam kutubxona bilan tanishuv bo‘ldi.
Tashrif bolajonlarni kitoblar olami bilan tanishtirish loyihasi doirasida amalga oshirildi.
Tarbiyachilarning aytishicha, bolajonlarga kitoblar, ularning mohiyati haqida tushuncha berilgan, bolajonlar kitob haqida she'rlar yod olishgan, kitoblarning rasmini chizishgan.
Keyingi qadam kutubxona bilan tanishuv bo‘ldi.
Tashrif bolajonlarni kitoblar olami bilan tanishtirish loyihasi doirasida amalga oshirildi.
Jajji kitobxonlar uchun Milliy kutubxona bo‘ylab tanishtiruv ekskursiyasi tashkil etildi.
Kitoblar va ularning sehrli olami bilan tanishar ekan, bolajonlar o‘z hissiyotlarini yashirmadilar, taassurotlari bilan o‘rtoqlashdilar. Bolajolar ko‘zlarida porlagan quvonch uchqunlari kelajakda kitobxonlar safi kengayishi hamda yurtimizning ma'naviy salohiyati yuksalajagidan dalolatdir.
📱
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram
l
l
YouTube
l
l
l
Website
👍8❤3😍2🔥1🥰1👌1
1-mart — O‘zbekiston xalq shoiri, atoqli jamoat arbobi
Zulfiyaxonim tavallud topgan kun
Zulfiya ijodi o‘zbek adabiyotida alohida o‘rin tutadi. Uning she’rlarida ona Vatan, muhabbat, sadoqat, insoniylik va ayol qalbining nafis tuyg‘ulari yuksak badiiy mahorat bilan tarannum etilgan. Shoiraning asarlari nafaqat o‘z davrida, balki bugun ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan.
Ilm va adabiyot yo‘lida xizmat qilgan buyuk shoira xotirasi hamisha barhayotdir.
Zulfiyaxonim tavallud topgan kun
Bugun o‘zbek she’riyatining yorqin namoyandasi, nozik qalb kuychisi, Vatanga sadoqat va muhabbat timsoli bo‘lgan Zulfiyaxonim tavalludining 111 yilligi nishonlanmoqda.
Zulfiya ijodi o‘zbek adabiyotida alohida o‘rin tutadi. Uning she’rlarida ona Vatan, muhabbat, sadoqat, insoniylik va ayol qalbining nafis tuyg‘ulari yuksak badiiy mahorat bilan tarannum etilgan. Shoiraning asarlari nafaqat o‘z davrida, balki bugun ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan.
Zulfiyaxonim o‘zining serqirra ijodi va jamoatchilik faoliyati bilan xalqimiz qalbidan chuqur joy olgan. Uning nomi nafaqat she’riyat, balki ma’naviyat va ma’rifat ramzi sifatida e’zozlanadi.
Ilm va adabiyot yo‘lida xizmat qilgan buyuk shoira xotirasi hamisha barhayotdir.
📱
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram
l
l
YouTube
l
l
l
Website
❤14🔥4👍2😍1
Bugun tunda kelarmish bahor
Derazangdan mo'ralab asta,
Gul yuzingdan bo'lib shikasta,
Uzun qishga siltab qo'lini,
Ham qalbingdan boshlab yo'lini,
To'qqiz oyki, yelarmish bahor ,
Bugun tunda kelarmish bahor.
Qoru muzni suvga g'arq qilib,
Izg'irinni butkul tark qilib,
Eshitgandek mening nolamni,
Guldastaga o'rab olamni,
Tushda boshing silarmish bahor,
Bugun tunda kelarmish bahor.
Go'zallikni eltib jahonga,
Sano aytib har òtgan onga,
Jamolingga bo'lib mahliyo,
Istarangdan olgancha ziyo
Bizga iqbol tilarmish bahor,
Bugun tunda kelarmish bahor.
Unutilar hazonrez kuz,
Tabassuming yuzingga bezak.
Mehrlaring menga og'dirib,
Suvlarini elarmish bahor,
Bugun tunda kelarmish bahor.
Hissiyotga to'ldirib dilni,
Kengaytirib kichik ko'ngilni,
Duolarga ijobat etib,
Tabiatni chamanzor etib,
Baxtimizdek kularmish bahor,
Bugun tunda kelarmish bahor!
Bahorning ilk kuni qutlug' bo'lsin!
Derazangdan mo'ralab asta,
Gul yuzingdan bo'lib shikasta,
Uzun qishga siltab qo'lini,
Ham qalbingdan boshlab yo'lini,
To'qqiz oyki, yelarmish bahor ,
Bugun tunda kelarmish bahor.
Qoru muzni suvga g'arq qilib,
Izg'irinni butkul tark qilib,
Eshitgandek mening nolamni,
Guldastaga o'rab olamni,
Tushda boshing silarmish bahor,
Bugun tunda kelarmish bahor.
Go'zallikni eltib jahonga,
Sano aytib har òtgan onga,
Jamolingga bo'lib mahliyo,
Istarangdan olgancha ziyo
Bizga iqbol tilarmish bahor,
Bugun tunda kelarmish bahor.
Unutilar hazonrez kuz,
Tabassuming yuzingga bezak.
Mehrlaring menga og'dirib,
Suvlarini elarmish bahor,
Bugun tunda kelarmish bahor.
Hissiyotga to'ldirib dilni,
Kengaytirib kichik ko'ngilni,
Duolarga ijobat etib,
Tabiatni chamanzor etib,
Baxtimizdek kularmish bahor,
Bugun tunda kelarmish bahor!
Zulfiyaxonim
Bahorning ilk kuni qutlug' bo'lsin!
📱
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram
l
l
YouTube
l
l
l
Website
Telegram
Milliy kutubxona | Rasmiy
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining telegramdagi rasmiy sahifasi
Bizni ijtimoiy tarmoqdagi boshqa sahifalarimizni ham kuzatib boring 👉 https://natlib.taplink.ws
Murojaat uchun: @infonatlib_bot

👍12❤7🔥2😍2👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Shahar_koʻchalari_adiblar_nomi_bilan
✅ “Shahar ko‘chalari adiblar nomi bilan” loyihamiz davom etadi.
📌 Ushbu loyiha orqali siz, aziz kitobxonlarga adiblar, san'at namoyondalari, ilm-fan arboblari va Renessans davri allomalari nomi berilgan shahrimiz ko‘chalari haqidagi ma’lumotlar bilan tanishtirib boramiz.
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l Instagram l YouTube l Facebook l Twitter l Website
✅ “Shahar ko‘chalari adiblar nomi bilan” loyihamiz davom etadi.
📌 Ushbu loyiha orqali siz, aziz kitobxonlarga adiblar, san'at namoyondalari, ilm-fan arboblari va Renessans davri allomalari nomi berilgan shahrimiz ko‘chalari haqidagi ma’lumotlar bilan tanishtirib boramiz.
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l Instagram l YouTube l Facebook l Twitter l Website
👍13❤7🔥3👏1😍1💯1
#TOP10
📚 Milliy kutubxonaning Dispetcherlik xizmati va Adabiyotlarni berish kafedrasi tomonidan 2026-yil fevral oyida kitobxonlar orasida eng ko‘p foydalanilgan adabiyotlar TOP–10 taligi shakillantirildi.
Reyting kitobxonlar murojaatlari va foydalanish faolligi asosida tuzildi. Ushbu ro‘yxat eng ommabop, qiziqarli va foydali kitoblarni o‘zida mujassam qildi.
💬 Siz qaysi birini o‘qigansiz yoki o‘qimoqchisiz?

👍10❤3🔥1
#Onam qalbim quyoshi
Muqaddas Ayol!
Oshiqlaring poyingga gul otib ham bo‘ldi,
Xilvatlarda labingdan bol totib ham bo‘ldi,
Va bu haqda kimlargadir sotib ham bo‘ldi,
Sen bari bir muqaddassan,
Muqaddas ayol!
“Avval: “Kel-ey, quchog‘imga to‘l, balq”, dedilar,
Unamading, ayol o‘zi ters “xalq”, dedilar.
Icholmagach yuz o‘girib sho‘r, talx, dedilar,
Sen bari bir muqaddassan,
Muqaddas Ayol!
Sen daryosan, o‘pganini qirg‘oq yashirar,
Juftim bo‘l, — deb chopganini har toq yashirar,
Jannatim, — deb quvonmasdan qumloq yashirar,
Sen bari bir muqaddassan,
Muqaddas Ayol!
Asli bu bor ermaklarning borar yeri Sen,
Rostu yolg‘on ertaklarning borar yeri Sen,
Asov otday erkaklarning borar yeri Sen,
Sen bari bir muqaddassan,
Muqaddas Ayol!
Chorlashganda sen kelsang, goh bekor kelsang-da,
Mast davraga bir sarin yel, bir tor kelsang-da,
Xor kelsang-da, nomardlarga goh xor kelsang-da,
Sen bari bir muqaddassan,
Muqaddas Ayol!
Qimtinasan, astagina ko‘tarasan bosh,
Ming yillikdir ko‘zingdagi jovdiragan yosh,
Gunohkorlar mingu bitta Senga tegar tosh,
Sen bari bir muqaddassan,
Muqaddas Ayol!
Harir, xushbo‘y badaningda toshlar izi bor,
Ko‘kragingda egilgan ne boshlar izi bor,
Quyosh izi, kuydirgan quyoshlar izi bor,

Halima Xudoyberdiyeva
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l Instagram l YouTube l Facebook l Twitter l Website
❤18👍5😍2👏1
📊 O'zbekiston Milliy kutubxonasining 2026-yil fevral oyi uchun foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatish ko'rsatkichlari
📚 O'zbekiston Milliy kutubxonasiga 2026-yil fevral oyida kelib tushgan yangi nashrlar
🤝 Kitoblarni nashr etishdan oldin O‘zbekiston nashriyotlari bilan hamkorlik (2026-yil, fevral)

❤8👍4🥰2👏1😍1💯1