Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazida 2026-yil 25-fevral kuni shoir va tarjimon, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist Gʻulom Mirzoning “Saylanma: Ey, Oy!” nomli she’rlar to‘plami taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi tashkil topganining 30 yilligi va 27 fevral – Xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlari kuniga bag‘ishlandi.
Iste’dodli shoir Gʻulom Mirzoning ijodi o‘zbek kitobxonlariga yaxshi tanish. Shoirning “Ey, Oy” saylanma kitobida “dil” obrazi oyparast dil maqomida namoyon bo‘lmoqda. Saylanma shoirning “Ey, Oy” she’ri sarlavhasi bilan nomlangani bejiz emas. Shoir Oyni — Sharqda ezgulik ramzi bo‘lgan afsonaviy qush, baxt qushi, “davlat qushi” — humo (humoy) qushiga qiyoslaydi.
Uning “Ey, Oy” saylanmasida yangi tarjimalari ham e’lon qilingan. Rus tilida ijod qiluvchi taniqli shoir va tarjimon Rifat Gumerovning bir turkum she’rlari o‘zbek tilida taqdim etilgan. Shu o‘rinda mazkur tarjimon ham Gʻulom Mirzoning "Ey, Oy!" nomli kitobini rus tiliga tarjima qildi.
Ushbu kitob taqdimotida akademik, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori, Akmal Saidov, O'zbekiston Milliy kutubxonasi direktori Umida Teshabayeva, O‘zbekiston Veteran jangchi-faxriy va nogironlari birlashmasi raisi Tal’at Muradov va bir qator soha mutaxasislari ishtirok etdi. Taqdimoti bo'lib o'tayotgan kitoblarda muallifning so‘nggi yillarda yozilgan she’rlari, shuningdek, avvalgi she’riy to‘plamlariga kirgan ijod namunalari ham jamlangan.
Iste’dodli shoir Gʻulom Mirzoning ijodi o‘zbek kitobxonlariga yaxshi tanish. Shoirning “Ey, Oy” saylanma kitobida “dil” obrazi oyparast dil maqomida namoyon bo‘lmoqda. Saylanma shoirning “Ey, Oy” she’ri sarlavhasi bilan nomlangani bejiz emas. Shoir Oyni — Sharqda ezgulik ramzi bo‘lgan afsonaviy qush, baxt qushi, “davlat qushi” — humo (humoy) qushiga qiyoslaydi.
Uning “Ey, Oy” saylanmasida yangi tarjimalari ham e’lon qilingan. Rus tilida ijod qiluvchi taniqli shoir va tarjimon Rifat Gumerovning bir turkum she’rlari o‘zbek tilida taqdim etilgan. Shu o‘rinda mazkur tarjimon ham Gʻulom Mirzoning "Ey, Oy!" nomli kitobini rus tiliga tarjima qildi.
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l Instagram l YouTube l Facebook l Twitter l Website
👍8❤4🔥4👏1
Kengash yig‘ilishida Milliy kutubxona direktori Umida Teshabayeva, Yoshlar ishlari agentligi bo‘lim boshlig‘i Elyor Norpo‘latov, direktor o‘rinbosarlari Alimardon Rahmonov, Nasiba Xoldorova, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti professori Marat Alimovich Raxmatullayev, Respublika metodik kengashi a’zolari hamda hududiy axborot-kutubxona markazlari rahbarlari esa onlayn shaklda ishtirok etdi.
Kun tartibida quyidagi asosiy masalalar ko'rib chiqildi:
✔️ 2030-yilgacha mo‘ljallangan ustuvor islohotlar
✔️ Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish
✔️ Sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish
✔️ Xalqaro konferensiyaga tayyorgarlik
O'zbekiston Milliy kutubxonasi direktori Umida Teshabayeva:
Kengash muhokamasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PF-21-son Farmoni – “Mamlakat taraqqiyotining 2030 yilgacha mo‘ljallangan ustuvor yo‘nalishlari doirasida islohotlarni izchil davom ettirish va yangi bosqichga olib chiqishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”hujjati ijrosi yuzasidan vazifalar kiritdi. Shuningdek, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida: real sharoitga mos va o‘lchab bo‘ladigan samaradorlik ko‘rsatkichlarini belgilash, o‘rta muddatli maqsadlarni yangi global tendensiyalar asosida yangilash, monitoring jarayonlarini to‘liq raqamlashtirish, soha va hududiy strategiyalarni yagona tizim bilan uyg‘unlashtirish masalalarini alohida ta’kidlab o'tdi.
Yoshlar ishlari agentligi bo'lim boshlig'i Elyor Norpo‘latov va O'zbekiston Milliy kutubxonasi direktor o'rinbosari Alimardon Rahmonov:
2026-yil 15-yanvardagi PQ-9-son qarori – “Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholi o‘rtasida kitob o‘qishga qiziqishni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” hujjati ijrosini samarali tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan axborot berib o'tdilar.
Asosiy e’tibor — yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni tizimli targ‘ib qilish, zamonaviy formatlar va raqamli platformalarni keng joriy etishga qaratildi.
Prof. Marat Alimovich Raxmatullayev :
Sun'iy intellekt va texnologiyalarni joriy etish va uni hayotga tatbiq etish masalasi bilan tanishtirdi, qolaversa 2025-yil 21-oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida o‘tkazilgan yig‘ilish bayoni hamda 2025-yil 15-noyabrdagi 02-RA 1-18275-son topshiriq ijrosi yuzasidan axborot berdi. Davlat boshqaruvi, iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarda sun’iy intellekt texnologiyalarini jadal joriy etish, jumladan, axborot-kutubxona tizimida AI yechimlaridan foydalanish istiqbollari va uni hayotga tatbiq etish masalalarini taqdim etdi.
O'zbekiston Milliy kutubxonasi direktor o'rinbosari Nasiba Xoldorova esa :
Kutubxonachilik va kitobxonlik madaniyatini shakllantirish va rivojlantirish borasida va har yili an'anaviy tarzda bo'lib o'tadigan “Central Asia – fan, ta’lim, madaniyat va biznesda internet va axborot-kutubxona resurslari” xalqaro konferensiyasini o‘tkazishga tayyorgarlik jarayonlari haqida ma’lumot berib o'tdi.
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l Instagram l YouTube l Facebook l Twitter l Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8🔥2❤1👏1🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
✔️ 2030-yilgacha mo‘ljallangan ustuvor islohotlar
✔️ Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish
✔️ Sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish
✔️ Xalqaro konferensiyaga tayyorgarlik
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l Instagram l YouTube l Facebook l Twitter l Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥3❤1🎉1🤩1😍1💯1
📝So‘zga chiqqanlar sheʼriyat muxlislariga tanish bo‘lgan, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoira Oygul Ubaydulla qizi she’riyatida lirik kechinmalar va o‘zlikni anglash, yolg‘izlik va ruhiy iztiroblar, samimiyat va his-tuyg‘ular asosiy o‘rin tutishini, uning ijodi, xususan, inson qalbidagi ichki ziddiyatlar, sog‘inchga boy bo‘lib, o‘quvchini ruhiy tahlilga chorlashini ta'kidladilar. Oygul Ubaydulla qizi she’riyat bilan bir qatorda, o‘zbek nasrida ham ijod qilib kelmoqda.
📝Oygul Ubaydulla qizi qalamiga mansub “To‘kilayotgan yaproqlar” kitobida ijodkor dil suvratining goh mayus, armonli, g‘amgin, gohida shukronalik, baxtu quvonch aralash rangin jilolari o‘ziga xos tashbehlarda chiroyli tasvir etilgan. Kitobda Vatan, tarix, tinchlik, muhabbat, do‘stlik mavzulari, yurt chehrasini bezagan to‘rt fasl manzaralari o‘ziga xos yorqin tarzda namoyon bo‘ladi. Kitobni o‘qish jarayonida shoiraning satrlarida ezgulik, yaxshilik, mehr, muhabbat, sadoqat, oqibat kabi inson maʼnaviyatining gultoji bo‘lgan qadriyatlar ifori taralayotganini his qilasiz. Mana shu ifor qalbingizni nurlantirishga qodir lahzalarni, kunlarni o‘quvchiga inʼom etadi. Kitob mutolaasi Siz o‘quvchini sheʼriyatning sehrli olamiga yetaklab kirib, yangi maʼnaviyat chashmasidan nasiba ulashadi.
📝“Adashmagin yo‘lingdan, bolam” kitobida Vatan, tinchlik, xotirjamlik kabi neʼmatlarning qadriga yetmay, shukur qilmay o‘zga yurtdan shohona hayot, baxt izlab ketganlarning, aldanganlarning achchiq, alamli qismati hikoya qilingan. Mazkur sheʼriy dostonida esa internet orqali “do‘stlar” topgan yigitning terroristik oqimga qo‘shilib qolgani, jangarilar bilan Suriyadagi urushda qatnashgani va oxir oqibatda tutgan yo‘li xato ekanligini anglab, nadomat chekib yurtga qaytganligi qalamga olingan. Ushbu kitobni o‘qib bo‘lganingizdan so’ng tinchlikning naqadar buyuk ehson ekanligini va uni ko‘z qorachig‘idek asrash kerakligini anglaysiz.
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l Instagram l YouTube l Facebook l Twitter l Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13🔥9🎉8😍7🤩6❤5💯5🥰3