Milliy kutubxona | Rasmiy
9.65K subscribers
13K photos
1.93K videos
467 files
6.41K links
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining telegramdagi rasmiy sahifasi

Bizni ijtimoiy tarmoqdagi boshqa sahifalarimizni ham kuzatib boring 👉 https://natlib.taplink.ws

Murojaat uchun: @infonatlib_bot
Download Telegram
2026-yil 13-fevral kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi mutaxassislari Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazida “Akademik soat” tadbirlarida qatnashdilar.

“Akademik soat”da Xalqaro aloqalarni tashkil etish xizmati rahbari G. Kabiljanova, mazkur xizmat bosh mutaxassisi H. Boysunova, Milliy umumta’lim elektron kutubxonasi rahbari A. Kattabekov hamda Milliy bibliografiya ma’lumotlar bazasini shakllantirish xizmati mutaxassisi D. Irgashovalar ishtirok etdilar.


Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti doktorantlari, O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasining “Inson huquqlariga oid xalqaro huquq” magistraturasi tinglovchilari, yosh huquqshunos olimlar, magistrlar hamda ilmiy tadqiqotchilar uchun mo‘ljallandi.

Mutaxassislar ilmiy tadqiqot metodologiyasiga oid quyidagi mavzularda ma’lumotlar taqdim etdilar:

- “O‘zbekiston Milliy kutubxonasi milliy va xorijiy bazalaridan foydalanish hamda ilmiy ishlarni chop etish bo‘yicha ko‘nikmalarni oshirish”;

- “Standartga muvofiq adabiyotlarni bibliografiyalash qoidalari”.


Tadbir davomida ishtirokchilarga milliy va xalqaro ma’lumotlar bazalaridan samarali foydalanish, ilmiy maqolalarni nashrga tayyorlash, manbalarni to‘g‘ri rasmiylashtirish va bibliografik yozuvlarni standart talablar asosida tuzish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
👍8🔥41
Joriy yilning 13-fevral kuni O'zbekiston Milliy kutubxonasi mutaxassis xodimlariga Alexander Sipensky tomonidan nufuzli ilmiy ma’lumotlar platformalaridan biri CNKI (China National Knowledge Infrastructure) bazasidan samarali foydalanish bo‘yicha amaliy vebinar tashkil etildi. Vebinar davomida obuna doirasida taqdim etilgan jurnallarning ilmiy maqolalari orasidan resurslarni qidirish hamda platformaning analitik vositalaridan unumli foydalanish haqida ma'lumotlar taqdim etildi.
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
👍115🔥3👌2
“ECO (Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti)” Milliy kutubxonalari  mutaxassislari onlayn yig‘ilish

2026-yil 12-fevral kuni  Turkiya Milliy kutubxonasi tomonidan tashkil etilgan “Saqlash, qo‘lyozmalar va nodir kitoblar”, “Raqamli kutubxonalar” hamda  “Ta’lim va tadqiqotlar” qo‘mitalarining  birinchi onlayn uchrashuvi o‘tkazildi.  Mazkur yig‘ilish “ECO (Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti)” ga a’zo davlatlar Milliy kutubxonalari direktorlarining 7-Konferensiyasida qabul qilingan qarorlarga muvofiq tashkil etildi. Mazkur tadbirda Afg‘oniston, Ozarbayjon, Eron, Qozog‘iston, O‘zbekiston hamda Turkiya Milliy kutubxonalari mutaxassislari ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida Qo‘mitaning asosiy vazifalari: yiliga ikki marta onlayn uchrashuv o‘tkazish, raisga muntazam hisobot taqdim etish, 2027-yilgacha mo‘ljallangan Mintaqaviy yo‘l xaritasini ishlab chiqishga hissa qo‘shish  kabi vazifalar muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida barcha a’zolarning faol ishtiroki va konstruktiv takliflari uchun minnatdorlik bildirildi.
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
🔥42👍2👌1
2026-yil 15-fevral kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida shoira Saida Zunnunova tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlangan “She'r qalbiga ko‘chgan tug‘yonlar” deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazma qo‘yildi.

📚 Iste'dodli shoira, jozibali nasriy asarlar muallifi Saida Zunnunovaning birinchi she'ri 1945-yili “Paxta fronti” gazetasida bosilgan. U “Gulxan” jurnali, “O‘zbekiston madaniyati” gazetasi va Badiiy adabiyot nashriyotida, shuningdek, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida maslahatchi bo‘lib xizmat qildi.
U o‘zbek xotin-qizlari hayotini o‘rganish, ular turmushidagi mashaqqatli jihatlarni yoritish maqsadida oila va muhabbat mavzuida bir qancha hikoya va qissalar yozdi. Uning “Gulbahor” hikoyalar to‘plamida ishchilar hayoti, oila va muhabbat mavzulari aks etgan bo‘lsa, “Gulxan” qissasining asosiy qahramoni ayollar bo‘lib, ularning yigirmanchi yillardagi kurashi o‘ziga xos badiiy bo‘yoqlarda ifodalangan. Adiba yozgan “Olov”, “Bo‘ylaringdan o‘rgilay”, “Direktor” kabi asarlarining qahramonlari ham ayollardir.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
6👍6🔥4🥰1😍1