Milliy kutubxona | Rasmiy
9.68K subscribers
13K photos
1.93K videos
467 files
6.41K links
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining telegramdagi rasmiy sahifasi

Bizni ijtimoiy tarmoqdagi boshqa sahifalarimizni ham kuzatib boring 👉 https://natlib.taplink.ws

Murojaat uchun: @infonatlib_bot
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kutubxona_OAV_nigohida Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasida Navoiy tavalludining 585 yilligi munosabati bilan ma'naviy ma'rifiy tadbir tashkil etildi. 📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
👍53🔥2🥰1🎉1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kutubxona_OAV_nigohida Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasida “Qizlar tarbiyasi – millat kelajagi” mavzusida volontyor qizlar forumi o‘tkazildi. 📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
👍52🔥2🥰1🤩1😍1
Joriy yilning 12-fevral kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi Ilmiy-metodik xizmati tashabbusi bilan navbatdagi metodik to‘garak tashkil etildi.
Metodik to‘garak mavzusi — “O‘zbekiston kutubxonalari uchun IFLA Butunjahon kongressi – 2026 da ishtirok etish imkoniyatlari” bo‘lib, uni Xalqaro aloqalarni tashkil etish xizmati mutaxasis Husniya Boysunova olib bordi.

Mazkur mashg‘ulotda IFLA Butunjahon kongressida ishtirok etish tartibi, xalqaro hamkorlik imkoniyatlari, ariza topshirish jarayonlari, hamda O‘zbekiston kutubxonalari uchun ochilayotgan istiqbolli yo‘nalishlar haqida batafsil ma’lumot beriladi.
Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, barcha viloyatlar hamda Toshkent shahar tuman (shahar) axborot-kutubxona markazlaridan jami 300 ga yaqin mutaxassis faol ishtirok etdi.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
👍8🔥41🤩1😍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Joriy yilning 10-fevral kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining “Qizlar tarbiyasi – millat kelajagi!” volontyor qizlar forumi bo‘lib o‘tdi.

Forumning ochilish marosimida Bosh vazir o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zulayxo Mahkamova O'zbekiston Milliy kutubxonasi direktori Umida Teshabayeva, Yoshlar ishlari agentligi direktori maslahatchisi, O‘zbekiston volontyorlari assotsiatsiyasi rahbari Shirin Abidova ishtirok etdi.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
👍5🔥53
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mahallamiz_faxrimiz

📌Har bir mahalla — faxrimiz, har bir tashabbus — jamiyat yuksalishiga qadam
Milliy kutubxonaning ijtimoiy tarmoqlari orqali #mahallamiz_faxrimiz nomli xeshtegi ostida mahalla hayotidagi ijobiy o‘zgarishlar, fidoyi insonlar, boy madaniy meros va zamonaviy tashabbuslarni yoritib boramiz.
❗️Shunungdek, yurtimizning turli zamonaviy go'shalari va qadimiy mahallalariga sayohat qilamiz.

🔆Bu sizning bolaligingiz o‘tgan, hayotingizning bir qismi, ko‘nglingiz bog‘langan maskanlar bo‘lishi mumkin.
📎Bizni kuting va biz boramiz.


📖(Ma’lumotlar “Toshkent ensiklopediyasi” kitobidan olindi).

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
🔥83
#Tib_qonunlari

🔖Dunyo ilmini o‘z zamonasida yangi, yuqori bosqichga ko‘tarishga katta hissa qo‘shgan Abu Ali ibn Sinoning “Tib qonunlari” asari olimning kuzatishlari va tajribalariga, nazariy mulohazalariga asoslangan ilmiy asar sifatida buyuk ahamiyatga egadir.

📎Qadrli kitobxonlar! Biz sizlarga #Tib_qonunlari xeshtegi orqali ushbu qimmatli kitobdan qiziqarli ma’lumotlarni berishda davom etamiz.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
🔥7👍32
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Buyuk ajdodimiz Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Milliy kutubxonasi ijodkorlari tomonidan maxsus videorolik tayyorlandi.

Bobur uchun Vatan — taxt emas, Andijon qovunining isi, bolalik xotiralari, yurakdan ketmagan sog‘inch edi.


U Hind zaminida saltanat qurgan bo‘lsa-da,qalbi doimo Andijonda qolgan.

Ushbu videorolikda: tarix bilan sog‘inch,adabiyot bilan xotira, qovun isi bilan Vatan muhabbati bitta tuyg‘uga jamlangan.

Ushbu videorolik sun'iy intellekt Nano Banana va veo 3.1 yordamida generatsiya qilindi.


📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
👍11🔥43👏2😍1
2026-yil 13-fevral kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi mutaxassislari Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazida “Akademik soat” tadbirlarida qatnashdilar.

“Akademik soat”da Xalqaro aloqalarni tashkil etish xizmati rahbari G. Kabiljanova, mazkur xizmat bosh mutaxassisi H. Boysunova, Milliy umumta’lim elektron kutubxonasi rahbari A. Kattabekov hamda Milliy bibliografiya ma’lumotlar bazasini shakllantirish xizmati mutaxassisi D. Irgashovalar ishtirok etdilar.


Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti doktorantlari, O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasining “Inson huquqlariga oid xalqaro huquq” magistraturasi tinglovchilari, yosh huquqshunos olimlar, magistrlar hamda ilmiy tadqiqotchilar uchun mo‘ljallandi.

Mutaxassislar ilmiy tadqiqot metodologiyasiga oid quyidagi mavzularda ma’lumotlar taqdim etdilar:

- “O‘zbekiston Milliy kutubxonasi milliy va xorijiy bazalaridan foydalanish hamda ilmiy ishlarni chop etish bo‘yicha ko‘nikmalarni oshirish”;

- “Standartga muvofiq adabiyotlarni bibliografiyalash qoidalari”.


Tadbir davomida ishtirokchilarga milliy va xalqaro ma’lumotlar bazalaridan samarali foydalanish, ilmiy maqolalarni nashrga tayyorlash, manbalarni to‘g‘ri rasmiylashtirish va bibliografik yozuvlarni standart talablar asosida tuzish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
👍8🔥41