Milliy kutubxona | Rasmiy
9.65K subscribers
13K photos
1.93K videos
467 files
6.41K links
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining telegramdagi rasmiy sahifasi

Bizni ijtimoiy tarmoqdagi boshqa sahifalarimizni ham kuzatib boring 👉 https://natlib.taplink.ws

Murojaat uchun: @infonatlib_bot
Download Telegram
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi tomonidan Ozarbayjon tarixi, madaniyati, adabiyoti, tili hamda ijtimoiy-siyosiy hayotiga oid yangi nashrlarni taqdim etish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir doirasida O‘zbekiston Milliy kutubxonasi fondi, shuningdek, respublikaning 12 viloyati markaziy kutubxonalari uchun mo‘ljallangan kitoblar to‘plami sovg‘a qilindi. Ushbu tashabbus Ozarbayjonga oid o‘zbek tilida nashr etilgan adabiyotlar bilan kutubxona fondlarini boyitish bo‘yicha shakllangan an’ananing izchil davomidir.


Mazkur loyiha ikki mamlakat o‘rtasidagi gumanitar hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Ozarbayjon Respublikasi Prezidentining mamlakatning atoqli shaxslarining yubileylarini nishonlashga oid farmonlariga muvofiq, har yili Ozarbayjon Madaniyat Markazi tomonidan bir qator nashrlar o‘zbek tiliga tarjima qilinib chop etilmoqda hamda O‘zbekistonning kutubxona va ta’lim muassasalariga bepul taqdim etilmoqda.

Taqdim etilgan adabiyotlar orasida Ozarbayjon xalqining Umummilliy Lideri Haydar Aliyevga bag‘ishlangan kitoblar, shuningdek, Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning faoliyati va mamlakatning zamonaviy taraqqiyotini yorituvchi nashrlar alohida o‘rin egallaydi.

Shu bilan birga, Ozarbayjon adabiyoti va madaniyatining atoqli namoyandalari — Muhammad Fuzuliy, Uzeyir Hajibeyli, Baxtiyor Vahobzoda, Maqsud Ibrohimbeyov kabi ijodkorlarning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan kitoblar ham to‘plamdan munosib o‘rin olgan.

Kitoblar fondi zamonaviy badiiy va ilmiy adabiyotlar, tarixiy-hujjatli tadqiqotlar, Ozarbayjon va O‘zbekiston xalqlari o‘rtasidagi ko‘p asrlik madaniy aloqalar va do‘stlikni aks ettiruvchi materiallar, ikki tilli so‘zlashuv qo‘llanmalari, folklor to‘plamlari hamda boshqa nashrlar bilan boyitildi.


Umuman olganda, O‘zbekistonning turli kutubxona muassasalariga ming nusxadan ortiq kitob taqdim etildi.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
12👍6👌2🔥1
2026-yil 11-fevral kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligiga bag‘ishlangan “Bobur yurgan yo'llarda” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktor o'rinbosari N. Xoldorova mazkur tadbirning mohiyati hamda Bobur hayoti va faoliyatini o‘rganishning ahamiyati haqida fikr bildirdi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar, boburshunos olim, fizika va matematika fanlari doktori, akademik Abdulla A'zam, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, adiba va shoira, Temuriy va Boburiy malikalar haqidagi romanlar muallifi Shahodat Isaxonova, boburshunos olim, tarixchi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi Botirali Yo‘ldoshev, jurnalist va manbashunos, “Manbalar so‘zlaganda” ko‘rsatuvi muallifi Dildora Xasanova, filologiya fanlari doktori, adabiyotshunos olim, Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligining Kinoloyihalar bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i Shuhrat Hayitov, O‘zbekiston Respublikasi FA, tarix instituti ilmiy xodimasi Farida Sultonova, Badiiy ijodkorlar uyushmasi a'zosi, haykaltarosh Shohruh O‘rozovlar Boburning hayoti, serqirra ijodi va boy ma'naviy merosi, uning adabiy, ilmiy va falsafiy-diniy asarlarining bugungi kunda ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmaganini ta'kidladilar. Shuningdek ular Boburning davlat arbobi sifatidagi faoliyati haqida so‘zladilar.

Tadbirda o‘zbek davlatchiligi tarixida Boburiylar sulolasining o‘rni va bugungi yoshlar ma'naviyatidagi ibratli jihatlari, Bobur adabiy merosi, sulola vakillarining jahon adabiyoti va san'atiga qo‘shgan hissalarini e'tirof etildi.
Tadbirda O‘zbekiston Davlat filarmoniyasi xonandasi, “Shuhrat” medali sohibasi Oyimxon To‘laeva hamda Milliy gvardiya xodimi Bobur qalamiga mansub mumtoz qo‘shiqlar ijro etdilar.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
👍10🔥32👌1😍1
2026-yil 11-fevral kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida o‘zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, shoir, tarixchi, davlat arbobi, mohir sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligi munosabati bilan “Murod vasling erur - ayla yod Boburni” deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi.
Kitob-rasmli ko‘rgazmada Bobur va Boburiylar hayoti va ijodiga dahldor adabiyotlar, Zahiriddin Muhammad Boburning tanlangan asarlari o‘rin olgan.

Ko‘rgazmaga taqdim etilgan kitoblardan tashqari foydalanuvchilar turli yillarda Bobur yubileylariga atab chop etilgan gazeta maqolalari bilan ham tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Birgina “Boburnoma” asari adabiy manba sifatida tarixiy voqealar tasviri, jonli sahnalarga boy. "Boburnoma" 30 ga yaqin fan sohalari bo‘yicha aniq, ilmiy ma'lumotlar beruvchi manbadir.

Bobur Mirzo “Mubayyin” da eng muhim islomiy ilmlarni saralab, o‘zining din olimi, faqih ekanini ham ko‘rsatgan. “Mubayyin” asari Hindiston yurishlari davrida, hijriy 928 (mil. 1521) yili she'riy yo‘lda tasnif etilgan. Bobur bu asarni farzandlariga bag‘ishlagan va butun kitobxonlarga yetkazishni orzu qilgan.
Bobur shu mavzuning davomi sifatida 1521-yilda soliq ishlari haqida ma'lumot beruvchi “Mubayyinul-zakot” asarini yozdi, 1504-yilda yangi alifbo “Xatti Boburiy”ni kashf qildi.

Unda she'rlar yozdi va Qur'on ko‘chirtirdi. Aruz vazni haqidagi “Risolai aruz” kabi asarlari bor. Unda Bobur turkiy aruzning tabiati, taraqqiyoti va she'riy asarlardagi ko‘rinishlari, aruzning 272 vazni va 21 bahrini ilmiy sharhlagan.
Boburning “Harb ishi” risolasi harbiy yurishlarga oid bo‘lib, unda Bobur askarlarning jangovor tayyorgarligi, mamlakatning harbiy siyosati haqida ko‘rsatmalar berilgan.

Ko‘rgazmada shuningdek, Pirimqul Qodirov, Qamchibek Kenja, Rahim Vohidov, Abdurashid Abdug‘ofurovlarning Zahiriddin Muhammad Bobur siymosini gavdalantirib, xarakterini keng kitobxonlar ommasiga ochib beruvchi tarixiy asarlari va Bobur asarlariga sharhlar taqdim etilgan.
Ko‘ragazmaga tashrif buyurgan foydalanuvchilar O‘zbekiston Milliy kutubxonasi fondidan o‘rin olgan Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodidan xabardor etuvchi adabiyotlar bilan tanishdilar.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
🔥7👍42
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
2026-yil 11-fevral kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligiga bag‘ishlangan “Bobur yurgan yo'llarda” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
👍7🔥71👏1🤩1😍1