Milliy kutubxona | Rasmiy
9.61K subscribers
13K photos
1.93K videos
467 files
6.42K links
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining telegramdagi rasmiy sahifasi

Bizni ijtimoiy tarmoqdagi boshqa sahifalarimizni ham kuzatib boring 👉 https://natlib.taplink.ws

Murojaat uchun: @infonatlib_bot
Download Telegram
📚 “Hazrat Navoiyni anglash — o‘zligimizni anglashdir”

Bugun Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan hamkorlikda “Hazrat Navoiyni anglash — o‘zligimizni anglashdir” mavzusida buyuk o‘zbek shoiri, mutafakkiri va davlat arbobi Nizomiddin Mir Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi munosabati bilan shu nom ostida turkum tadbirlar o‘tkazildi.

Ushbu tadbirlar Hazrat Navoiy ijodiy merosini chuqur o‘rganish, uning umuminsoniy g‘oyalari va ma’naviy qarashlarini keng jamoatchilikka yetkazish, ayniqsa, yoshlar ongida milliy o‘zlik va ma’naviy qadriyatlarni mustahkamlashga qaratildi.


📖 Tadbirlar doirasida:
• Navoiy hayoti va ijodiga bag‘ishlangan videoroliklar namoyishi tashkil etildi.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍93👏2🔥1🤩1😍1💯1
Ўзбекистон Миллий ахборот агентлиги - расмий хабарлар, тезкор янгиликлар, таҳлилий-танқидий материаллар, қонун ҳужжатлари, фото ва видеорепортажлар
https://uza.uz/ru/posts/o-nasledii-alishera-navoi_816186
9👍3🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bugun Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan hamkorlikda “Hazrat Navoiyni anglash — o‘zligimizni anglashdir” mavzusida buyuk o‘zbek shoiri, mutafakkiri va davlat arbobi Nizomiddin Mir Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi munosabati bilan shu nom ostida turkum tadbirlar o‘tkazildi.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
👍97🔥3
Навоийни англаш – ўзликни англаш демакдир (+видео)

Неча юз йиллардан буён Алишер Навоий бадиий-илмий мероси инсоният маънавияти йўлида хизмат қилиб келмоқда.

🎥 https://youtu.be/Znv1ywse5jU

Батафсил: https://uza.uz/posts/816406

Телеграм каналларимиз

Facebook
| Instagram | YouTube | X
8🔥2👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Buyuk_shoir_Alisher_Navoiy_585_yilligi

📖 Aziz kitobxon!
Alisher Navoiy asarlarini mutolaa qilar ekansiz, har bir so‘zning asl ma’nosini anglash naqadar muhim ekanini his etasiz.

Manzar Abdulxayrning “Navoiy asarlarining izohli lug‘ati” ana shu yo‘lda siz uchun bebaho manba bo‘la oladi degan umiddamiz.

📚 Navoiyni chuqur anglab, tafakkur bilan o‘qishni istagan har bir kitobxon uchun bu asar qimmatli qo‘llanmalardan biri, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
🔥124👍3💯1
#Buyuk_shoir_Alisher_Navoiy_585_yilligi

Hurmatli kitobxonlar, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi O‘quv zallari xizmati mutaxassislari sizlar uchun "Hazrat Navoiyni anglash-o‘zligimizni anglashdir" mavzusida test savollari tayyorladilar.
Quyidagi havola orqali siz o‘zingizning Hazrat Navoiy ijodiy merosi, she'riyatining o‘ziga xosligi va ma’naviy qarashlari to‘g‘risida o‘z bilimlaringizni sinab ko‘rishingiz mumkin.

http://T.me/MilliyKutubxona_bot/savollar1

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
👍20🔥53👏3🥰1🎉1🤩1👌1
#Buyuk_shoir_Alisher_Navoiy_585_yilligi

Alisher Navoiyning “Lison ut-tayr” —“Qush tili” dostoni, oʻzbek mumtoz adabiyoti va oʻzbek adabiy tilining muhim yodgorliklaridan biri hisoblanadi. „Lison ut-tayr“ – falsafiy doston boʻlib, shoir unda majoziy obrazlar, qahramonlarning sarguzashtlari orqali tasavvufiy gʻoyalarini ifodalagan. Asarda Semurgʻ qushi oliy haqiqatga yetishish ramzi sifatida tasvirlanadi.
Shu yoʻsinda insonni ulugʻlaydi, uning kamolotga erishish yoʻlini yuksak sheʼriy mahorat bilan bayon etadi. Asarning barcha gʻoyasi odamning tarbiyasini koʻrsatishga qaratilgan.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
👍10🔥63🥰1🎉1🤩1👌1
#Buyuk_shoir_Alisher_Navoiy_585_yilligi

Kutubxonaning nodir fondida Alisher Navoiy qo‘lyozma va toshbosma asarlari, hamda 50 dan ortiq turli davr va mintaqalarda chop etilgan nodir nashrlari mavjud. Jumladan, “Tarixi muluki ajam” hamda “Tarixi anbiyo va hukamo” asarlari.
Alisher Navoiyning “Tarixi muluki ajam” (“Arab bo‘lmagan shohlar tarixi”) asari o‘z davri nuqtai nazaridan ilmiy dalillarga asoslangan risola hisoblanadi. Asarda Eron va Turonda hukmronlik qilgan sulolalar tarixi batafsil hikoya qilinadi.
Alisher Navoiy “Tarixi muluki Ajam” asari orqali tarix bilimdoni qiyofasida namoyon bo‘ladi. Asardagi yuzlab geografik nomlar, yuzlab shaxslarning ismi-sharifi hamda yuzlab voqealar muallifning kuchli xotirasidan ham darak beradi.
Alisher Navoiyning “Tarixi muluki Ajam” asari shoirning tarixchi olim sifatidagi yana bir muhim qirrasini ochish bilan birgalikda Sharq xalqlarining tarixidan kengroq xabardor bo‘lish imkoniyatini beradi.
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
👍6🔥53😍2
#Buyuk_shoir_Alisher_Navoiy_585_yilligi

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining nodir fondida O‘rta Osiyo tarixiga oid turli davrlarda, har xil tillarda yozilgan juda ko‘p asarlar saqlanmoqda.
1697 yili Parijda fransuz tilida nashr etilgan  sharqshunos  Bartelemi d’Erbeloning eng katta mashhur asarlaridan biri “Sharq kutubxonasi” bo‘lib, ushbu asarga muallif butun umrini bag‘ishlagan.
Bartelemi d'Erblo de Molenvil' (1625-1695) – Fransiyalik sharqshunos olim, sharq tillari va tarixini o‘rgangan yevropalik sharqshunoslardan.
Ushbu Ensiklopediyada asosan Sharq o‘lkalarida yashab, ijod etgan olimlar, davlat va jamoat arboblari haqida  ma'lumotlar keltirilgan. Kitobning 661 betida o‘zbek xalqining buyuk shoiri Alisher Navoiy   haqida ma'lumot  bor.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
7👍6🔥4👌1