Milliy kutubxona | Rasmiy
9.64K subscribers
13K photos
1.93K videos
467 files
6.41K links
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining telegramdagi rasmiy sahifasi

Bizni ijtimoiy tarmoqdagi boshqa sahifalarimizni ham kuzatib boring 👉 https://natlib.taplink.ws

Murojaat uchun: @infonatlib_bot
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Buyuk_shoir_Alisher_Navoiy_585_yilligi

📖 Aziz kitobxon!
Alisher Navoiy asarlarini mutolaa qilar ekansiz, har bir so‘zning asl ma’nosini anglash naqadar muhim ekanini his etasiz.
Manzar Abdulxayrning “Navoiy asarlarining izohli lug‘ati” ana shu yo‘lda siz uchun bebaho manba bo‘la oladi degan umitdamiz.
Ushbu kitob:
— klassik asarlarda uchraydigan murakkab va kam qo‘llaniladigan so‘zlarga izoh beradi;
— Navoiy tilining nozik va teran jihatlarini ochib beradi;
— mutolaangizni yanada mazmunli va samarali qiladi.
📚 Navoiyni chuqur anglab, tafakkur bilan o‘qishni istagan har bir kitobxon uchun bu asar qimmatli qo‘llanmalardan biri, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
👍83🔥2👏1😍1
Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasiga Toshkent viloyati Yangiyoʻl tumanining 36-maktab oʻquvchi yoshlari keldilar.

Ustozlar va o‘quvchi yoshlar kutubxona faoliyati, axborot-kutubxona jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, buyuk mutafakkir va shoir Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi munosabati bilan kichik sheʼrxonlik tadbiri tashkil etildi. Unda o‘quvchilar shoir ijodidan namunalar o‘qib, faol ishtirok etdilar.


Sheʼrxonlikdan so‘ng o‘quvchi yoshlar Milliy kutubxona bo‘ylab sayohat qilib, jarayon davomida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar. Ushbu maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar yoshlarning kelajakda kitobga, milliy merosga va buyuk ajdodlarimizga bo‘lgan hurmatini yanada oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
👍143🔥3👌1😍1
Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasida buyuk mutafakkir, davlat arbobi va mumtoz adabiyotimiz asoschisi Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi munosabati bilan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.

Mazkur tadbirda Oʻzbekiston Milliy kutubxonasining maʼnaviyat ishlari bo‘yicha masʼul xodimi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Gulchehra Shahobiddin qizi ishtirok etib, Alisher Navoiyning hayoti va ijodi, uning o‘zbek adabiy tili taraqqiyotidagi beqiyos o‘rni haqida atroflicha so‘z yuritdi. Tadbir davomida Navoiy asarlarida ilgari surilgan insonparvarlik, adolat, ilm-maʼrifat va komil inson g‘oyalari bugungi kunda ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmagani taʼkidlandi.


Ushbu maʼnaviy-maʼrifiy tadbir buyuk ajdodimiz merosini chuqur o‘rganish, insonlar qalbida milliy qadriyatlarga hurmat va faxr tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qildi.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
👍126🔥2🥰1🎉1😍1💯1
#Buyuk_shoir_Alisher_Navoiy_585_yilligi

“Alisher Navoiy lirikasining sintaktik-semantik va kommunikativ xususiyatlari” mavzusidagi filologiya fanlari (DSc) bo’yich ilmiy ishning avtoreferati bilan tanishing!
Ushbu mavzudagi dissertatsiya to’liq matni bilan dissertatsiyalar zaliga tashrif buyurib yoki  https://diss.natlib.uz havolasi orqali qisman foydalanishingiz mumkin.

“Afg‘onistonda navoiyshunoslik” mavzusidagi filologiya fanlari  bo’yich falsafa doktori ilmiy ishning avtoreferati bilan tanishing!

Ushbu mavzudagi dissertatsiya to’liq matni bilan dissertatsiyalar zaliga tashrif buyurib yoki  https://diss.natlib.uz havolasi orqali qisman foydalanishingiz mumkin.

“Mustaqillik davri o‘zbek adabiyotida Alisher Navoiy obrazining badiiy talqini” mavzusidagi filologiya fanlari (DSc) bo’yich ilmiy ishning avtoreferati bilan tanishing!
Ushbu mavzudagi dissertatsiya to’liq matni bilan dissertatsiyalar zaliga tashrif buyurib yoki  https://diss.natlib.uz havolasi orqali qisman foydalanishingiz mumkin.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
👍83🔥2👌1😍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Buyuk_shoir_Alisher_Navoiy_585_yilligi

📖 Aziz kitobxon!
Alisher Navoiy asarlarini mutolaa qilar ekansiz, har bir so‘zning asl ma’nosini anglash naqadar muhim ekanini his etasiz.

Manzar Abdulxayrning “Navoiy asarlarining izohli lug‘ati” ana shu yo‘lda siz uchun bebaho manba bo‘la oladi degan umiddamiz.

📚 Navoiyni chuqur anglab, tafakkur bilan o‘qishni istagan har bir kitobxon uchun bu asar qimmatli qo‘llanmalardan biri, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
👍62👏2🔥1😍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kutubxona_OAV_nigohida

SI SZINPINNING ASARLARI OʻZBEK TILIDA

MUXBIR: ZOKIR MUMINOV


📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
👍4🔥41🎉1😍1