Milliy kutubxona | Rasmiy
9.62K subscribers
13K photos
1.93K videos
467 files
6.42K links
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining telegramdagi rasmiy sahifasi

Bizni ijtimoiy tarmoqdagi boshqa sahifalarimizni ham kuzatib boring 👉 https://natlib.taplink.ws

Murojaat uchun: @infonatlib_bot
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Avvalroq xabar berilganidek, Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy ktubxonasining A blok qismining 1-hamda 2-qavatlarida ta'mirlash ishlari olib borilayotganligi sababli endilikda B blok qismi kutubxonaga kirishning asosiy qismi hisoblanadi.
Shu sababli kitobxonlarimiz uchun harakatlanish yo‘nalishida vaqtinchalik o‘zgarishlar joriy etilgan

Hozirgi kunda asosiy o‘quv zaliga qanday o‘tish kerakligi haqidagi ko'plab savollar kitobxonlarda paydo bo'lmoqda. Shu sababli B blok qismi orqali asosiy o'quv zallariga qanday o'tish mumkinligi haqida qisqa video tayyorladik, unda yo‘nalishlar aniq va tushunarli tarzda ko'rsatib o'tilgan.
Barchangizni kitoblari va kitobxonlari ko'p O'zbekiston Milliy kutubxonasida kutib qolamiz.


📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
🔥6👏6👍43🥰1🤩1😍1💯1
#Buyuk_shoir_Alisher_Navoiy_585_yilligi

Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligini nishonlash, uning adabiy-ilmiy merosini keng targ‘ib etish maqsadida “Buyuk shoir Alisher Navoiy 585 yilligi” deb nomlangan loyihamiz orqali adibning ma’naviy merosi haqida ma’lumotlar berib boramiz.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
👍62🔥2🎉1
#Buyuk_shoir_Alisher_Navoiy_585_yilligi

O‘zbekiston adabiyoti va san’ati gazetasining 1984-yil 3-fevral sonida navoiyshunos olima    Suyuma G’aniyeva va filologiya fanlari doktori, professor Abdurashid Abdug’afurovninig “Alisher Navoiyga maktublar” nomli maqolasi chop etilgan.

📝 “Buyuk siymolarning kundalik daftarlari, rasmiy yoki shaxsiy yozishmalari ilmiy-adabiy asarlari qatorida, ular dunyoqarashini to‘g’riroq tushunishda, tarjimai xollari, inson sifatidagi xarakteri, ma’naviy qiyofasini belgilashda ishonchli manbalar hisoblanadi”.

📚 Gazetaning to‘liq soni bilan O‘zbekiston Milliy kutubxonasining press.natlib.uz saytida tanishasiz.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
👍15🔥52🤩2💯1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–9-sonli qarori ijrosi yuzasidan tashkil etilgan “Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish jamg‘armasi” Vasiylik kengashi tarkibi bilan tanishing:

Vasiylik kengashi a’zolari:

Sa’dullayev Alisher — Yoshlar ishlari agentligi direktori;
Teshaboyeva Umida — Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori;
Davlatov Olimjon — Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti direktori;
Asanov Eldor — O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Milliy arxeologiya markazi katta ilmiy xodimi;
Sagatova Shahnoza — Adliya vaziri maslahatchisi;
Karimov Bahodir — Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti kafedra mudiri, filologiya fanlari doktori;
Jumayev Hamza — AT “Aloqa bank” matbuot kotibi;
Olimov Sirojiddin — “Mutolaa” loyihasi rahbari;
Axmedov Jahongir — Bolalar kontentini rivojlantirish markazi direktori;
Abdullayeva Madina — Tarjimon;
Norpo‘latov Elyor — Yoshlar ishlari agentligi bo‘lim boshlig‘i, Vasiylik kengashi kotibi.

Mazkur kengash faoliyati kitobxonlikni keng targ‘ib etish, milliy va jahon adabiyotini ommalashtirish, shuningdek, yosh avlodga mutolaa madaniyatini mustahkamlashga xizmat qiladi.

#tarkib

@kitobxonlikkengashi
👍11🔥83👏1🎉1🤩1😍1💯1
📊 O'zbekiston Milliy kutubxonasining 2026-yil yanvar oyi uchun foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatish ko'rsatkichlari

📚 O'zbekiston Milliy kutubxonasiga 2026-yil yanvar oyida kelib tushgan yangi nashrlar

🤝 Kitoblarni nashr etishdan oldin O‘zbekiston nashriyotlari bilan hamkorlik (2026-yil, yanvar)

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
👍7🔥32😍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Buyuk_shoir_Alisher_Navoiy_585_yilligi

📖 Aziz kitobxon!
Alisher Navoiy asarlarini mutolaa qilar ekansiz, har bir so‘zning asl ma’nosini anglash naqadar muhim ekanini his etasiz.
Manzar Abdulxayrning “Navoiy asarlarining izohli lug‘ati” ana shu yo‘lda siz uchun bebaho manba bo‘la oladi degan umitdamiz.
Ushbu kitob:
— klassik asarlarda uchraydigan murakkab va kam qo‘llaniladigan so‘zlarga izoh beradi;
— Navoiy tilining nozik va teran jihatlarini ochib beradi;
— mutolaangizni yanada mazmunli va samarali qiladi.
📚 Navoiyni chuqur anglab, tafakkur bilan o‘qishni istagan har bir kitobxon uchun bu asar qimmatli qo‘llanmalardan biri, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
👍83🔥2👏1😍1
Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasiga Toshkent viloyati Yangiyoʻl tumanining 36-maktab oʻquvchi yoshlari keldilar.

Ustozlar va o‘quvchi yoshlar kutubxona faoliyati, axborot-kutubxona jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, buyuk mutafakkir va shoir Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi munosabati bilan kichik sheʼrxonlik tadbiri tashkil etildi. Unda o‘quvchilar shoir ijodidan namunalar o‘qib, faol ishtirok etdilar.


Sheʼrxonlikdan so‘ng o‘quvchi yoshlar Milliy kutubxona bo‘ylab sayohat qilib, jarayon davomida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar. Ushbu maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar yoshlarning kelajakda kitobga, milliy merosga va buyuk ajdodlarimizga bo‘lgan hurmatini yanada oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
👍143🔥3👌1😍1
Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasida buyuk mutafakkir, davlat arbobi va mumtoz adabiyotimiz asoschisi Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi munosabati bilan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.

Mazkur tadbirda Oʻzbekiston Milliy kutubxonasining maʼnaviyat ishlari bo‘yicha masʼul xodimi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Gulchehra Shahobiddin qizi ishtirok etib, Alisher Navoiyning hayoti va ijodi, uning o‘zbek adabiy tili taraqqiyotidagi beqiyos o‘rni haqida atroflicha so‘z yuritdi. Tadbir davomida Navoiy asarlarida ilgari surilgan insonparvarlik, adolat, ilm-maʼrifat va komil inson g‘oyalari bugungi kunda ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmagani taʼkidlandi.


Ushbu maʼnaviy-maʼrifiy tadbir buyuk ajdodimiz merosini chuqur o‘rganish, insonlar qalbida milliy qadriyatlarga hurmat va faxr tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qildi.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
👍126🔥2🥰1🎉1😍1💯1