Milliy kutubxona | Rasmiy
9.62K subscribers
13K photos
1.93K videos
467 files
6.42K links
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining telegramdagi rasmiy sahifasi

Bizni ijtimoiy tarmoqdagi boshqa sahifalarimizni ham kuzatib boring 👉 https://natlib.taplink.ws

Murojaat uchun: @infonatlib_bot
Download Telegram
Taniqli jurnalist, tajribali muharrir va fidoyi rahbar To‘lqin Qozoqboyev 85 yoshni qarshi oldilar.

29-yanvar kuni O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida adib, yozuvchi va jurnalist Toʻlqin Muhiddinning 85 yillik yubileyi nishonlandi. Tadbirda ijodkorlar, jurnalistlar, shogirdlar va adibning yaqinlari ishtirok etdi.

Ushbu yubiley munosabati bilan O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktor o‘rinbosari Nasiba Xoldorova ijodkorni samimiy tabrikladi. Toʻlqin Qozoqboyevning faoliyati davomida muharrirlik faoliyatidan tortib muallifligidagi kitoblarini ham omma va kitobxonlarga taqdim etdi. Ustoz Toʻlqin Muhiddinga uzoq umr sog'lik va ijodiy barkamollik tilaymiz.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi rahbariyati hamda jamoasi ustozni yubiley yoshlari bilan tabriklaydi!


📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
👍87🔥4🤩1💯1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O'zbekiston Milliy kutubxonasida 2026-yilning 2-fevral sanasidan boshlab a blok qismida ta'mirlash ishlari olib borilayotganligi sababli endilikda kitobxonlarimiz b blok qismidan o'quv zallarining asosiy qismiga 3-qavat orqali ko'tariladilar.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
👍96🔥6👌3🎉1🤩1
BIOGRAFIYA UMIDA TESHABOYEVA
#Kutubxona_OAV_nigohida

Yoshlar radiokanalining "Biografiya" eshittirishining navbatdagi mehmoni, kitobni mayoq kitobsevarlikni muddao, kitobxonlik targ'ibotini qismat, kutubxonachilikni umr mazmuni ilm ma'rifat yo'lini o'z hayot maslagi deb bilgan o'ziga berilgan har kun, har bir imkoniyatni umum milliy manfaatga el koriga yaraydigan tengsiz ishlarga bag'ishlagan, hazrati inson. O'z kasbining jonkuyari fidoyisi taniqli va faol kitob targ'ibotchisi ajoyib kutubxonachi kitoblar malikasi Tarix fanlari bo'yicha falsafa doktori, Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasi direktori Umida Teshaboyeva bo'ldilar.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
👍228🔥6👏2🤩1😍1💯1
#TOP10

📚 Milliy kutubxonaning Dispetcherlik xizmati va Adabiyotlarni berish kafedrasi tomonidan 2026-yil yanvar oyida kitobxonlar orasida eng ko‘p foydalanilgan adabiyotlar TOP–10 taligi shakillantirildi.
Reyting kitobxonlar murojaatlari va foydalanish faolligi asosida tuzildi. Ushbu ro‘yxat eng ommabop, qiziqarli va foydali kitoblarni o‘zida mujassam qildi.

💬 Siz qaysi birini o‘qigansiz yoki o‘qimoqchisiz?

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
👍11🔥8😍31🥰1💯1
Xitoy Elchixonasidan Milliy kutubxona fondiga qimmatli kitoblar taqdim etildi

Joriy yilning 2-fevral kuni Toshkent shahridagi "Inson huquqlari" uyida Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning o‘zbek tilida nashr etilgan muhim asarlari — “Davlat boshqaruvi to‘g‘risida”, “Inson huquqlarini hurmat qilish va kafolatlash to‘g‘risida”, “Qashshoqlikdan xalos bo‘lish” kitoblarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbir Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi hamda Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi Elchixonasi hamkorligida tashkil etildi.


Taqdimotda Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Yuy Szyun, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi rahbari va hududiy axborot-kutubxona markazlarining 500 dan ortiq mas’ul xodimlari zoom platformasi orqali ishtirok etdilar.

Tadbir davomida Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori Umida Teshaboyeva so‘zga chiqib, Xitoy Elchixonasi tomonidan taqdim etilgan adabiyotlar Milliy kutubxona fondini boyitishda, shuningdek, kitobxonlarning davlat boshqaruvi va inson huquqlari sohasidagi bilimlarini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.


🎓 Shuningdek, tadbirda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, inson huquqlari sohasidagi ilmiy-ma’rifiy manbalarni keng targ‘ib etish, O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi gumanitar va madaniy aloqalarni mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📖 Tadbir yakunida Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi Elchixonasi tomonidan taqdim etilgan qariyb 800 dona kitobning 350 tasi Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi fondiga ajratildi. Ushbu munosabat bilan Milliy kutubxona direktoriga tegishli sertifikat tantanali ravishda topshirildi.

Taqdim etilgan adabiyotlar Milliy kutubxona fondini boyitibgina qolmay, kitobxonlarimiz uchun Xitoyning davlat boshqaruvi, inson huquqlari va ijtimoiy rivojlanish tajribasini o‘rganishda muhim ilmiy manba bo‘lib xizmat qiladi.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
👍18🔥54😍1
O'zbekiston Milliy kutubxonasida Interxaus litseyi o'quvchi yoshlari uchun ekskursiya tashkil etildi.

O'quvchi yoshlar O‘zbekiston zalida buyuk mutafakkir va so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligiga bag‘ishlab insho yozdilar. Ushbu ijodiy mashg‘ulot yoshlarning milliy adabiyotimizga bo‘lgan qiziqishini yanada oshiradi, Navoiy merosini chuqurroq anglashga xizmat qiladi. Yozilgan insho natijalari Bobur tavalludining 543-yilligida e'lon qilinadi


Insho tanlovidan so‘ng talabalar Milliy kutubxona bo‘ylab ekskursiya qildilar. Ekskursiya jarayonida ular kutubxonaning faoliyati, boy kitob fondi hamda zamonaviy axborot-resurs imkoniyatlari bilan tanishdilar.

Mazkur tashrif o‘quvchilarda ilm-ma’rifatga bo‘lgan muhabbatni kuchaytirib, ularga katta taassurot qoldirdi desak yanglishmagan bo'lamiz.


📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
👍14🔥3😍2💯2