Milliy kutubxona | Rasmiy
9.63K subscribers
13K photos
1.93K videos
467 files
6.42K links
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining telegramdagi rasmiy sahifasi

Bizni ijtimoiy tarmoqdagi boshqa sahifalarimizni ham kuzatib boring 👉 https://natlib.taplink.ws

Murojaat uchun: @infonatlib_bot
Download Telegram
O'zbekiston Milliy kutubxonasida Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar axborot-kutubxona markazlari faoliyatining 2025-yil sarhisobi bo'yicha hisobot yig'ilishi yakunlandi.

Yil yakuni bo'yicha hisobot yig'ilishlari 3 kun davomida bo'lib o'tdi. Jarayonlardagi qizg'in savol-javoblar kutubxonachilik faoliyatining yanada rivojlanishiga hissa qo'shishi bilan bir qatorda nafaqat markaziy kutubxonalar balki tuman axborot-kutubxona markazlarinining bundan keyingi faoliyati to'g'risidagi va kelgusida amalga oshirilishi kerak bo'lgan rejalar amalga oshishida asosida bo'la oladi.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
👍10👏7🔥62🎉2🤩1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kutubxona_OAV_nigohida

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida "Sharq durdonalari" kitob taqdimoti bo'lib o'tdi.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
👍14🔥43🎉2😍2🤩1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Dunyo_tarix_zarvaraqlarida

📚Аsrlar davomida kutubxonalar katta va kichik shaharlarning diqqatga sazovor joylaridan biri boʼlgan.  Kutubxonalar axborot hamda bilimlar zaxirasi boʼlib xizmat qilgan.

📝Sizlarga #Dunyo_tarix_zarvaraqlarida xeshtegi orqali dunyoga mashhur kutubxonalar va ular haqida maʼlumotlar berayotgan edik.

📝 Bu galgi xeshteg ostida siz Fransiya Milliy kutubxonasi haqidagi ma'lumotlar bilan tanishasiz.

📱Ma'lumotlar O‘zbekiston Milliy kutubxonasi fondlarida saqlanadigan "Buchen Welten" kitobidan olingan.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
👍8🔥43🤩1💯1
2026-yil 27-yanvar kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida avstriyalik kompozitor va dirijyor Volfgang Amadey Mosartning 270 yilligiga bag‘ishlangan “Davr ohanglari” deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi.
Ko‘rgazmada Mosart hayoti, ijodi va boy madaniy merosi haqida hikoya qiluvchi kitoblar, jurnallar va rasmlar taqdim etildi.

Volfgang Amadey Mosart jami 600dan ziyod musiqiy asar yaratgan, shundan: 16 ta messa, 14 ta opera va zingshpiel, 41 ta simfoniya, fortepiano uchun 27 ta konsert, skripka uchun 5 tali orkestrlar uchun 8 ta, orkestrlar yoki turli ansambllar uchun ko‘plab serenadalar, fortepiano uchun 18 ta sonata, skripka va fortepiano uchun 30 dan otriq sonat, torli kvartetlar uchun 26 ta, torli kvintentlar uchun 6ta va kamera va cholg‘u ansambllar uchun ko‘plab p'esalar, variasiyalar, qo‘shiqlar, cherkovlar uchun bir necha kompozitsiyalar. Unga dunyoga mashhurlikni “Figaroning uylanishi” va “Sehrli nay” operalari keltirgan. Mosartning asosiy janrlaridan biri - bu fortepiano uchun konsertlardir. O‘z ijodida u 15 ta fortepiano uchun konsert bastalagan.
Ularning barchasi Mosartning muhlislar oldiga kompozitor, ijrochi va dirijyor sifatida ijro etishi uchun yozilgan edi.

Ko‘rgazmada nazariy, badiiy kitoblar, ensiklopedik nashrlar o‘rin olgan.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
👍11🔥43👌2🤩1😍1
#Oqish_zavqi

📌Deyl Karnegining “Do‘stlar orttirish va odamlarga ta’sir o‘tkazish xususida” asari shaxsiy rivojlanish hamda samarali muloqot madaniyatini shakllantirishga xizmat qiluvchi muhim manbalardan biridir.
📎Mazkur kitobda muallif insonlar bilan to‘g‘ri munosabat o‘rnatish, o‘ziga nisbatan ishonchni mustahkamlash, jamoa va jamiyatga ijobiy ta’sir ko‘rsatish yo‘llarini hayotiy misollar asosida yoritib beradi. Asarda yetakchilik fazilatlarini rivojlantirish, fikrni ravon va asosli ifoda etish, muomala jarayonida hurmat va e’tibor qozonish masalalariga alohida urg‘u berilgan.
📝
Ushbu asar keng kitobxonlar ommasi, xususan yoshlar, pedagoglar, rahbar xodimlar hamda shaxsiy va kasbiy kamolotga intiluvchi barcha o‘quvchilar uchun tavsiya etiladi.

📖 Mutolaa qilish orqali muloqot madaniyatini yuksaltiring va shaxsiy taraqqiyot sari dadil qadam tashlang.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
7👍5🔥3😍1
🔊E’LON🔊
 
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida
2026-yil 30-yanvar “Tozalik kuni” deb e’lon qilinadi va ushbu kun foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatilmaydi.
 
⚜️Ma’muriyat⚜️

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
👍82🔥1👌1😍1💯1
Taniqli jurnalist, tajribali muharrir va fidoyi rahbar To‘lqin Qozoqboyev 85 yoshni qarshi oldilar.

29-yanvar kuni O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida adib, yozuvchi va jurnalist Toʻlqin Muhiddinning 85 yillik yubileyi nishonlandi. Tadbirda ijodkorlar, jurnalistlar, shogirdlar va adibning yaqinlari ishtirok etdi.

Ushbu yubiley munosabati bilan O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktor o‘rinbosari Nasiba Xoldorova ijodkorni samimiy tabrikladi. Toʻlqin Qozoqboyevning faoliyati davomida muharrirlik faoliyatidan tortib muallifligidagi kitoblarini ham omma va kitobxonlarga taqdim etdi. Ustoz Toʻlqin Muhiddinga uzoq umr sog'lik va ijodiy barkamollik tilaymiz.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi rahbariyati hamda jamoasi ustozni yubiley yoshlari bilan tabriklaydi!


📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
👍87🔥4🤩1💯1