Milliy kutubxona | Rasmiy
9.63K subscribers
13K photos
1.93K videos
467 files
6.42K links
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining telegramdagi rasmiy sahifasi

Bizni ijtimoiy tarmoqdagi boshqa sahifalarimizni ham kuzatib boring 👉 https://natlib.taplink.ws

Murojaat uchun: @infonatlib_bot
Download Telegram
2026-yil 13 - yanvar kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Qozog‘istonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Eldorbek Tatiyevning "Hayratlarim" nomli nasriy asarlar to‘plami takdimoti bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar yosh ijodkorning o‘ziga xos so‘z uslubi, asarlarida aks etgan dunyoni qabul qilish va hayotni anglash qobiliyatlari haqida gapirdilar.
Eldor Tatiyevning ikki qardosh xalqlar orasida olib borayotgan adabiy alokalari va yaratayotgan asarlari haqida fikrlar bildirildi.
Uning asarlaridagi jonli tasvirlar kitobxonni o‘ziga rom etib, bir nafasda oxirigacha o‘qishga undaydi.
Eldor Tatiyev hikoyalari,  esselari va kechinmalarida o‘zbek millatining haqiqiy an’analariga xos tarzda bobo va nabira, ota-va o‘g‘il xarakterida nasihatlar qiladi.

Yosh bo‘lishiga qaramay Eldor Tatiyev "Qo‘sh qanot" ijod jamg‘armasi raisidir,  o‘zbek va qozoq xalqlari o‘rtasidagi do‘stlikni targ‘ib etuvchi yuksak ijodi hamda turli to‘plamlari, she’riy kitoblari uchun 2023-yil
"Qozog‘istonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi" unvoni bilan taqdirlangan. U Germaniya adabiyoti va san’ati akademiyasi akademigi, Pokistonning "Tinchlik" instituti dӯstlik elchisi, Ozarbayjon bastakorlar uyushmasi a’zosi,  Qirg‘iziston jurnalistlar uyushmasi a’zosi,  O‘zbekiston "Jadidlar" ilmiy markazining Qozog‘istondagi vakili, xalqaro mukofotlar sovrindoridir.
Shoirning "Haq yo‘lingdan yurgayman",  "Vatan uchun", "Mehrobim onam",  "Baxt kelayotir",  "Shoir she’r aytsa",  "Yuragingni asragin",  "Umr yaxshilikka safar bo‘lsaydi" kabi she’riy va tarjima to‘plamlari chop etilgan.


📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
11👍10🔥3👏1😍1
🇺🇿 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuniga bag'ishlangan bayram tadbiri bo'lib o'tdi.

📚 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda kutubxona rahbariyati hamda jamoa xodimlari faol ishtirok etdi.

🎤 Tadbir davomida O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori Umida Teshaboyeva so‘zga chiqib, kutubxona jamoasini ushbu qutlug‘ bayram bilan samimiy muborakbod etdi. Ularga mustahkam sog‘lik, oilaviy farovonlik, kelgusi faoliyatlarida omad va yuksak zafarlar tiladi.

Bayramona dastur doirasida ayollar jamoasi tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishlari, musiqiy chiqishlar va qiziqarli aql charxlovchi shartlar namoyish etildi. Qiziqarli bellashuvlar va samimiy muhit tadbir ishtirokchilariga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Tadbir barchaga unutilmas taassurotlar qoldirib, jamoaviy birdamlik va bayramona ruhni yanada mustahkamladi.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
👍18🔥51🎉1😍1
Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasi xodimlari uchun 2025-yil yakuni bo‘yicha yillik hisobot yig'lishlari davom etmoqda

Ishlab chiqilgan ketma-ketlik asosida hisobotlarni Ilmiy metodik xizmati hamda Hududiy axborot-kutubxona markazlarini muvofiqlashtirish va monitoring qilish xizmati rahbarlari va mutaxassislari boshlab berdilar. Bunda ular o'tgan yilni sarhisob etib amalga oshirilgan ishlar hisobotini taqdim etdilar.

Bundan tashqari 2026-yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar yuzasidan takliflar ko'rib chiqildi.

Ushbu hisobot yig'ilishlarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar axborot-kutubxona markazlari rahbarlari ham zoom platformasi orqali ishtirok etdilar.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
9🔥5😍1