Milliy kutubxona | Rasmiy
9.65K subscribers
13K photos
1.93K videos
467 files
6.41K links
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining telegramdagi rasmiy sahifasi

Bizni ijtimoiy tarmoqdagi boshqa sahifalarimizni ham kuzatib boring 👉 https://natlib.taplink.ws

Murojaat uchun: @infonatlib_bot
Download Telegram
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Yubilyar adiblar-2026” nomli adabiyotlar ko‘rgazmasi ochildi

📝 Jahon adabiyotida har yili o‘zining shohasarlari bilan tanilgan mashhur adiblar, shoirlar, dramaturglar va boshqa arboblarning yubileylari keng nishonlanadi. Ularning asarlari minglab xonadonlar kitob javonlaridan munosib joy olgan, kitobxonlar asar qahramonlari bilan do‘st tutinadi, mutolaa asnosida o‘zlarini qiynayotgan muammolarni unutishadi va ko‘plab savollarga javob topishadi.
2026-yilning ilk kunlarida O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Yubilyar adiblar-2021” nomli ko‘rgazma tashkil etildi. Ushbu ko‘rgazmada joriy yilda o‘zining yubiley yoshini nishonlayotgan o‘zbek adiblarimizning asarlari va ular haqidagi ma'lumotlar aks etgan kitoblar taqdim etilgan.

📝 Bu yilgi ko‘rgazmada Alisher Navoiy (585), Adurauf Fitrat (140), Mirmuhsin (105), Shukrullo (105), Saida Zununova (100), Odil Yoqubov (100), Erkin Vohidov (90), Abdulla Oripov (85), Omon Muxtor (85), O‘tkir Hoshimov (85) va Xurshid Do‘stmuhammad (75)larning kitoblari taqdim etilgan.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
10🔥8👍3😍2👌1
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “2026-yil yubilyar kitoblari” nomli adabiyotlar ko‘rgazmasi ochildi

📚Ushbu ko‘rgazmada 2026-yilda yubiley yoshini nishonlayotgan asarlar: Alisher Navoiyning “Majolis un-Nafois” (535 yil), “Nasoyim ul-muhabbat” (530 yil), O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari”(45 yil), Xudoyberdi To‘xtaboevning “Jannati odamlar”(30 yil), Nikolay Vasil'evich Gogol'ning “Revizor” (190 yil), Ivan Turgenevning “Otalar va bolalar” (165 yil), Fyodor Dostoevskiyning “Jinoyat va jazo” (160 yil), Abdulla Oripovning “Qush tili”(35 yil) va boshqa kitoblar joy olgan.

📚Ushbu ko‘rgazmaga tashrif buyurgan kutubxona foydalanuvchilari 2026-yilda o‘z yubiley yoshini nishonlayotgan O‘zbekiston Milliy kutubxonasi fondida saqlanuvchi qiziqarli asarlar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
🔥96👏6👍2🤩1👌1
Ўзбекистон Миллий ахборот агентлиги - расмий хабарлар, тезкор янгиликлар, таҳлилий-танқидий материаллар, қонун ҳужжатлари, фото ва видеорепортажлар
https://uza.uz/uz/posts/sozga-aylangan-umr_804837
🔥8👍42🥰1🤩1
2026-yil 12-yanvar kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasining “Istiqbol” zalida amerikalik yozuvchi va jurnalist Jek London tavalludining 145 yilligiga bag‘ishlangan “Там, где живут герои: Мир Джека Лондона” (Qahramonlar yurti: Jek London dunyosi) deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi.
Jek London asarlari boshqa tillarga eng ko‘p tarjima qilingan amerikalik yozuvchilardan biridir. Uning adabiy faoliyati 1893-yildan boshlangan. U o‘z asarlarida romantika va oddiy hayot qiyinchiliklari haqida yozgan. Jek London birgina asar yozish bilan butun dunyoda shuhrat qozongan va katta mablag‘ ishlagan birinchi yozuvchidir. U o‘zbek kitobxonlariga o‘zining “Martin Iden” romani bilan yaxshi tanish.

Ko‘rgazmadan Jek Londonning “Oq so‘yloqtish”, ”Kamzul”, ”Martin Iden”, “Katta uyning kichik bekasi”, “Vaqt kutib turmaydi” kabi asarlari hamda saylanmalari o‘rin olgan.
Ko‘rgazmaga tashrif buyurgan kutubxona foydalanuvchilari nafaqat Jek London qalamiga mansub qiziqarli asarlar balki yozuvchi hayoti va faoliyati haqida hikoya qiluvchi kitoblar bilan ham tanishadilar.


📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
8👍6🔥3🤩1💯1
Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasi xodimlari uchun 2025-yil yakuni bo‘yicha yillik hisobot yig'lishlari boshlandi.

Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasida an'anaga muvofiq yil yakuni bo'yicha hisobot yig'ilishlari boshlandi. O'tkan 2025-yil mobaynida xizmatlar tomonidan bajarilgan ishlar ko'rib chiqildi, mavjud kamchiliklarga tushuntirishlar kiritilib, kelgusida bajarilishi kerak bo'lgan rejalar tinglandi.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
👍9🔥94🎉1🤩1😍1