Milliy kutubxona | Rasmiy
9.61K subscribers
13K photos
1.93K videos
467 files
6.42K links
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining telegramdagi rasmiy sahifasi

Bizni ijtimoiy tarmoqdagi boshqa sahifalarimizni ham kuzatib boring 👉 https://natlib.taplink.ws

Murojaat uchun: @infonatlib_bot
Download Telegram
O'zbekiston Milliy kutubxonasida kun tartibining ikkinchi masalasida O‘zbekiston Milliy kutubxonasi kasaba uyushmasi qo‘mitasining 2025-yil hisoboti va kasaba qo'mita raisini tayinlash yig‘ilishi bo'lib o'tdi.

Ushbu yig'ilishda Milliy kutubxona direktori Umida Teshaboyeva direktor o'rinbosarlari Alimardon Rahmonov, Nasiba Xoldorova hamda O‘zbekiston axborot-texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi bosh mutaxassisi Yu.Gapurovlar qolaversa kutubxona xizmat rahbarlari va ishchi xodimlari ishtirok etdi.


Yig'ilish mobaynida 2025-yil davomida Milliy kutubxonaning Kasaba uyushmasi qo'mitasi tomonidan o'tkazilgan ishlar hisoboti bilan yaqindan tushuntirish ishlari olib borildi.

Yig'ilish yakunida Milliy kutubxonaning Kasaba uyushmasi qo'mitasi lavozimida ishlab kelgan, bugun esa o'z tashabbuslari bilan lavozimidan ozod etilgan Dildora Xalmuxamedova lavozimlariga Kamilova Saodat ochiq ovoz berishlar orqali tayinlandilar.


📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
12🔥4👌3👍2😍2🤩1💯1
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Yubilyar adiblar-2026” nomli adabiyotlar ko‘rgazmasi ochildi

📝 Jahon adabiyotida har yili o‘zining shohasarlari bilan tanilgan mashhur adiblar, shoirlar, dramaturglar va boshqa arboblarning yubileylari keng nishonlanadi. Ularning asarlari minglab xonadonlar kitob javonlaridan munosib joy olgan, kitobxonlar asar qahramonlari bilan do‘st tutinadi, mutolaa asnosida o‘zlarini qiynayotgan muammolarni unutishadi va ko‘plab savollarga javob topishadi.
2026-yilning ilk kunlarida O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Yubilyar adiblar-2021” nomli ko‘rgazma tashkil etildi. Ushbu ko‘rgazmada joriy yilda o‘zining yubiley yoshini nishonlayotgan o‘zbek adiblarimizning asarlari va ular haqidagi ma'lumotlar aks etgan kitoblar taqdim etilgan.

📝 Bu yilgi ko‘rgazmada Alisher Navoiy (585), Adurauf Fitrat (140), Mirmuhsin (105), Shukrullo (105), Saida Zununova (100), Odil Yoqubov (100), Erkin Vohidov (90), Abdulla Oripov (85), Omon Muxtor (85), O‘tkir Hoshimov (85) va Xurshid Do‘stmuhammad (75)larning kitoblari taqdim etilgan.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
10🔥8👍3😍2👌1
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “2026-yil yubilyar kitoblari” nomli adabiyotlar ko‘rgazmasi ochildi

📚Ushbu ko‘rgazmada 2026-yilda yubiley yoshini nishonlayotgan asarlar: Alisher Navoiyning “Majolis un-Nafois” (535 yil), “Nasoyim ul-muhabbat” (530 yil), O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari”(45 yil), Xudoyberdi To‘xtaboevning “Jannati odamlar”(30 yil), Nikolay Vasil'evich Gogol'ning “Revizor” (190 yil), Ivan Turgenevning “Otalar va bolalar” (165 yil), Fyodor Dostoevskiyning “Jinoyat va jazo” (160 yil), Abdulla Oripovning “Qush tili”(35 yil) va boshqa kitoblar joy olgan.

📚Ushbu ko‘rgazmaga tashrif buyurgan kutubxona foydalanuvchilari 2026-yilda o‘z yubiley yoshini nishonlayotgan O‘zbekiston Milliy kutubxonasi fondida saqlanuvchi qiziqarli asarlar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
🔥96👏6👍2🤩1👌1
Ўзбекистон Миллий ахборот агентлиги - расмий хабарлар, тезкор янгиликлар, таҳлилий-танқидий материаллар, қонун ҳужжатлари, фото ва видеорепортажлар
https://uza.uz/uz/posts/sozga-aylangan-umr_804837
🔥8👍42🥰1🤩1