Milliy kutubxona | Rasmiy
9.57K subscribers
13K photos
1.94K videos
467 files
6.43K links
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining telegramdagi rasmiy sahifasi

Bizni ijtimoiy tarmoqdagi boshqa sahifalarimizni ham kuzatib boring 👉 https://natlib.taplink.ws

Murojaat uchun: @infonatlib_bot
Download Telegram
Joriy yilning 18-dekabr kuni Oʻzbekiston Milliy kutubxonasida hududiy axborot-kutubxona markazlari faoliyatiga bagʻishlangan tezkor yigʻilish boʻlib oʻtdi. Unda 14 ta hududiy axborot-kutubxona markazlari direktorlarI, direktor oʻrinbosarlari, bosh hisobchilar hamda kadrlar xizmati rahbarlari qolaversa Oʻzbekiston Milliy kutubxonasining barcha xizmat rahbarlari va bosh mutaxassislari ishtirok etdilar.

Yigʻilishda Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi direktori Umida Teshabayeva hamda direktor oʻrinbosarlari Nasiba Xoldorova va Alimardon Rahmonovlar qatnashib, soha faoliyatini yanada takomillashtirish, boshqaruv samaradorligini oshirish va kadrlar bilan ishlash masalalari yuzasidan muhim topshiriq va tavsiyalar berdilar.

Yigʻilish davomida tashkiliy masalalar muhokama qilinib, Administratsiya rahbarining 63-sonli farmoyishida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Shuningdek, kutubxona tizimida olib borilayotgan islohotlar doirasida yosh, tashabbuskor va shijoatli kadrlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida qator rahbarlik lavozimlariga yangi tayinlovlar amalga oshirildi. Shu bilan birga, mazkur lavozimlarda faoliyat yuritib kelgan ayrim mutaxassislar belgilangan tartibda vazifalaridan ozod etildi.


📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
👍73🔥1
#Jarayondan fotolavhalar

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
👍76🔥1
📅 2025-yil 18-dekabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida korrupsiya illati va uning oqibatlari hamda yong‘in xavfsizligini ta’minlashga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda kutubxona rahbariyati, ishchi-xodimlar va soha mutaxassislari ishtirok etdilar.

Yig‘ilish davomida el-yurt taqdiriga loqaydlik, mahalliychilik, urug‘-aymoqchilik, korrupsiya kabi jamiyat taraqqiyotiga jiddiy to‘sqinlik qilayotgan illatlarga barham berish masalalari muhokama qilindi. So‘zga chiqqanlar mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi olib borilayotgan davlat siyosati, fuqarolarning ushbu illatlarga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lishi va korrupsiyaning oldini olish har bir fuqaroning muhim burchi ekanini ta’kidladilar.


Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashishda uning oqibatlari va u bilan bog'liq jarayonlar haqida batafsil O‘zbekiston Respublikasi Huquqni himoya qilish akademiyasi huzuridagi korrupsiyaga qarshi kurashish ilmiy -ta’lim markazi xodimi va tadqiqotchisi Po‘latov Sardor Bahodir o‘g‘li-mutaxassis ma’ruza qildi korrupsiya holatlari uni keltirib chiqaruvchi sabablarini bartaraf etish muhimligi haqida aytib o'tdilar. Jamiyatimizda ijobiy o‘zgarishlar bilan bir qatorda korrupsiya, befarqlik, milliy qadriyatlarga bepisandlik kabi salbiy holatlar ham uchrab turishi ta’kidlanib, ularga qarshi kurashish barchamizning vazifamiz ekani alohida qayd etildi. Qolaversa ushbu yig'ilishda 14 ta hududdagi axborot-kutubxona xodimlari va rahbarlari ham zoom orqali ishtirok etishdi.


📌 Kun tartibiga muvofiq, yig‘ilishda ikkinchi masala ko‘rib chiqildi: Unda Yong‘in xavfsizligini ta’minlash masalasi — “Yong‘in xavfsizligi oyligi” doirasida Favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV) xodimlari tomonidan amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilib, favqulodda holatlarda to‘g‘ri harakat qilish tartibi amalda ko‘rsatib berildi.

Tadbir yakunida yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya etish hamda korrupsiyaga qarshi kurashishda mas’uliyatni yanada oshirish zarurligi ta’kidlandi.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
4👍3🔥2🤩1
#Jarayondan fotolavhalar

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
👍92🔥2🤩1