Milliy kutubxona | Rasmiy
9.55K subscribers
13K photos
1.94K videos
467 files
6.43K links
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining telegramdagi rasmiy sahifasi

Bizni ijtimoiy tarmoqdagi boshqa sahifalarimizni ham kuzatib boring 👉 https://natlib.taplink.ws

Murojaat uchun: @infonatlib_bot
Download Telegram
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida pokistonlik jurnalist va yozuvchi Muhammad Abbos Xonning "O‘zbekiston: Uchinchi Renessans – taraqqiyot konsepti" nomli kitobining o‘zbek tilidagi nashri taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Oliy Majlisi vakillari, Pokiston Islom Respublikasi Prezidentining maslahatchisi va matbuot kotibi Murtazo Solangi, ikki mamlakat vazirlik va idoralari rahbarlari, fan, adabiyot va media sohalari namoyandalari ishtirok etdi.

“O‘zbekiston: Uchinchi Renessans – taraqqiyot konsepti” kitobi badiiy-publitsistik asar bo‘lib, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan Uchinchi Renessans g‘oyasi va amalga oshirilayotgan islohotlar dasturining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan. Unga so‘zboshini Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif yozgani esa davlatlarimiz rahbarlari va xalqlarimiz o‘rtasidagi ishonch va yaqin do‘stlikning yorqin ramzidir.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar bu asar Uchinchi Renessans va Yangi O‘zbekiston g‘oyalarining ahamiyati xalqaro miqyosda yanada teran anglanishi, O‘zbekiston-Pokiston hamkorligi va do‘stligi yanada mustahkam bo‘lishiga xizmat qilishiga ishonch bildirdilar.

В Национальной библиотеке Узбекистана имени Алишера Навои состоялась презентация узбекского издания книги пакистанского журналиста и писателя Мухаммада Аббаса Хана под названием «Узбекистан: Третий Ренессанс – концепция будущего».

В мероприятии приняли участие представители Администрации Президента и Олий Мажлиса Республики Узбекистан, советник и пресс-секретарь Президента Исламской Республики Пакистан Муртазо Соланги, руководители министерств и ведомств, а также деятели науки, литературы и медиа двух стран.

Книга «Узбекистан: Третий Ренессанс – концепция будущее» представляет собой художественно-публицистическое произведение, посвященное сути и содержанию идее Третьего Ренессанса, выдвинутой Президентом нашей страны Шавкатом Мирзиёевым, а также реализуемой под его руководством программы реформ. Предисловие к книге написал Премьер-министр Пакистана Шахбаз Шариф, что является ярким символом доверия и крепкой дружбы между нашими странами и народами.

Выступившие на мероприятии выразили уверенность, что книга будет способствовать более глубокому пониманию идей Третьего Ренессанса и Нового Узбекистана на международной арене, а также укреплению сотрудничества и дружбы между Узбекистаном и Пакистаном.

Facebook|Instagram|X
👍5🤩53🔥3🥰1
Joriy yilning 11-dekabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi Ilmiy-metodik xizmati tashabbusi bilan navbatdagi metodik to‘garak tashkil etildi.

Metodik to‘garak mavzusi — “Axborot-kutubxona markazlari ijtimoiy tarmoqlari va web-sayt sahifalarini yuritish tartibi” bo‘lib, uni Tarmoqni ma’muriylashtirish va server uskunalarini saqlash xizmati mutaxassisi Ilhom Qodirov olib bordi.


Mazkur mavzu bugungi kunda respublika kutubxonalari Ijtimoiy tarmoqlarni to'g'ri yuritish bo'yicha bo'lib o'tdi, va jarayonlar haqida suhbatlar ham o'tkazildi

Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, barcha viloyatlar hamda Toshkent shahar tuman (shahar) axborot-kutubxona markazlaridan jami 300 ga yaqin mutaxassis faol ishtirok etdi. Bu kabi metodik to‘garaklar nafaqat amaliy, balki hududiy axborot-kutubxona markazlari o‘rtasida tajriba almashish, orqali va jonli suhbat orqali shakllansa nafaqat ijtimoiy tarmoq balki web-saytlardagi axborot almashinuvini sifat darajasini oshiradi.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
✈️Telegram l🌐 Instagram📹YouTube l Facebook l🕊 Twitter l 🌐Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6😍4👍3🔥2🤩1
#Yurtim_tarixini_organaman

📜Аmir Temur buyrugʼi bilan bunyod etilgan yodgorlik Oqsaroy inshootlarning dongʼi chiqqan bir namunasini oʼzida gavdalantiradiki, bu inshootga teng keladigan oliy bino temuriylardan avval ham, keyin ham boshqa bunyod etilmagan.
📜Аmir Temur va temuriylar haqida yozgan mualliflarning tarixiy asarlarida mazkur ulugʼvor saroy Sohibqironning tashabbusi bilan barpo etilgani haqida eslatmalar saqlanib qolgan. Oqsaroy qurilishi sanasi haqidagi eng qadimiy eslatma Аmir Temur va uning dastlabki vorislari tarixchisi Sharafiddin Аli Yazdiyning «Zafarnoma» asarida keltirilgan.
📜Oqsaroyni boshqa zamondoshlari jumladan Hofizi Аbroʼ Kesh Shahrisabz haqida qisqacha maʼlumotlar keltirgan: «Sohibqiron hukmronlik qilgan kunlarda shahar yuksak ravnaq darajasiga erishdi. Аmir Temur bu yerda muazzam imorat qurishga farmon berdi. Podshohning oʼzi uchun Oqsaroy nomi bilan tanilgan baland bir imorat barpo etildi».

📚O'zbekiston obidalaridagi bitiklar: Qashqadaryo.Shahrisabz. T., 2016. - 344 b 36-sahifa
👍52🔥1
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida kutubxona mutaxassislarining kasbiy mahoratini oshirishga qaratilgan metodik to‘garaklar faoliyati davom etmoqda.
Ushbu tashabbus doirasidagi navbatdagi mashg‘ulot 15-dekabr kuni soat 15:00 da Zoom platformasi orqali (online va offline formatlarda) o‘tkaziladi.

🗂Mavzu: “Ommaviy tadbirlarda qatnashish qoidasi va tadbirlar pasportini shakllantirish”
🎓Mashg‘ulotni: O'quv zallari xizmati rahbari O. Xamidova olib boradi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar) axborot-kutubxona markazlari
👩‍💻Mashg‘ulotni onlayn — ZOOM platformasi orqali kuzatish uchun link: https://us06web.zoom.us/j/88531973233?pwd=dFzZ1gwu6awPb26eXz9eaK62yIlAFj.1
Mashg‘ulot identifikatori: 885 3197 3233

Kirish kodi: 598310

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l🌐 Instagram📹YouTube l Facebook l🕊 Twitter l 🌐Website
🔥54
📚 “Jinoyat kodeksiga sharhlar” 6-nashri taqdimoti

O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yurist, yuridik fanlar doktori, professor Mirzayusuf Hakimovich Rustambayevning “Jinoyat kodeksiga sharhlar” nomli uch jildli asarining 6-nashri taqdimoti O‘zbekiston Milliy kutubxonasida bo‘lib o‘tdi.

Mazkur nashr Jinoyat kodeksiga 2025-yil 1-sentabr holatiga kiritilgan barcha o‘zgartish va qo‘shimchalar asosida qayta ishlangan bo‘lib, unda jinoyat huquqining umumiy va maxsus qismiga oid dolzarb masalalar, sud-amaliyoti va Oliy sud qarorlari atroflicha sharhlangan.

📌 Kitob huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, sudyalar, advokatlar, olimlar hamda huquq sohasi vakillari uchun muhim amaliy qo‘llanma hisoblanadi.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l🌐 Instagram📹YouTube l Facebook l🕊 Twitter l 🌐Website
👍72👏2🔥1
📚 Namanganda “Xalq kutubxonasi” o‘z faoliyatini boshladi

Joriy yilning 13-dekabr kuni Namangan viloyati Norin tumani, Saodat QFYda tashabbuskor fuqaro Muhammadamin Abdullayev tomonidan o‘z uy manzilida tashkil etilgan “Xalq kutubxonasi”ning rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda, madaniyat va ma’rifat sohasi vakillari, axborot-kutubxona tizimi mutaxassislari, viloyat va tuman hokimligi mas’ullari, mahalla faollari hamda kitobxonlar ishtirok etdi.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori Umida Teshabayeva va Namangan viloyati Norin tumani hoki Jo‘rabek Nurmatov ushbu ochilish marosimida nutq so‘zlab, mazkur tashabbus yoshlar tarbiyasi va kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega ekanini alohida qayd etdilar.

Ochilish marosimi yakunida Muxammadamin Abdullayev "Axborot-kutubxona a’lochisi"
koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l🌐 Instagram📹YouTube l Facebook l🕊 Twitter l 🌐Website
👍154👏4🔥2🥰1🎉1