Milliy kutubxona | Rasmiy
9.56K subscribers
13K photos
1.94K videos
467 files
6.43K links
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining telegramdagi rasmiy sahifasi

Bizni ijtimoiy tarmoqdagi boshqa sahifalarimizni ham kuzatib boring 👉 https://natlib.taplink.ws

Murojaat uchun: @infonatlib_bot
Download Telegram
2025-10-dekabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Mukarrama Turg‘unboyeva nomidagi “Bahor” davlat raqs ansamblining qayta tiklanganiga 5 yil to‘lishi munosabati bilan matbuot anjumani o‘tkazildi.

Tadbir avvalida “Bahor” ansambli tarixi haqida hikoya qiluvchi hujjatli film namoyish etildi. Tadbirda so‘zga chiqqanlar “Bahor” xalq raqs ansamblining 1957-yilda O‘zbekiston xalq artisti Mukarrama Turg‘unboeva badiiy rahbarligi hamda B.Aliev va Q.Dadaevlar musiqa rahbarligida tashkil etilgani, unda turli yillarda faoliyat ko‘rsatgan raqqosalar va sozandalar, xoreograflar va musiqachilar haqida xotirladilar.

Milliy raqs san’ati tarixini keng targ‘ib etish, boy madaniy merosimizni yosh avlodga yetkazish hamda ansambl faoliyatida amalga oshirilgan ishlar va kelgusi rejalarga oid ma’lumotlarni jamoatchilikka taqdim etish maqsadida tashkil etilgan anjumanda soha vakillari, san'atshunoslar, ommaviy axborot vositalari vakillari hamda san'at ixlosmandlari ishtirok etdilar.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l🌐 Instagram📹YouTube l Facebook l🕊 Twitter l 🌐Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
10🔥5👍3🤩1😍1
ProQuest Dissertations & Theses Global bazasidan foydalanish bo‘yicha Zoom vebinari bo‘lib o‘tdi.
“ProQuest Dissertations & Theses Global” xorijiy ma’lumotlar bazasiga bag‘ishlangan Zoom vebinari muvaffaqiyatli tarzda o‘tkazildi.

Mazkur vebinar davomida ishtirokchilar dunyodagi eng yirik to‘liq matnli dissertatsiyalar onlayn bazasining imkoniyatlari bilan batafsil tanishdilar.

Shuningdek, dissertatsiyalar universitetlar ilmiy faoliyatining asosi ekani, ProQuest bilan hamkorlik orqali kutubxona fondlarini boyitish, milliy ilmiy tadqiqotlarni xalqaro ilmiy hamjamiyatga ishonchli platforma orqali namoyish etish imkoniyatlari alohida ta’kidlandi.

Vebinarda viloyat va tuman axborot-kutubxona markazlari mutaxassislari, shuningdek doktorant va tadqiqotchilar faol ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil va amaliy javoblar oldilar. Ishtirokchilar uchun mazkur tadbir ilmiy izlanishlarda ProQuest bazasidan samarali foydalanish bo‘yicha muhim bilim va ko‘nikmalarni taqdim etdi.

Ma'lumot uchun ushbu vebinar yana 2 kun davom etadi.
Vebinar vaqti:
11-dekabr soat 15:00 da
12-dekabr soat 15:00 da
Xohlovchilar quyidagi havola orqali qo'shilishlari mumkin:
Vebinarga kirish linki:
https://us02web.zoom.us/j/83724128616?pwd=Y3RaV4dYxYEAN6Y1egIChSN3FJDSRr.1
Identifikator: 837 2412 8616
Parol: 677647

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l🌐 Instagram📹YouTube l Facebook l🕊 Twitter l 🌐Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍5🔥2🥰1👌1
📌O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “O‘zbekistonning 2026-yil uchun muhim va unutilmas sanalar taqvimi” tayyorlandi

📚 “O‘zbekistonning 2026-yil uchun muhim va unutilmas sanalar taqvimi” o‘zbek va rus tillarida tayyorlandi;

📚 Taqvimda O‘zbekistonning jamoat, fan va madaniyat arboblari, olimlar, yozuvchi-ijodkorlarning yubiley sanalari haqidagi ma’lumotlar joy olgan.

Shuningdek, unda mamlakat ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotidagi eng muhim voqealar, shu bilan birga xalqaro ahamiyatga ega sana va tadbirlar ham qamrab olingan;


🔍 Taqvim keng kitobxonlar ommasi – kutubxona va madaniyat muassasalari xodimlari, o‘qituvchi va talabalar, tadqiqotchilar, o‘lkashunoslar, shuningdek, O‘zbekistonning tarixi, madaniyati va ijtimoiy hayoti bilan qiziquvchilar uchun mo‘ljallangan.

O'zbek tilidagi taqvim;
Rus tilidagi taqvim;

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
✈️
Telegram l🌐 Instagram📹YouTube l Facebook l🕊 Twitter l 🌐Website
6🔥4👍3👌2😍1
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida pokistonlik jurnalist va yozuvchi Muhammad Abbos Xonning "O‘zbekiston: Uchinchi Renessans – taraqqiyot konsepti" nomli kitobining o‘zbek tilidagi nashri taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Oliy Majlisi vakillari, Pokiston Islom Respublikasi Prezidentining maslahatchisi va matbuot kotibi Murtazo Solangi, ikki mamlakat vazirlik va idoralari rahbarlari, fan, adabiyot va media sohalari namoyandalari ishtirok etdi.

“O‘zbekiston: Uchinchi Renessans – taraqqiyot konsepti” kitobi badiiy-publitsistik asar bo‘lib, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan Uchinchi Renessans g‘oyasi va amalga oshirilayotgan islohotlar dasturining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan. Unga so‘zboshini Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif yozgani esa davlatlarimiz rahbarlari va xalqlarimiz o‘rtasidagi ishonch va yaqin do‘stlikning yorqin ramzidir.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar bu asar Uchinchi Renessans va Yangi O‘zbekiston g‘oyalarining ahamiyati xalqaro miqyosda yanada teran anglanishi, O‘zbekiston-Pokiston hamkorligi va do‘stligi yanada mustahkam bo‘lishiga xizmat qilishiga ishonch bildirdilar.

В Национальной библиотеке Узбекистана имени Алишера Навои состоялась презентация узбекского издания книги пакистанского журналиста и писателя Мухаммада Аббаса Хана под названием «Узбекистан: Третий Ренессанс – концепция будущего».

В мероприятии приняли участие представители Администрации Президента и Олий Мажлиса Республики Узбекистан, советник и пресс-секретарь Президента Исламской Республики Пакистан Муртазо Соланги, руководители министерств и ведомств, а также деятели науки, литературы и медиа двух стран.

Книга «Узбекистан: Третий Ренессанс – концепция будущее» представляет собой художественно-публицистическое произведение, посвященное сути и содержанию идее Третьего Ренессанса, выдвинутой Президентом нашей страны Шавкатом Мирзиёевым, а также реализуемой под его руководством программы реформ. Предисловие к книге написал Премьер-министр Пакистана Шахбаз Шариф, что является ярким символом доверия и крепкой дружбы между нашими странами и народами.

Выступившие на мероприятии выразили уверенность, что книга будет способствовать более глубокому пониманию идей Третьего Ренессанса и Нового Узбекистана на международной арене, а также укреплению сотрудничества и дружбы между Узбекистаном и Пакистаном.

Facebook|Instagram|X
👍5🤩53🔥3🥰1
Joriy yilning 11-dekabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi Ilmiy-metodik xizmati tashabbusi bilan navbatdagi metodik to‘garak tashkil etildi.

Metodik to‘garak mavzusi — “Axborot-kutubxona markazlari ijtimoiy tarmoqlari va web-sayt sahifalarini yuritish tartibi” bo‘lib, uni Tarmoqni ma’muriylashtirish va server uskunalarini saqlash xizmati mutaxassisi Ilhom Qodirov olib bordi.


Mazkur mavzu bugungi kunda respublika kutubxonalari Ijtimoiy tarmoqlarni to'g'ri yuritish bo'yicha bo'lib o'tdi, va jarayonlar haqida suhbatlar ham o'tkazildi

Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, barcha viloyatlar hamda Toshkent shahar tuman (shahar) axborot-kutubxona markazlaridan jami 300 ga yaqin mutaxassis faol ishtirok etdi. Bu kabi metodik to‘garaklar nafaqat amaliy, balki hududiy axborot-kutubxona markazlari o‘rtasida tajriba almashish, orqali va jonli suhbat orqali shakllansa nafaqat ijtimoiy tarmoq balki web-saytlardagi axborot almashinuvini sifat darajasini oshiradi.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
✈️Telegram l🌐 Instagram📹YouTube l Facebook l🕊 Twitter l 🌐Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6😍4👍3🔥2🤩1