Milliy kutubxona | Rasmiy
9.6K subscribers
13K photos
1.93K videos
467 files
6.42K links
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining telegramdagi rasmiy sahifasi

Bizni ijtimoiy tarmoqdagi boshqa sahifalarimizni ham kuzatib boring 👉 https://natlib.taplink.ws

Murojaat uchun: @infonatlib_bot
Download Telegram
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi Dispetcherlik xizmati va adabiyotlarni tarqatish bo‘limi boshlig‘i Dildoraxon Xalmuhamedova 3-5 dekabr kunlari Rossiya Davlat bolalar kutubxonasida bo'lib o‘tayotgan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlar bolalar va o‘smirlar kitoblarining “Bolalar adabiyoti tilida: bolalar adabiyoti va kitobxonligi sohasidagi hamkorlik” III Xalqaro forumida ishtirok etdi.

📌Rossiya Davlat bolalar kutubxonasi tomonidan “Kitobxonlarni tarbiyalash” uyushmasi bilan hamkorlikda Rossiya Federatsiyasi Madaniyat vazirligi va MDHga aʼzo davlatlarning gumanitar hamkorlik boʻyicha Davlatlararo jamgʻarmasi koʻmagida o‘tayotgan forum “Folklor yosh kitobxonlarni tarbiyalash asosi sifatida: MDH mamlakatlaridagi hamkorlik loyihalari va istiqbollari” mavzusiga bag‘ishlangan.

📌Forumning maqsadi – bolalar adabiyoti va kitobxonlik sohasi mutaxassislari o‘rtasida madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlash, MDH mamlakatlarida bolalar kitobxonligi infratuzilmasi samaradorligini oshirish va rivojlantirish, bolalarga xizmat ko‘rsatuvchi kutubxonalarning o‘rni va yangi imkoniyatlarini muhokama qilish, bolalarni kitobxonlikka jalb qilish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha tajriba almashish.

📌 Forumda Dildoraxon Xalmuhamedova “Bolalarning kitob o‘qishga qiziqishini oshirish: O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tajribasi va innovatsion uslublari” mavzusida ma’ruza qildi.

📌 Forum doirasida, shuningdek, “Bolalarga ertak aytib berish sanʼati” mavzusida kitob illyustratsiyasi boʻyicha davra suhbati ham boʻlib oʻtdi.

Rasmiy sahifalarimizga obuna
bo‘ling!
✈️Telegram l🌐 Instagram📹YouTube l Facebook l🕊 Twitter l 🌐Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍98🔥4🤩2👏1😍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#KONSTITUTSIYA_33_YIL

📚Aziz kitobxonlar!
Biz sizlarni bosh qomusimiz- mustaqil O’zbekistonning ishonchli huquqiy kafolatlarini shakllantirgan va mustahkamlagan asosiy qonuni, oliy yuridik kuchga ega boʻlgan siyosiy-huquqiy hujjati – Konstitutsiyasi haqidagi ma'lumotlar bilan tanishtirib boramiz.

👉 Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyani o'qish uchun bosing
https://jizzakh.natlib.uz/search/media/img/CAT000002691150?metsno=000000489059&fileid=M000000489059_FILE000002

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
✈️Telegram l🌐 Instagram📹YouTube l Facebook l🕊 Twitter l 🌐Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥43
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#KONSTITUTSIYA_33_YIL

📚Aziz kitobxonlar!
Biz sizlarni bosh qomusimiz- mustaqil O’zbekistonning ishonchli huquqiy kafolatlarini shakllantirgan va mustahkamlagan asosiy qonuni, oliy yuridik kuchga ega boʻlgan siyosiy-huquqiy hujjati – Konstitutsiyasi haqidagi ma'lumotlar bilan tanishtirib boramiz.

👉 Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyani o'qish uchun bosing
https://jizzakh.natlib.uz/search/media/img/CAT000002691150?metsno=000000489059&fileid=M000000489059_FILE000002

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
✈️Telegram l🌐 Instagram📹YouTube l Facebook l🕊 Twitter l 🌐Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍102🔥1💯1
1992-yil 8-dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingani kuni bilan barchangizni qutlaymiz! Yurtimizga tinchlik, farovonlik va muvaffaqiyatli kelajak tilaymiz.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
✈️Telegram l🌐 Instagram📹YouTube l Facebook l🕊 Twitter l 🌐Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍107🔥3🥰1🎉1🤩1
2025-yil 10-dekabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasining "Adolat" zalida O‘zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan “Ulug‘ xalq qudrati jo‘sh urgan zamon” deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi.

📚Ko‘rgazmada taqdim etilgan kitoblar va risolalar "O‘zbekiston Respublikasining davlat madhiyasi to‘g‘risida"gi Qonun, O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat suverenitetining ramzi ekani va unga ehtirom bilan qarash har bir fuqaroning vatanparvarlik burchi ekanini yana bir bor yodga soladi.

BATAFSIL

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
👍7🔥31🥰1
📚KITOBXON MILLAT — ZIYOLI JAMIYAT

O'zbekiston Milliy kutubxonasi kitobxonlarning qiziqishlarini o'rganish hamda kutubxonada “Obuna-2026” xizmatini yanada takomillashtirish maqsadida
ijtimoiy so'rovnoma o'tkazmoqda.

Aziz kitobsevar do'stlar, vaqt va imkon topishingiz bilan quyidagi havola orqali savolnomamizda ishtirok eting va do'stlaringizga ulashing. Sizning javobingiz biz uchun muhim!

📌So’rovnomada ishtirok etish👇
https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLScSNV8assv_oTF5Xm-WCeO62gByPt3cYYn6oiaX2Cqm9SqN0A/viewform?usp=header

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna
bo‘ling!
✈️Telegram l🌐 Instagram📹YouTube l Facebook l🕊 Twitter l 🌐Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥31🥰1😍1
2025-yil 10-dekabr kuni Inson xuquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazida Xalqaro inson huquqlari kuniga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi

Tadbirda soha mutaxassislari, Ommaviy axborot vositasi xodimlari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar. Inson xuquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov, BMT Taraqqiyot dasturi doimiy vakili Akiko Fudzii va YeXHTning O‘zbekistondagi Loyihalari koordinatori Antti Karttunenlar yig‘ilganlarni qutladilar.

Tadbir doirasida Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi va BMT Taraqqiyot dasturi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik qilish bo‘yicha memorandum imzolash hamda "Inson huquqlari himoyasi uchun" ko‘krak nishoni sovrindorlarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi.
Inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishdagi xizmati, ularni targ‘ib qilishdagi faolligi, mazkur sohada ta'lim, yoshlar o‘rtasida inson huquqlarini himoya qilish an'analarini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi, inson huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotlarni rivojlantirish va boshqarishdagi salmoqli yutuqlari, inson huquqlari sohasidagi samarali ilmiy faoliyati uchun taqdirlanganlar orasida O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori Umida Teshabayeva ham bor.
Mazkur ko‘krak nishonini ta'sis etilishidan maqsad inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishda katta hissa qo‘shgan fuqarolar va tashkilotlarni moddiy va ma'naviy rag‘batlantirish hamda taqdirlash, bu faoliyatni amalga oshirishda o‘rnak bo‘layotganlar namunasini, ularning tajribasini ommalashtirishdan iborat.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna
bo‘ling!
✈️Telegram l🌐 Instagram📹YouTube l Facebook l🕊 Twitter l 🌐Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥13👍12👏6🥰21🤩1😍1