Milliy kutubxona | Rasmiy
9.55K subscribers
13K photos
1.94K videos
467 files
6.43K links
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining telegramdagi rasmiy sahifasi

Bizni ijtimoiy tarmoqdagi boshqa sahifalarimizni ham kuzatib boring 👉 https://natlib.taplink.ws

Murojaat uchun: @infonatlib_bot
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#KONSTITUTSIYA_33_YIL

📚Aziz kitobxonlar!
Biz sizlarni bosh qomusimiz- mustaqil O’zbekistonning ishonchli huquqiy kafolatlarini shakllantirgan va mustahkamlagan asosiy qonuni, oliy yuridik kuchga ega boʻlgan siyosiy-huquqiy hujjati – Konstitutsiyasi haqidagi ma'lumotlar bilan tanishtirib boramiz.

👉 Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyani o'qish uchun bosing
https://jizzakh.natlib.uz/search/media/img/CAT000002691150?metsno=000000489059&fileid=M000000489059_FILE000002

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
4👌4🔥1🤩1😍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
2025-yil 5-dekabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilingan kunga bag‘ishlangan “Konstitutsiya - farovon hayotimiz kafolatidir!” deb nomlangan davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirda O‘zbekiston Milliy kutubxonasi mutaxassislari ishtirok etdilar. Davra suhbati O‘zbekiston Milliy kutubxonasi mutaxassislarining huquqiy savodxonligini yanada oshirish maqsadida tashkil etildi.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
✈️Telegram l🌐 Instagram📹YouTube l Facebook l🕊 Twitter l 🌐Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍4👏2🥰1🤩1👌1
2025-yil 5-dekabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilingan kunga bag‘ishlangan “Konstitutsiya - farovon hayotimiz kafolatidir!” deb nomlangan davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirda O‘zbekiston Milliy kutubxonasi mutaxassislari ishtirok etdilar. Davra suhbati O‘zbekiston Milliy kutubxonasi mutaxassislarining huquqiy savodxonligini yanada oshirish maqsadida tashkil etildi.

📕 O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori U.Teshabaeva O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, xalqning huquqiy savodxonligi, ularning huquq va erkinliklari haqida so‘zladi hamda kutubxona jamoasini davrning dolzarb muammolarini yechish yo‘lida mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladigan Konstitusiyamiz qabul qilingan kun bilan samimiy qutladi, ularning oilalariga sog‘lik, farovonlik va qut-baraka tiladi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar Konstitutsiyamizda inson hayoti, erkinligi, sha'ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanishi e'tirof etdilar, Konstitutsiyamizning xalqchil va insonparvar moddalari zamirida yurtimizning har bir jabhasida kechayotgan islohotlar, shahar va qishloqlardagi bunyodkorlik, ilm-fandagi ulkan muvaffaqiyatlarni ko‘rish mumkinligi to‘g‘risida gapirdilar. Shuningdek, ular Konstitutsiyamizda inson hayoti, erkinligi, sha'ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanishi e'tirof etdilar, Konstitutsiyamizning xalqchil va insonparvar moddalari zamirida yurtimizning har bir jabhasida kechayotgan islohotlar, shahar va qishloqlardagi bunyodkorlik, ilm-fandagi ulkan muvaffaqiyatlarni ko‘rish mumkinligiga urg‘u berdilar. Rejalashtirilgan tadbir yakunida Milliy kutubxonaning bir qator xodimlari tashakkurnoma bilan taqdirlandilar.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
✈️Telegram l🌐 Instagram📹YouTube l Facebook l🕊 Twitter l 🌐Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥84🤩1😍1
E’LON !

«Konstitutsiya kuni» bayrami munosabati bilan 8-dekabr dam olish kuni deb e’lon qilingan, shu sababli ushbu kun Milliy kutubxonada foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatilmaydi. 7-dekabr Milliy kutubxona xodimlari uchun 1 soatga qisqartirilgan ish kuni.
Ma’muriyat


ОБЪЯВЛЕНИЕ !

В связи с празднованием «Дня Конституции» 8 декабря объявлен выходным днём.
В этот день Национальная библиотека пользователям услуги не предоставляет. 7 декабря для работников Национальной библиотеки рабочий день сокращен на 1 час.
Администрация


📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
✈️Telegram l🌐 Instagram📹YouTube l Facebook l🕊 Twitter l 🌐Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👌84🔥3🥰1🎉1🤩1
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi Dispetcherlik xizmati va adabiyotlarni tarqatish bo‘limi boshlig‘i Dildoraxon Xalmuhamedova 3-5 dekabr kunlari Rossiya Davlat bolalar kutubxonasida bo'lib o‘tayotgan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlar bolalar va o‘smirlar kitoblarining “Bolalar adabiyoti tilida: bolalar adabiyoti va kitobxonligi sohasidagi hamkorlik” III Xalqaro forumida ishtirok etdi.

📌Rossiya Davlat bolalar kutubxonasi tomonidan “Kitobxonlarni tarbiyalash” uyushmasi bilan hamkorlikda Rossiya Federatsiyasi Madaniyat vazirligi va MDHga aʼzo davlatlarning gumanitar hamkorlik boʻyicha Davlatlararo jamgʻarmasi koʻmagida o‘tayotgan forum “Folklor yosh kitobxonlarni tarbiyalash asosi sifatida: MDH mamlakatlaridagi hamkorlik loyihalari va istiqbollari” mavzusiga bag‘ishlangan.

📌Forumning maqsadi – bolalar adabiyoti va kitobxonlik sohasi mutaxassislari o‘rtasida madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlash, MDH mamlakatlarida bolalar kitobxonligi infratuzilmasi samaradorligini oshirish va rivojlantirish, bolalarga xizmat ko‘rsatuvchi kutubxonalarning o‘rni va yangi imkoniyatlarini muhokama qilish, bolalarni kitobxonlikka jalb qilish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha tajriba almashish.

📌 Forumda Dildoraxon Xalmuhamedova “Bolalarning kitob o‘qishga qiziqishini oshirish: O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tajribasi va innovatsion uslublari” mavzusida ma’ruza qildi.

📌 Forum doirasida, shuningdek, “Bolalarga ertak aytib berish sanʼati” mavzusida kitob illyustratsiyasi boʻyicha davra suhbati ham boʻlib oʻtdi.

Rasmiy sahifalarimizga obuna
bo‘ling!
✈️Telegram l🌐 Instagram📹YouTube l Facebook l🕊 Twitter l 🌐Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍98🔥4🤩2👏1😍1