Milliy kutubxona | Rasmiy
9.56K subscribers
13K photos
1.94K videos
467 files
6.43K links
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining telegramdagi rasmiy sahifasi

Bizni ijtimoiy tarmoqdagi boshqa sahifalarimizni ham kuzatib boring 👉 https://natlib.taplink.ws

Murojaat uchun: @infonatlib_bot
Download Telegram
Forwarded from 1000KITOB
“Yoshlar uchun 1000 kitob” loyihasida navbatdagi to‘plam bo‘yicha muhim bosqich yakunlandi

“Yoshlar uchun 1000 kitob” loyihasi doirasida navbatdagi to‘plamga kiruvchi 8 ta kitobning nishona nusxalari tayyor bo‘lib, jamoatchilik kengashi a’zolari va nashriyot vakillari bilan birgalikda ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv davomida kitoblarning umumiy sifati, dizayn yechimlari, tarjima va tahrir jarayonlari batafsil muhokama qilindi. Mutaxassislar tomonidan ayrim texnik va mayda tuzatishlar bo‘yicha takliflar berildi.

Eng quvonarlisi — nishona nusxalar umumiy sifat bo‘yicha ijobiy baholandi. Bu esa kitoblarning yakuniy variantlari nashrga tayyorlanayotgani va tez orada o‘quvchilarga yetib borishini anglatadi.

Takliflar qabul qilindi, shunga muvofiq tuzatishlar kiritilib, yakuniy ko‘rinishlar tasdiqlanadi.

Sahifalarimizga ulaning va ulashing

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
👍8🔥42🥰1👏1🤩1😍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#KONSTITUTSIYA_33_YIL

📚Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yangi tahriri 2023-yil 1-maydan kuchga kirdi.
📚Bunga 30-aprel kuni boʻlib oʻtgan referendum natijasiga koʻra 11 ta moddadan iborat tegishli qonunning qabul qilinishi asos boʻldi.
📚2021-yil 8-fevralda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oʻzgartishlar kiritish to'g'risida"gi Qonunning 1-moddasi orqali amaldagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga bir qancha tuzatish va qo‘shimchalar kiritilishi belgilandi.
📚 Yangi konstitutsiya 65 foizga yangilangan.

👉Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyani o'qish uchun bosing
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
✈️Telegram l🌐 Instagram📹YouTube l Facebook l🕊 Twitter l 🌐Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥43👌2🥰1🤩1😍1
O‘ZBEKISTON MILLIY KUTUBXONASI DIREKTORI YEVROSIYO KUTUBXONA ASSAMBLEYASI
VITSE-PREZIDENTI ETIB SAYLANDI


2025-yil 3-dekabr kuni o‘tkazilgan Yevrosiyo Kutubxonalar Assambleyasi (YKA) rahbariyatining saylov natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori – Umida Alimjanovna Teshabayeva bir ovozdan YKA vitse-prezidenti sifatida ikkinchi muddatga qayta saylandi. Mazkur qaror MDH davlatlarining milliy va yetakchi kutubxonalari tomonidan Umida Alimjanovnaning kutubxonachilik sohasidagi yuqori malakasi, tashabbuskorligi va xalqaro maydondagi faoliyatiga yuksak e’tirofdir.

Ma’lumot uchun: YKA – 1992-yil 27-noyabr kuni tashkil etilgan bo‘lib, u MDH mamlakatlaridagi milliy, davlat va boshqa yirik kutubxonalarni birlashtiruvchi xalqaro professional uyushmadir. YKA bugungi kunda Yevrosiyo mintaqasida kutubxonachilik siyosatini shakllantiruvchi eng nufuzli platformalardan biriga aylangan.
YKAning asosiy maqsadi: mamlakatlar o‘rtasida kutubxona sohasida hamkorlikni kuchaytirish, yagona axborot makonini shakllantirish, madaniy merosni saqlash va raqamlashtirish, kutubxona xizmati sifatini oshirish, qo‘shma ilmiy, madaniy va axborot loyihalarini amalga oshirish hisoblanadi.


Shu bilan birga, yig‘ilish doirasida O‘zbekiston Milliy kutubxonasi mas’ul xodimlari ishtirok etdi hamda YKAning kelgusi 4 yilga mo‘ljallangan rahbarlik lavozimlariga saylovlar o‘tkazilib, ko‘pchilik ovozi bilan:
Vadim Valeryevich Duda – YKA Prezidenti, Rossiya davlat kutubxonasi Bosh direktori (16 ta ovoz);
Umida Alimjonovna Teshabayeva – YKA vitse-prezidenti, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori (14 ta ovoz);
Anna Grayrovna Chulyan – YKA vitse-prezidenti, Armaniston Milliy kutubxonasi direktori (13 ta ovoz).

YKA rahbarligiga saylov yakunlari bo‘yicha Umida Teshabayeva yig‘ilish ishtirokchilariga video murojaat yo‘lladi. Unda Assambleyaning kelgusidagi faoliyatida yanada faol ishtirok etish, madaniy merosni asrash, raqamli resurslar yaratish, xizmatlarni modernizatsiya qilish va kutubxonachilar malakasini oshirishga qaratilgan qo‘shma loyihalarni davom ettirish bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirdi.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
✈️Telegram l🌐 Instagram📹YouTube l Facebook l🕊 Twitter l 🌐Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍439👏4🔥3🎉1👌1😍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#KONSTITUTSIYA_33_YIL

📚Aziz kitobxonlar!
Biz sizlarni bosh qomusimiz- mustaqil O’zbekistonning ishonchli huquqiy kafolatlarini shakllantirgan va mustahkamlagan asosiy qonuni, oliy yuridik kuchga ega boʻlgan siyosiy-huquqiy hujjati – Konstitutsiyasi haqidagi ma'lumotlar bilan tanishtirib boramiz.

👉 Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyani o'qish uchun bosing
https://jizzakh.natlib.uz/search/media/img/CAT000002691150?metsno=000000489059&fileid=M000000489059_FILE000002

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
4👌4🔥1🤩1😍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
2025-yil 5-dekabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilingan kunga bag‘ishlangan “Konstitutsiya - farovon hayotimiz kafolatidir!” deb nomlangan davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirda O‘zbekiston Milliy kutubxonasi mutaxassislari ishtirok etdilar. Davra suhbati O‘zbekiston Milliy kutubxonasi mutaxassislarining huquqiy savodxonligini yanada oshirish maqsadida tashkil etildi.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
✈️Telegram l🌐 Instagram📹YouTube l Facebook l🕊 Twitter l 🌐Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍4👏2🥰1🤩1👌1
2025-yil 5-dekabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilingan kunga bag‘ishlangan “Konstitutsiya - farovon hayotimiz kafolatidir!” deb nomlangan davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirda O‘zbekiston Milliy kutubxonasi mutaxassislari ishtirok etdilar. Davra suhbati O‘zbekiston Milliy kutubxonasi mutaxassislarining huquqiy savodxonligini yanada oshirish maqsadida tashkil etildi.

📕 O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori U.Teshabaeva O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, xalqning huquqiy savodxonligi, ularning huquq va erkinliklari haqida so‘zladi hamda kutubxona jamoasini davrning dolzarb muammolarini yechish yo‘lida mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladigan Konstitusiyamiz qabul qilingan kun bilan samimiy qutladi, ularning oilalariga sog‘lik, farovonlik va qut-baraka tiladi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar Konstitutsiyamizda inson hayoti, erkinligi, sha'ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanishi e'tirof etdilar, Konstitutsiyamizning xalqchil va insonparvar moddalari zamirida yurtimizning har bir jabhasida kechayotgan islohotlar, shahar va qishloqlardagi bunyodkorlik, ilm-fandagi ulkan muvaffaqiyatlarni ko‘rish mumkinligi to‘g‘risida gapirdilar. Shuningdek, ular Konstitutsiyamizda inson hayoti, erkinligi, sha'ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanishi e'tirof etdilar, Konstitutsiyamizning xalqchil va insonparvar moddalari zamirida yurtimizning har bir jabhasida kechayotgan islohotlar, shahar va qishloqlardagi bunyodkorlik, ilm-fandagi ulkan muvaffaqiyatlarni ko‘rish mumkinligiga urg‘u berdilar. Rejalashtirilgan tadbir yakunida Milliy kutubxonaning bir qator xodimlari tashakkurnoma bilan taqdirlandilar.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
✈️Telegram l🌐 Instagram📹YouTube l Facebook l🕊 Twitter l 🌐Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥84🤩1😍1