Milliy kutubxona | Rasmiy
9.55K subscribers
13K photos
1.94K videos
467 files
6.43K links
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining telegramdagi rasmiy sahifasi

Bizni ijtimoiy tarmoqdagi boshqa sahifalarimizni ham kuzatib boring 👉 https://natlib.taplink.ws

Murojaat uchun: @infonatlib_bot
Download Telegram
2025-yil 2-dekabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi rahbariyati ishtirokida Ibn Sino nomidagi Buxoro viloyati Axborot-kutubxona markazida sayyor seminar bo‘lib o‘tdi.

• Tashkillashtirilgan seminar davomida Milliy kutubxona direktori Umida Teshabayeva kutubxonachilik sohasidagi zamonaviy tendensiyalar, sun’iy idrokni sohada qo‘llash, xalqaro tajriba va ularni amaliyotga joriy etish masalalari yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi.
• direktor o‘rinbosari Alimardon Raxmonov tomonidan axborot-kutubxona xizmatini yanada rivojlantirish, loyihalarni joriy etish, strategik ahamiyatga ega kelgusidagi rejalar va ustuvor vazifalar haqida ma’ruza qildi.

Kun tartibidagi ikkinchi masalada Ibn Sino nomidagi Buxoro viloyati axborot-kutubxona markazi direktori Aminova Nasiba Karimovnani o‘z tashabbusiga ko‘ra faxriylar safiga munosib ravishda kuzatish marosimi o‘tkazildi. So‘z olganlar tomonidan ustoz shogird an’analariga rioya qilish sohaga qo‘shgan hissasi va orttirgan tajribasini yoshlarga singdirishdek mas’uliyat turganligini aytib o‘tishdi. Nafaqaga chiqish — ishdan uzilish emas, balki hayotning navbatdagi davri, bu davrda sizga sog‘lik, nurli kunlar va xotirjam dam olish, shuningdek Buxoro hududida kutubxonachilar maktabiga ustozlik qilishingizni tilaymiz. Fidokor kutubxonachi – Aminova Nasiba Karimovna, ko‘p yillar davomida axborot-kutubxona sohasi rivojiga katta hissa qo‘shib, salmoqli mehnati bilan e’tirof va e’tiborga munosib.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l🌐 Instagram📹YouTube l Facebook l🕊 Twitter l 🌐Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍96🔥3🥰1🎉1🤩1
📊 O'zbekiston Milliy kutubxonasining 2025-yil noyabr oyi uchun foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatish ko'rsatkichlari

📚 O'zbekiston Milliy kutubxonasiga 2025-yil noyabr oyida kelib tushgan yangi nashrlar

🤝 Kitoblarni nashr etishdan oldin O‘zbekiston nashriyotlari bilan hamkorlik (2025-yil, noyabr)

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l🌐 Instagram📹YouTube l Facebook l🕊 Twitter l 🌐Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥51🥰1😍1
Joriy yil 3-dekabr kuni Toshkent gumanitar fanlar universiteti talaba va ilmiy xodimlari uchun O‘zbekiston Milliy kutubxonasi Xalqaro aloqalarni tashkil etish xizmati mutaxassisi Husniya Boysunova tomonidan xorijiy ilmiy-ta’limiy bazalar haqida seminar-trening o‘tkazildi.

📌 Seminarda O‘zbekiston Milliy kutubxonasining EBSCO Information services, ProQuest Dissertations & Theses, PressReader, EastView, EBS Znanium, Web of Science Core Collection, Springer Nature hamda EIFL xalqaro konsorsiumining elektron bazalari haqida ma’lumot berildi.

📌Shuningdek, mazkur bazalardan foydalanish, platforma bilan ishlashning samarali usullari, to‘liq matnli resurslarni yuklash, ilmiy ma’lumotlar qidirish, ta’lim va ilmiy-tadqiqot faoliyati uchun platforma imkoniyatlari bilan tanishtirish kabi mavzularda batafsil ma’lumot berildi.
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l🌐 Instagram📹YouTube l Facebook l🕊 Twitter l 🌐Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍52🔥2🥰1🤩1😍1
2025-yil 3-dekabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi “Istiqbol” zalida Xalqaro nogironlarning huquq va erkinliklarini himoya qilish kuniga bag'ishlangan “Siz doimo e’zozdasiz” deb nomlangan kitob ko‘rgazmasi ochildi.

📚Ko‘rgazmada imkoniyati cheklangan kishilarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan loyihalar, nogironlarning boshqa nogiron bo‘lmagan kishilar bilan jamiyat hayotida barobar ishtiroki ta'minlanganini, nogironlarning qadr-qimmatini himoyalovchi qonunlar va tartib-taomillarning joriy etilgani haqidagi kitoblar, davriy nashr materiallari joy olgan.

📚Xalqaro nogironlarning huquq va erkinliklarini himoya qilish kuni 1992-yilda qabul qilingan BMT Bosh Assambleyasining 47/3 raqamli qaroriga binoan nishonlana boshladi. Mazkur kunni nishonlashdan asosiy maqsad jamiyatni nogironlar duch kelayotgan muammolarni yanada yaxshiroq tushunishga, nogironlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning qadr-qimmati, huquqlarini himoyalash, turmush sharoitlarini yaxshilashga chaqirishdan iborat.

📚Shuningdek, mazkur sana nogironlar jamiyatning siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotida yanada faolroq ishtirok etishi butun jamiyatimizning yuksalishiga ijobiy ta'sir ko‘rsatishini anglab olishga yordam beradi.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l🌐 Instagram📹YouTube l Facebook l🕊 Twitter l 🌐Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍53🔥1🥰1🤩1😍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bugun

O'zbekiston Milliy kutubxonasi O‘quv zallari xizmati mutaxassislari 3-dekabr Xalqaro nogironlarning huquq va erkinliklarini himoya qilish kuni munosabati bilan maxsus videorolik tayyorlaganlar.
Quyida e'tiboringizga mazkur videorolikni havola etamiz.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l🌐 Instagram📹YouTube l Facebook l🕊 Twitter l 🌐Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6🔥1🥰1🎉1🤩1😍1💯1
EIFL doirasida “Britannica Academic” xorijiy ma’lumotlar bazasidan foydalanish bo‘yicha onlayn seminar.

EIFL konsorsiumiga a'zolik doirasida “Britannica Academic” ilmiy ma’lumotlar bazasidan test rejimida foydalanish yo'lga qo'yildi. Uning asosiy imkoniyatlari, yangiliklari, shuningdek, sun’iy intellekt asosidagi yordamchi funksiyalari yuzasidan navbatdagi Zoom vebinari bo‘lib o‘tdi.

Mazkur vebinar davomida ekspertlar platformadan samarali foydalanish bo‘yicha batafsil ko‘rsatmalar taqdim etdi, izlanish jarayonini yengillashtiruvchi interaktiv vositalar tanishtirildi.

Vebinarda respublikamizning qator universitet kutubxonalari, ilmiy axborot markazlari hamda sohaga oid mutaxassislar faol ishtirok etdilar.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l🌐 Instagram📹YouTube l Facebook l🕊 Twitter l 🌐Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4🔥1🥰1🤩1😍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇰🇷Janubiy Koreya delegatsiyasi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida🇺🇿

Bugun O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Janubiy Koreyaning Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Iqtisodiy rivojlanish va hamkorlik fondi (EDCF) hamda “Eksimbank” vakillaridan iborat delegatsiya tashrif buyurdi.

Tashrif davomida mehmonlarga mamlakatimizda axborot-kutubxona tizimini raqamlashtirish, ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlari va kutubxonalar o‘rtasida elektron resurslar almashinuvini kengaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Jumladan, 2019-yilda O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasidagi hamkorlik doirasida ishga tushirilgan “Milliy umumta’lim elektron kutubxona” loyihasi faoliyati, uning texnik imkoniyatlari, raqamli kontent bazasi, mavjud infratuzilma va istiqboldagi rejalar delegatsiya e’tiboriga havola etildi.

Ma’lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qaroriga muvofiq, “Milliy umumta’lim elektron kutubxona” loyihasi EDCFning moliyaviy hamkorligida amalga oshirilgan. Loyiha doirasida Milliy kutubxonada 4 ta asosiy – Skanerlash va raqamlashtirish, Raqamlashtirilgan resurslarni qayta ishlash, Multimedia studiyasi, Texnik va texnologik qo‘llab-quvvatlash bo‘limlari tashkil etilgan bo‘lib, ular zamonaviy texnikalar hamda dasturiy vositalar bilan jihozlangan.

Uchrashuv yakunida tomonlar axborot-kutubxona xizmatlarida raqamli texnologiyalarni yanada keng joriy etish, ilmiy va ta’limiy resurslarni elektron shaklda ommalashtirish bo'yicha hamkorlikdagi loyihalarni amalga oshirish, shuningdek qo‘shma istiqbolli rejalarni belgilash kelishib olindi.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l🌐 Instagram📹YouTube l Facebook l🕊 Twitter l 🌐Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏73🔥2👍1🥰1🎉1🤩1💯1