Milliy kutubxona | Rasmiy
9.83K subscribers
13.1K photos
1.94K videos
467 files
6.44K links
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining telegramdagi rasmiy sahifasi

Bizni ijtimoiy tarmoqdagi boshqa sahifalarimizni ham kuzatib boring 👉 https://natlib.taplink.ws

Murojaat uchun: @infonatlib_bot
Download Telegram
2025-yil 30-noyabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi "Istiqbol"  zalida amerika yozuvchisi, hajvchi, jurnalist va jamoat arbobi Mark Tven (haqiqiy ismi - Semyuel Lengxorn Klemens) tavalludining 190 yilligiga bag‘ishlangan “Марк Твен и его знаменитые герои" (Mark Tven va uning mashhur qahramonlari) nomli kitob-rasmli ko‘rgazma qo‘yildi.

📚 Ko‘rgazmada Mark Tvenning amerikacha hayotning yetuk ijtimoiy tanqidi, kichik insonparvar Gekning  manfaatparastlik va shafqatsizlikka noroziligi aks etgan «Geklberri Finning boshidan kechirganlari», ishbilarmon, o‘yinqaroq, maqtanchoq va mahmadona bola haqidagi «Tom Soyer sarguzashtlari», shahzodaning gado va gadoning shahzoda bo‘lib qolgani haqidagi  «Shahzoda va gado»,  «Erdan maktublar», «Janna D’ark», «Adam kundaligi», «№44, sirli notanish odam» kabi roman, qissa, ocherk va publisistik asarlari hamda hajviy hikoyalari o‘rin olgan.

BATAFSIL

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna
bo‘ling!
✈️Telegram l🌐 Instagram📹YouTube l Facebook l🕊 Twitter l 🌐Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥3👏31🥰1🤩1👌1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kutubxona_OAV_nigohida

Madaniyat va Ma'rifat telekanali

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Abdulla Qodiriy Tanlangan asarlar" kitobi taqdimoti boʻlib oʻtdi

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna
bo‘ling!
✈️Telegram l🌐 Instagram📹YouTube l Facebook l🕊 Twitter l 🌐Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🔥1🤩1😍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
2025-yil noyabr oyida Kitob berish kafedralarida foydalanuvchilar tomonidan eng ko‘p buyurtma berilgan adabiyotlar o‘ntaligi bilan tanishing:
1. Oldos Haksli “Ajib yangi dunyo”
2. Komil Sindorov “Qimmatga tushgan xato”
3. Jek London “Martin Iden”
4. Yunus O‘g‘uz “Ovchi”
5. Artur Konan Doyl “Baskervillar iti”
6. Dunkan Klark “Alibaba”
7. Ahmad Lutfiy Qozonchi “Eng sara asarlari”
8. Chingiz Aytmatov “Qiyomat”
9. Ahmad Muhammad Tursun “Dunyoni tebratgan 7 buyuk”
10. Gabriel Garsia "Yolg'izlikning yuz yili"
👍113🤩2🔥1🥰1😍1
📚E’lon
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida kutubxona mutaxassislarining kasbiy mahoratini oshirishga qaratilgan metodik to‘garaklar faoliyati davom etmoqda.
Ushbu tashabbus doirasidagi navbatdagi mashg‘ulot 2-dekabr kuni soat 14:30 da Zoom platformasi orqali (online va offline formatlarda) o‘tkaziladi.

🗂Mavzu: Bibliografik qo‘llanmalar tuzish tartibi, to‘liq matnli bibliografik qo‘llanmalar
🎓Mashg‘ulotni Milliy bibliografiya ma'lumotlar ba'zasini shakllantirish xizmati rahbari Ruziyeva Fazila olib boradi.

📎 Mazkur metodik to‘garak Bibliografik qo‘llanmalar tuzish tartibi, to‘liq matnli bibliografik qo‘llanmalar mavzusida bo'lib o'tdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar) axborot-kutubxona markazlari
👩‍💻Mashg‘ulotni onlayn — ZOOM platformasi orqali kuzatish uchun link:https://us05web.zoom.us/j/82289430660?pwd=W0bUpayWDoL8FaH8npBFlchaBaANiS.1
Mashg‘ulot identifikatori: 822 8943 0660

Kirish kodi: 9FnS8z

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l🌐 Instagram📹YouTube l Facebook l🕊 Twitter l 🌐Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4🔥1👌1😍1💯1
2025-yil 1-dekabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi “Adolat” zalida Butunjahon orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi (OITS) kasalligiga qarshi kurash kuniga bag‘ishlangan “OITSga qarshi birgalikda kurashish mumkin” nomli kitob-rasmli ko‘rgazma bo‘lib o‘tdi.

📚Ko‘rgazmada xastalikning tarixi, OIV-infeksiyasi, virusning yuqish yo‘llari, sindromi va xavfi darajasi, davolash va profilaktikasiga doir adabiyotlar taqdim etilgan. Shuningdek, OITS va infeksion kasalliklarga qarshi kurash va ularning profilaktikasiga bag‘ishlangan eslatmalar, bukletlar va tarqatma flayerlar taqdim etilgan.
1988 yildan buyon har yili butun dunyoda 1 dekabr' – Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni sifatida nishonlanadi. Ushbu kunni o‘tkazishdan maqsad keng jamoatchilik e'tiborini OIV/OITS muammosiga qaratish, kasallikning oldini olish borasidagi tadbirlarga ularni jalb etishdir. Mazkur sana doirasida tashkil etiladigan tadbirlarda xalqaro tashkilotlar ham keng ishtirok etadi. OIV/OITS infeksiyasi bilan kasallangan insonlar bilan birdamlik timsoli sifatida – Qizil tasma qabul qilingan.

📚Ko‘rgazmaga tashrif buyurgan foydalanuvchilar “OITS nima?”, “OIV-infeksiyasi bo‘yicha nazariy va amaliy asoslar”, “Infeksionnie bolezni s kursom VICh-infeksii i epidermiologii”, “Prinsipi profilaktiki VICh-infeksii sredi lis, primenyayushix narkotiki”, “OIV-infeksiyasi va uning kasb orkali yuqish profilaktikasi”, “OIV/OITS kasalligidan saklanish mumkinmi?”, “Orttirilgan immun tanqisligi sindromi”, “Jizn' s VICh”, “Salomatlik” ensiklopediyasi, “Tengdosh” o‘quv qo‘llanmasi, jurnal va gazetalardan mazkur mavzuga bag‘ishlangan maqolalari bilan tanishdilar.

📚 Shuningdek, ko‘rgazma OITS odamlarni ularning ijtimoiy kelib chiqishi, hayot tarzi va odatlari bo‘yicha tanlamasligi, OIV-infeksiyasi har bir inson organizmiga tushib qolishi mumkinligini va hozirgi kunda bu kasallik in'eksion narkotiklarni qo‘llash orqali yuqishini hamda boshlang‘ich bosqichda aniqlangan OIV/OITS – infeksiyalarini davolash mumkinligi haqida xabar beradi.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l🌐 Instagram📹YouTube l Facebook l🕊 Twitter l 🌐Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍72😍2🔥1🥰1🎉1🤩1
#Qutlov

🇺🇿 “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan muborakbod etamiz

Mamlakatimiz taraqqiyotiga, ma’naviy va ma’rifiy hayot rivojiga ko‘p yillar davomida sidqidildan xizmat qilib, fidoyilik va halol mehnati bilan munosib hissa qo‘shib kelayotgan insonlarni rag‘batlantirish maqsadida ta’sis etilgan bo'lib bugun, ushbu “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan O‘zbekiston Milliy kutubxonasi Nashriyot-matbaa xizmati rahbari — bosh muharrir Musayev Farrux Fatixovich taqdirlandi!

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi jamoasi
Farrux Musayevni ushbu sharafli mukofot bilan chin qalbdan muborakbod etadi hamda faoliyatida yanada ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi!


📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l🌐 Instagram📹YouTube l Facebook l🕊 Twitter l 🌐Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍236🤩2🔥1🥰1👏1👌1😍1💯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tavsiya

❄️☃️Qish fasli mutolaa uchun ayni muddao.
❄️☕️Qahva va qor beradigan iliq kayfiyatni mos kitoblar bilan yanada to‘ldiring.
❄️📚Milliy kutubxona qish faslida yurakni ilitadigan va fikrga cho‘mdiradigan asarlarni tavsiya qiladi.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l🌐 Instagram📹YouTube l Facebook l🕊 Twitter l 🌐Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9🔥4🥰1🎉1🤩1👌1
2025-yil 2-dekabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi rahbariyati ishtirokida Ibn Sino nomidagi Buxoro viloyati Axborot-kutubxona markazida sayyor seminar bo‘lib o‘tdi.

• Tashkillashtirilgan seminar davomida Milliy kutubxona direktori Umida Teshabayeva kutubxonachilik sohasidagi zamonaviy tendensiyalar, sun’iy idrokni sohada qo‘llash, xalqaro tajriba va ularni amaliyotga joriy etish masalalari yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi.
• direktor o‘rinbosari Alimardon Raxmonov tomonidan axborot-kutubxona xizmatini yanada rivojlantirish, loyihalarni joriy etish, strategik ahamiyatga ega kelgusidagi rejalar va ustuvor vazifalar haqida ma’ruza qildi.

Kun tartibidagi ikkinchi masalada Ibn Sino nomidagi Buxoro viloyati axborot-kutubxona markazi direktori Aminova Nasiba Karimovnani o‘z tashabbusiga ko‘ra faxriylar safiga munosib ravishda kuzatish marosimi o‘tkazildi. So‘z olganlar tomonidan ustoz shogird an’analariga rioya qilish sohaga qo‘shgan hissasi va orttirgan tajribasini yoshlarga singdirishdek mas’uliyat turganligini aytib o‘tishdi. Nafaqaga chiqish — ishdan uzilish emas, balki hayotning navbatdagi davri, bu davrda sizga sog‘lik, nurli kunlar va xotirjam dam olish, shuningdek Buxoro hududida kutubxonachilar maktabiga ustozlik qilishingizni tilaymiz. Fidokor kutubxonachi – Aminova Nasiba Karimovna, ko‘p yillar davomida axborot-kutubxona sohasi rivojiga katta hissa qo‘shib, salmoqli mehnati bilan e’tirof va e’tiborga munosib.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l🌐 Instagram📹YouTube l Facebook l🕊 Twitter l 🌐Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍96🔥3🥰1🎉1🤩1