Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi Metodik xizmati rahbari Saodat Komilova va Raqamli resurslarni qayta ishlash xizmati rahbari Saydolim Olimov 2025-yil 25-27-noyabr kunlari Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida Boris Yeltsin nomidagi Prezident kutubxonasi tomonidan tashkil etilgan kutubxonalar, arxivlar va muzeylarning madaniy va tarixiy merosini saqlash boʻyicha Integratsiyalashgan forumda ishtirok etmoqdalar.
Evakuatsiya davridagi raqamli muhitga bag'ishlangan sho‘'ba yig‘ilishida O'zbekiston Milliy kutubxonasi Metodik xizmati rahbari Saodat Komilova "Madaniy boyliklarni O'zbekistonga evakuatsiya qilish tarixi" mavzusida ma'ruza qildi.
Forum ishtirokchilari shahar kutubxonalari va muzeylariga tashrif buyurishdi, "Buyuk g‘alabada SSSR xalqlarining roli" Xalqaro ko‘rgazma loyihasining taqdimotida qatnashdilar.
📱 Rasmiy sahifalarimizga obuna
bo‘ling!
✅Telegram l🌐 Instagram l 📹 YouTube l✅ Facebook l🕊 Twitter l 🌐 Website
Forum doirasida "Ulug' Vatan urushi yillarida evakuatsiya: MDH davlatlarining raqamli makonida xotirani saqlash" mavzusiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferensiya bo'lib o'tdi. Unda ilmiy va madaniy muassasalarni, front hududlaridan madaniy boyliklarni, madaniyat arboblarini evakuatsiya qilish, evakuatsiya paytida madaniy hayot va kutubxonalarning faoliyati kabi masalalar muhokama qilinmoqda. Shuningdek, kutubxonalar va muzeylarning hozirgi holatiga ham alohida e'tibor qaratildi, forum ishtirokchilari madaniy meros va tarixiy xotirani saqlashga qaratilgan loyihalarini taqdim etmoqdalar.
Evakuatsiya davridagi raqamli muhitga bag'ishlangan sho‘'ba yig‘ilishida O'zbekiston Milliy kutubxonasi Metodik xizmati rahbari Saodat Komilova "Madaniy boyliklarni O'zbekistonga evakuatsiya qilish tarixi" mavzusida ma'ruza qildi.
Forum ishtirokchilari shahar kutubxonalari va muzeylariga tashrif buyurishdi, "Buyuk g‘alabada SSSR xalqlarining roli" Xalqaro ko‘rgazma loyihasining taqdimotida qatnashdilar.
Anjuman doirasida "MDH hududida rus tili" mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tadi. U rus tilining millatlararo muloqot tili, madaniy vosita va integratsiya jarayonlari uchun poydevor sifatidagi roli, rus kitoblarini targ'ib qilish va turli kutubxona loyihalarini ishlab chiqish masalalariga bag'ishlanadi.
bo‘ling!
✅Telegram l
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤8👍3👏3🔥1🤩1😍1
⚜️TAKLIFNOMA⚜️
2025-yil 27-noyabr kuni soat 11:00da Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi katta majlislar zalida
Abdulla Qodiriy — “Tanlangan Asarlar” taqdimoti bo'lib o'tadi
O‘zbek adabiyotining ulkan namoyandasi Abdulla Qodiriyning yangi nashrdagi “Tanlangan Asarlar” to‘plamini kitobxonlar e’tiboriga taqdim etamiz!
Tadbir barcha adabiyot ixlosmandlari uchun ochiq. Keling, Qodiriy merosini birgalikda e’zozlaymiz! ✨📖
📱 Rasmiy sahifalarimizga obuna
bo‘ling!
✅Telegram l🌐 Instagram l 📹 YouTube l✅ Facebook l🕊 Twitter l 🌐 Website
2025-yil 27-noyabr kuni soat 11:00da Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi katta majlislar zalida
Abdulla Qodiriy — “Tanlangan Asarlar” taqdimoti bo'lib o'tadi
O‘zbek adabiyotining ulkan namoyandasi Abdulla Qodiriyning yangi nashrdagi “Tanlangan Asarlar” to‘plamini kitobxonlar e’tiboriga taqdim etamiz!
Tadbir barcha adabiyot ixlosmandlari uchun ochiq. Keling, Qodiriy merosini birgalikda e’zozlaymiz! ✨📖
bo‘ling!
✅Telegram l
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6👍2🔥2🥰1🤩1😍1
2025-yil 26-noyabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda O‘zbekiston xalq yozuvchisi, shoir, olim, publisist, tanqidchi, dramaturg, tarjimon va jamoat arbobi Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybekning 120 yillik tavalludi munosabati bilan “Oybek ijodi sahifalarida” deb nomlangan xotira kechasi o‘tkazildi
Xotira kechasida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan Muso Toshmuhammad Oybek ijodiga oid romanlar, dostonlar, she'rlar, adabiy-tanqidiy maqolalar to‘plab chop etilgan “Tanlangan asarlar” adabiy-badiiy nashri taqdimoti ham o‘tkazildi, Oybekning hayot yo‘li va ijodiy faoliyati haqida hikoya qiluvchi hujjatli fil'm namoyish etildi hamda Toshkent to‘qimachilik instituti jamoasi tomonidan “Navoiy” asaridan parcha sahnalashtirildi.
📱 Rasmiy sahifalarimizga obuna
bo‘ling!
✈️ Telegram l🌐 Instagram l 📹 YouTube l✅ Facebook l🕊 Twitter l 🌐 Website
Yozuvchi va shoirlar, adabiyotshunos va san'atshunos olimlar, Toshkent to‘qimachilik instituti talabalari va kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etgan tadbirda Oybek ijodi, uning benazir va go‘zal she'riyati xususida so‘z yuritildi. So‘zga chiqqanlar uning asrlar oshib, sevib mutolaa qilib kelinayotgan romanlari va qissalari, hikoya va ocherklari, she'rlari va tarjimalari haqida fikr bildirdilar. Jumladan, Oybek kechagi kun ijodkorigina emas, balki bugun va ertangi kunimiz uchun ham ulug‘ xizmatlar qilgan, o‘zbek adabiyotini go‘zal asarlar va tarjimalar bilan boyitgan ulkan adib, hassos shoir va mohir tarjimon ekani e'tirof etildi. Oybek dushmanlar xurujiga uchragani, shu tufayli tildan qolib, qo‘li yozolmay qolganida, rafiqasi Zarifaxonim Saidnosirova uning biyron tili va chaqqon qo‘li bo‘lib, yana ko‘plab asarlarining yozilishiga ilhom bag‘ishlagani xotirlandi.
Xotira kechasida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan Muso Toshmuhammad Oybek ijodiga oid romanlar, dostonlar, she'rlar, adabiy-tanqidiy maqolalar to‘plab chop etilgan “Tanlangan asarlar” adabiy-badiiy nashri taqdimoti ham o‘tkazildi, Oybekning hayot yo‘li va ijodiy faoliyati haqida hikoya qiluvchi hujjatli fil'm namoyish etildi hamda Toshkent to‘qimachilik instituti jamoasi tomonidan “Navoiy” asaridan parcha sahnalashtirildi.
Xotira kechasi doirasida O‘zbekiston xalq yozuvchisi, shoir, tarjimon va jamoat arbobi Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybekning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan kitob-rasmli ko‘rgazma qo‘yildi. Unda O‘zbekiston Milliy kutubxonasi fondida mavjud Oybek ijodi bilan tanishtiruvchi adabiyotlar va shoir zamondoshlarining u haqidagi xotiralari o‘rin olgan.
bo‘ling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7👍2🔥2🤩2😍1
📚 Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
🇺🇿 Axborot-kutubxona muassasalari mutaxassislarining malakasini oshirish va ularga metodik yordam ko‘rsatish maqsadida 2025-yil 24–28-noyabr kunlari o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etdi.
Bugun mashg‘ulotlarda Qoraqalpog‘istondan tashrif buyurgan TАKM kutubxonachilari mutaxasislari ishtirok etishmoqda.
📖 Mashg'ulot davomida zamonaviy kutubxonachilik, axborot-resurslar bilan ishlash, innovatsion xizmatlar va metodik ko‘nikmalar bo‘yicha tajriba almashiladi.
📱 Rasmiy sahifalarimizga obuna
bo‘ling!
✈️ Telegram l🌐 Instagram l 📹 YouTube l✅ Facebook l🕊 Twitter l 🌐 Website
🇺🇿 Axborot-kutubxona muassasalari mutaxassislarining malakasini oshirish va ularga metodik yordam ko‘rsatish maqsadida 2025-yil 24–28-noyabr kunlari o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etdi.
Bugun mashg‘ulotlarda Qoraqalpog‘istondan tashrif buyurgan TАKM kutubxonachilari mutaxasislari ishtirok etishmoqda.
bo‘ling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7👍3🔥3🥰2🤩1👌1
Ўзбекистон Миллий ахборот агентлиги - расмий хабарлар, тезкор янгиликлар, таҳлилий-танқидий материаллар, қонун ҳужжатлари, фото ва видеорепортажлар
https://uza.uz/uz/posts/oybekning-tanlangan-asarlari-kitobi-nashr-etildi_788192
https://uza.uz/uz/posts/oybekning-tanlangan-asarlari-kitobi-nashr-etildi_788192
Uza.uz
Ойбекнинг “Танланган асарлари” китоби нашр этилди
Алишер Навоий номидаги Ўзбекистон миллий кутубхонасида Ўзбекистон халқ ёзувчиси, шоир ва публицист, таржимон, академик о
👍4❤2🔥2😍2🤩1